Maxkamov Ulug‘bek Abdugapporovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dialog – ijtimoiy jarayonlarni tushuntirishning metodologik omili», 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal52.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Davronov Ziyodulla, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxslararo, davlatlararo munosabatlarning shakllanishida, insonning o‘z borlig‘ini tushunishi va ijtimoiy voqealarni tushuntirishda dialogning ahamiyatini ilmiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fikr va so‘z erkinligi me’yoriga amal qilish shaxslararo dialogni davom ettirish mezoni ekanligi ochib berilgan;
jahon axborot makonida dialogni tashkil etish uchun siyosiy hushyorlik, bilim va malakalardan foydalanishning zarurati asoslangan;
ijtimoiy jarayonlarni tushunish va tushuntirishda dialogning namoyon bo‘lish turlari (erkin, teng huquqlilik, tengsizlik, majburiy hamda tobelik sharoitida) aniqlangan;
davlatlararo siyosiy dialogni takomillashtirish O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va diasporalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish omillaridan biri ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy jarayonlarni tushunish va tushuntirishning metodologik omili sifatida dialogni tashkil etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
dialog jarayonida fikr va so‘z erkinligining me’yoriga amal qilishda bilim va ma’naviy salohiyatni shakllantirishga oid metodologik xulosa hamda amaliy tavsiyalardan «Falsafa tarixi (O‘rta asr G‘arb falsafasi)» nomli o‘quv qo‘llanmadagi mavzularni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 maydagi 89-03-2013-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmaning mazmunini takomillashtirishga va o‘qish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
jahondagi axborot tarqatish aloqa tarmoqlarida dialogni tashkil etish uchun siyosiy hushyorlik, bilim va malakalarni qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan A-1-69 raqamli «Falsafa (Qo‘llash sohasi) mutaxassisligi magistrantlarining professional kompetensiyasini yuksaltirishning o‘quv-metodik bazasini takomillashtirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida chop etilgan «Germenevtika» nomli o‘quv qo‘llanmasida (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 martdagi 89.03.936-son ma’lumotnomasi) o‘z ifodasini topgan. Tadqiqotning natijalari o‘quv qo‘llanmaning «Ramziy shakllarni tushunishda germenevtik an’analarning ahamiyati» va «Ijtimoiy hodisalarni tushunishda germenevtik yondashuvning o‘rni» kabi paragraflarida dialogning roli, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni anglash, ijtimoiy hodisalarni tushunish vositasi ekanligi haqidagi tahliliy ma’lumotlarda o‘z ifodasini topgan;
ijtimoiy jarayonda dialog shaxsning intellektual kamoloti va tanqidiy tafakkurini shakllantirish omili sifatida tushunish va tushuntirish, murosaga kelish vositasi ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va uning hududiy bo‘lim hamda tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining 2017 yilga mo‘ljallangan rejasi doirasidagi vazifalarini ishlab chiqish va joriy qilish uchun tashkil etilgan «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» mavzusi doirasida respublika ma’naviyat targ‘ibotchilari faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 15 maydagi 02/07-624-18-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda shaxslar, guruhlar, millatlar, davlatlar va dinlararo konsensusni rivojlantirishga xizmat qilgan;
davlatlararo siyosiy dialogni takomillashtirish O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va diasporalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik usuli ekanligiga asoslangan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi «Respublika yosh olimlar Kengashi» tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi «Respublika yosh olimlar Kengashi» tashkilotining 2018 yil 7 apreldagi 04.14/2-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natija O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi «Respublika yosh olimlar Kengashi» tashkilotining «Yo‘l xaritasi» rejasining yosh olimlar va talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish hamda targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish faoliyatida namoyon bo‘lgan.