Xo‘jaev Shoxjaxon Akmaljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy banklar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila xuquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu194.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Imamova Dilfuza Ismailovna, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida xorijiy banklar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish va ushbu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy banklar va bank mijozlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalar aniq va sodda tarzda bayon etilishi zarurligi bo‘yicha talab asoslantirilgan;
xorijiy banklar tomonidan bank xizmatlari iste’molchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning to‘liq va to‘g‘ri tushuntirilishi bo‘yicha majburiyati mustahkamlanishi lozimligi asoslangan;
bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan minimal talablarga rioya etmaganligi uchun xorijiy banklarning javobgar bo‘lishi zarurligi asoslangan;
xorijiy banklar tomonidan investisiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kompaniyalar faoliyatini moliyalashtirish yo‘li bilan investisiya vositachisi sifatida ishtirok etishi mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy banklar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
xorijiy banklar tomonidan bank xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi shartnomalarning matni iste’molchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi 16/18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomning 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yil 30 maydagi 26-18/209-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xorijiy banklar tomonidan bank xizmatlarini ko‘rsatishga oid tuziladigan shartnomalarning ommabopligini oshirishga xizmat qilgan;
xorijiy banklar tomonidan iste’molchilarga bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘liq va to‘g‘ri tushuntirilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi 16/18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risi”dagi nizomning 8-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yil 30 maydagi 26-18/209-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xorijiy banklar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarning sifatini oshirishga xizmat qilgan;
xorijiy banklar bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizom talablarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi 16/18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomning 6-bobida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yil 30 maydagi 26-18/209-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xorijiy banklarning bank xizmatlari mijozlari bilan munosabatlarida mas’uliyatini oshirishga va tegishli javobgarlik choralarini belgilashga xizmat qilgan;
xorijiy kompaniyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar ko‘rinishidashi moliyaviy mablag‘larni, xususan xorijiy banklarning ishtirokida taqdim etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimiyati va «Sejin G&E Co., Ltd» (Janubiy Koreya) kompaniyasi o‘rtasidagi 2018 yil 14 maydagi o‘zaro anglashuv haqidagi Memorandumining 2-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 14 iyundagi 02-01/8-1343-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xorijiy banklarning investisiyalarni jalb etishda, ularing xorijiy kompaniyalar faoliyatini moliyalashtirishda ishtirokini ta’minlashga xizmat qilgan.