Rustamova Nodira Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari mediamadaniyatini rivojlantirish texnologiyasi (7–9-sinflar misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped35.
Ilmiy rahbari: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Dilfuza Isroilovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari mediamadaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining mediakompetentligi va mediatahlil etish qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari mediasavodxonlik va mediabilimdonlik darajalari tarkibiga media skills (mediamahorat) darajasini integratsiyalash asosida kengaytirilgan;
o‘quvchilarning mediamadaniy sifatlarini rivojlantirish jarayoni veb-kvest (qisqa va uzoq muddatli veb-kvest)lar va vitagen (vitagen tajriba va vitagen axborot) texnologiyalarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim bilan optimallashtirish asosida “mediaquest+” (media+veb-kvest+vitagen axborot) interfaol metodi takomillashtirilgan;
mediamadaniyatni rivojlantirish mexanizmi baholash mezonlari (mediamahsulotni klassifikatsiyalash, foydalanish, tahlil etish va sintezlash, ijtimoiy, pedagogik-psixologik ta’sirini baholash) Blum taksonomiyasi bo‘yicha intensiv diagnostika bilan refleksiv interferensiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar (imkoniyati cheklangan o‘quvchilar ham) mediamadaniyatini rivojlantirishda yosh davrlari va ta’lim bosqichlariga ko‘ra mediaresurs (fil`moteka, videoteka va audiomaterial)lar yaratish hamda innovatsion ta’limning kolloborativ (hamkorlikda o‘qitish, guruhiy munozara, o‘quv loyihalari) va imitatsion texnologiyalari (trening, debat, ishbilarmonlik o‘yinlari, rolli o‘yinlar) asosida media, ta’lim va kasbiy faoliyatni o‘zaro uyg‘unlashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari mediamadaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, mediamadaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishga oid takliflardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida audioma’lumotlar to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 maydagi 89-03-1982-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining axborotlarga ratsional yondashuvi hamda mediamadaniyati rivojlanishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda mediamadaniyatni oshirishga doir takliflardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining A1-071 raqamli “Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlariga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 01-02/2-2-486-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining axborotlarga ratsional yondashuvi hamda mediamadaniyati rivojlanishiga xizmat qilgan hamda o‘quvchilarning axborotlarga xolis yondashuvi va tanqidiy fikrlashi darajasi oshgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan mediatekalar, mediamadaniyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi texnologik ta’minot (ziyoNet.uz sahifasida www.mediateka.zn.uz nomli sayt), didaktik ta’minot ijtimoiy fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 01-02/2-2-486-son ma’lumotnomasi). Natijada dars, interfaol metodlar va media o‘rtasida integratsiya vujudga kelgan va ta’lim samaradorligi oshgan.