Yusupov Doniyorjon Madaminovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarktida endoteliy disfunksiyasi: klinik-genetik aspektlari», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib340.
Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidullaeva Gulnoz Abdusattarovna tibbiyot fanlari, doktori, professor; Raximov Shuxrat Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir miokard infarktida endoteliy disfunksiyasi rivojlanishining klinik-genetik mezonlarini aniqlash va kasallikni erta tashhislash, klinik kechishini prognozlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MI bilan xastalangan bemorlarda NO-sintaza ekspressiyasi kamayishi, endotelin-1 miqdori oshishi bilan MI tipi va lokalizatsiyasi orasida o‘zaro bog‘liqlik asoslangan;
ilk marotaba o‘zbek millatiga mansub MI bilan xastalangan bemorlarda endoteliy disfunksiyasi rivojlanishining molekulyar-genetik determinantlari aniqlangan;
NO-sintaza geni T-786S polimorfizmining T/S genotipi bilan kasallik klinik kechishi hamda erta va kech asoratlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
endoteliy disfunksiyasi ko‘rsatkichlari va NO-sintaza geni T-786S polimorfizmining noxush genetik markerlarini hisobga olgan holda MI rivojlanishini erta aniqlash va uning kechishini prognozlashga yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MI bilan xastalangan bemorlarda endoteliy disfunksiyasini erta aniqlashga yangicha yondashuvlar va kasallik kechishini prognozlash tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Miokard infarktida endoteliy disfunksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 iyuldagi 8n-z/143-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma MIda klinik-genetik omillarning aniqlash kasallik rivojlanishi oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan.
MIda kasallik rivojlanishi va kechishining erta prediktorlarini baholashga qaratilgan yondashuvni optimallashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Buxoro viloyati kardiologiya dispanseri, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 iyuldagi 8n-z/143-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq qilinishi MI rivojlanishi va noxush klinik kechishini erta aniqlashga, kasallik asoratlarining oldini olishni takomillashtirishga, kasallik kechishini, hayot sifati ko‘rsatkichi va prognozni yaxshilanishiga, MI bilan xastalangan bemorlarda asoratlar xavfini 1,3 martaga kamaytirishga imkon bergan.