Eshboeva Matluba Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Muhammad Yusuf she’rlari qoraqalpoqcha tarjimasining lisoniy xususiyatlari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabioytshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil.7113.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kurboniyazov Gulmurza Allambergenovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, RhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kuramboeva Gulandam Karimboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumamuratova Ramiza Adilmuratovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammad Yusuf asarlarining qoraqalpoq tiliga tarjimalarida badiiy va uslubiy muqobillik darajasi hamda milliy kolorit ifodasining aks etishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muhammad Yusuf she’riyati qoraqalpoqcha tarjimasini tahlil qilish asnosida tarjima nazariyasidagi tilshunoslik tamoyillariga asoslangan situativ, transformatsion va semantik modellar aniqlanib, adekvat tarjimaning boshqa turlardan ustunligi, uning amalga oshirish bosqichlari asoslab berilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi zarlar – zarlar, zarim – zarım, balqib – balqıw, qismat – qisiwmet, gina – guna, tobon – taban, tan – tań kabi shaklan o‘xshash so‘zlar mazmunining tillararo assimetriyasi, ma’nolar hajmi, stilistik, emotsional-baho konnotatsiyalari, turli denotativ bog‘lanishdagi nomuvofiqliklardan iborat bo‘lishi tarjima jarayonida isbotlangan;
tarjima asarlarida maqollar va frazeologizmlarni berish tamoyillari aniqlanib, birliklarning komponentlarini o‘zgartirmasdan, ayrimlarini almashtirish yoki ularning muqobillarini keltirish orqali asardagi ta’sirchanlik, hissiylik va ifodalilikning oshirilishi, tarjimonning erishgan yutuq va kamchiliklari ilmiy dalillangan;
Muhammad Yusuf asarlari qoraqalpoqcha tarjimasida ikki qardosh xalqlar madaniyatida mavjud bo‘lgan lisoniy birliklarning, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan birliklarning muqobilini topish, kalkalash, transformatsiya qilish, so‘zni shunday qoldirib, unga izoh berish orqali yetkazish usullari vositasida tarjima qilinishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she’rlari qoraqalpoqcha tarjimasining lisoniy xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Muhammad Yusuf she’riyati qoraqalpoqcha tarjimasini tahlil qilish asnosida tarjima nazariyasidagi tilshunoslik tamoyillariga asoslangan situativ, transformatsion va semantik modellar aniqlanib, adekvat tarjimaning boshqa turlardan ustunligi, uning amalga oshirish bosqichlariga doir xulosalaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2025-yilda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq va o‘zbek adabiy janrlarining uyg‘unlikda bajarilishi” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 8-iyundagi 256/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarjima jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim o‘rinlar borasida bilimlar takomillashtirilib, tarjima xususida, uning usullari borasida nazariy asoslari boyitilishiga erishilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi zarlar – zarlar, zarim – zarım, balqib – balqıw, qismat – qisiwmet, gina – guna, tobon – taban, tan – tań kabi shaklan o‘xshash so‘zlar mazmunining tillararo assimetriyasi, ma’nolar hajmi, stilistik, emotsional-baho konnotatsiyalari, turli denotativ bog‘lanishdagi nomuvofiqliklardan iborat bo‘lishi bilan bog‘liq xulosalardan Nukus davlat pedagogika institutida 2021-2022-yillarda bajarilgan “Tayyor ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va tadqiqot ishlarini bajarish” bo‘yicha “O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan adabiy o‘qishni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish (umumta’lim maktablarining 10-11-sinflar darsligi asosida)” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 16-iyundagi 01-21-09/1225-son ma’lumotnomasi). Natijada, shoir va tarjimonlar she’riyat tarjimasini noto‘g‘ri tarjima qilmasligi uchun har bir so‘z ustida lug‘at bilan ishlashi, ularning semalariga alohida ahamiyat berishi lozimligi orqali tarjima saviyasi ortishiga erishilgan;
tarjima asarlarida maqollar va frazeologizmlarni berish tamoyillari aniqlanib, birliklarning komponentlarini o‘zgartirmasdan, ayrimlarini almashtirish yoki ularning muqobillarini keltirish orqali asardagi ta’sirchanlik, hissiylik va ifodalilikning oshirilishi, tarjimonning erishgan yutuq va kamchiliklariga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan seminar va adabiy kechalarda yosh ijodkor – tarjimonlar mahoratini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi 2026-yil 8-iyundagi 51-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh tarjimonlarning tarjimada maqollarni berish, frazeologizmlarni qay usulda o‘girish borasidagi tushunchalari takomillashtirishga erishilgan hamda xulosalar, tavsiyalar va takliflar berish orqali o‘tkaziladigan seminar va uchrashuvlar boyitishga, olib boriladigan bu kabi seminar dasturlarning qimmatining oshishiga xizmat qilgan;
Muhammad Yusuf asarlari qoraqalpoqcha tarjimasida ikki qardosh xalqlar madaniyatida mavjud bo‘lgan lisoniy birliklarning, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan birliklarning muqobilini topish, kalkalash, transformatsiya qilish, so‘zni shunday qoldirib, unga izoh berish orqali yetkazish usullari vositasida tarjima qilinishi bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasida “Ádebiyat hám dáwir”, “Sónbes juldızlar”, “Assalam, Qaraqalpaqstan”, “Xalıq dúrdanasınan” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining 2026-yil 5-iyundagi 05-22/276-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittirishlar imiy-ommabopligi ta’minlangan, yangi manbalar bilan boyitilgan.