Sattarov Jamoliddin Baxronovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bolalarda ichak rotatsiyasi va fiksatsiyasi nuqsonlarini tashxislash va jarrohlik taktikasini tanlash», 14.00.35 – bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib90.
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 16.07.2013.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Nemilova Tat`yana Konstantinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Maxmud Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Salimov Shavkat Teshaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti» Oliy kasb-hunar ta’limi davlat byudjet ta’lim muassasasi (Moskva).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Ichaklar rotatsiyasi va fiksatsiyasi buzilishi sababli yuzaga keladigan tug‘ma ichak tutilishlarida, ante- va postnatal tashxislash va jarrohlik yondashuvini tanlash asosida davolash sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Megaduodenum bilan bolalarda kechadigan duodenal tutilishlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor chaqaloqlar va turli yosh guruhidagi bolalarda ichaklar rotatsiyasi va fiksatsiyasi buzilishlarini alohida variantlarining klinik kechishi, ularni tashxislashning qo‘shimcha usullarining natijalari va operatsiya paytidagi anatomik ko‘rinishlari tizimlashtirilgan;
bolalarda ichaklar rotatsiyasi buzilishlarining kechishi yoshga bog‘liq bo‘lmagan holda ingichka ichak alohida qismlarining yoki butun o‘rta ichak bo‘ylab siqilish yoki buralishning (qisman, to‘liq) darajasiga muvofiqligi aniqlangan;
sog‘lom va ichaklar mal`rotatsiyasi bilan og‘rigan bolalarda yuqori ichak tutqich tomirlarida qon oqimining doplerometrik ko‘rsatkichlari o‘rganilganda arterial qon tomirlarda gemodinamik ko‘rsatkichlarning nazorat guruhiga qaraganda kamayishi, vena tomirlarining esa diametri nisbatan kattalashishi kasallikning klinik kechishiga mos kelishi isbotlangan;
bolalarda IMning asoratlanmagan, asoratlangan va uyg‘unlashgan variantlarida optimal jarrohlik yondashuv ilmiy asoslangan, rotatsiya buzilishlarida o‘rta ichakning fiksatsiyasiz yoki fiziologik holatda fiksatsiya bilan bartaraf etilishiga ko‘rsatmalar belgilab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Megaduodenum bilan bolalarda kechadigan duodenal tutilishlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash usuliga O‘zbekiston Respublikasining ixtiro patenti olingan (№IAP 04826, 20.01.2014y.). Ushbu usul o‘n ikki barmoqli ichakning butunligini saqlagan holda, uning aylanma o‘lchamini kamaytirish va o‘tkazuvchanligining to‘liq tiklanish imkonini bergan;
bolalarda ichak rotatsiyasi va fiksatsiyasi nuqsonlarini tashxislash va jarrohlik taktikasini optimal tanlash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «Bolalarda ichaklar rotatsiyasi va fiksatsiyasi nuqsonlarini tashxislash usullari» va «Ichaklar rotatsiyasi va fiksatsiyasi nuqsonlari bilan og‘rigan bolalarni jarrohlik davolash samaradorligini oshirish usuli» uslubiy qo‘llanmalari asosida sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika perinatal markazi va Toshkent shahri 2-sonli bolalar klinik jarrohlik shifoxonasi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 9 dekabrdagi 8N-3/26-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning joriy qilinishi tug‘ma ichak tutilishi va ichaklar mal`rotatsiyasini erta tashxislash imkoniyatlarini oshirishi, davo taktikasini tanlashdagi optimal yondashuv asosida davolashning bevosita va uzoq natijalarini yaxshilash va radikal operatsiyalar salmog‘ini oshirish hisobiga, o‘lim holatini TITda 34,3 foiz va mal`rotatsiyada 38 foizga kamaytirish imkonini bergan.