Turdiev Muxammad Rustamovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasini optimallashtirishning tibbiy-ijtimoiy jihatlari», 14.00.06–Kardiologiya, 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib33.
Ilmiy rahbarlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Saydiganixodja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26.04.2018.Tib.64.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdigaffor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Babadjanov Abdumurat Sattarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini sharoitida yurak-qon tomir kasalliklari uchun asosiy xavf omillarini aniqlash va profilaktik usullarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyidagilardan iborat: kardiovaskulyar patologiyaning shakllanishida ahamiyatga ega yurak-qon tomir xavfining aniqlab beradigan ko‘rsatkichlari va xavf omillari orasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
SSORE shkalasi yordamida yurak-qon tomir kasalliklari xavfini o‘z vaqtida baholash kardiovaskulyar hodisalarning kelib chiqish va rivojlanish xavfi darajalarini prognoz qilishi asoslangan;
aholi orasida kuzatilgan xavf omillarining uchrashiga asoslangan, individual darajadagi aralashuv strategiyasini va prognostik tamoyillarni o‘z ichiga olgan yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanishi va kardiovaskulyar xavfini bashoratlash asoslangan;
yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, erta tashxislash va profilaktika bosqichlarini noxush prognostik omillarni hisobga olgan holda maqsadli amalga oshirish uslublari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasini optimallashtirishning tibbiy-ijtimoiy jihatlarini aniqlash va prognozlashga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kardiovaskulyar profilaktikada yurak-qon tomir xavfini baholash» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-z/134-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma yurak-qon tomir xavfini prognoz qilish va kardiovaskulyar patologiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni optimallashtirish uchun imkon yaratgan.
xavf omillarini baholash, kardiovaskulyar xavfni prognozlash va profilaktika qilish yondashuvlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash birlamchi tizimi amaliyotiga, Toshkent shaxri 4-, 23- va 33-oilaviy poliklinikalariga, Toshkent viloyati Qibray tumani «Madaniyat» QVP, Toshkent viloyati Toshkent tumani «Xasanboy» QVPlariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-z/134-son ma’lumotnomasi) amaliyotiga kiritilgan. Olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish YuQTK xavf omillarini erta aniqlash, yurak-qon tomir xavfini aniqlash, salbiy klinik holatni prognozlash, profilaktika va davolashni optimallashtirish, yashash sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda yurak-qon tomir xavfini 18% ga kamaytirish imkonini bergan.