Karimov Rustam Ro‘zimaxmatovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Statsionar sharoitda somonga fraksiyalab ishlov berish texnologiyasi va texnik vositalarining ilmiy-texnikaviy echimlari”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T643.
Ilmiy maslahatchi: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.17.03.
Rasmiy opponentlar: Eshdavlatov Eshpulat Uzakovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Musurmonov A’zam Turdievich, texnika fanlari doktori, professor; Rajabov Alisher Xoshimjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kam sarf-harajatlar bilan belgilangan talablar darajasida statsionar sharoitda somonni sifatli fraksiyalash va maydalash texnik vositalarini ishlab chiqish hamda ularning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elevator, transporter, somonsilkitgich va polotnadan iborat somonajratgichning konstruksiyasi saralangan somon tarkibida katta fraksiyalar miqdori 90% dan ko‘p, mayda fraksiyalarning miqdori esa 10% dan kam bo‘lishini ta’minlanishini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
nov, korpus, tuynik, rotor va harakat uzatish mexanizmlardan hamda korpus ichida o‘rnatilgan bir pallali aylanma giperboloid shaklidagi ishchi organdan iborat yarim konussimon somon maydalagichning konstruksiyasi maydalangan somon tarkibida 3-5 sm uzunlikdagi fraksiyalarning miqdori eng kamida 80% bo‘lishini ta’minlanishini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
somonajratgichning parametrlari va ish rejimlari kam energiya sarf qilgan holda saralanib fraksiyalarga ajratilgan bug‘doy, arpa va sholi somoni tarkibidagi fraksiyalar miqdori zootexnik talablar darajasida bo‘lishini ta’minlanishini hisobga olgan holda asoslangan;
kanoniksimon somon maydalagichning parametrlari va ish rejimlari bug‘doy, arpa va sholi somonini, yarim konussimon somon maydalagichning parametrlari va ish rejimlari esa tarkibida g‘o‘zapoya va boshqa qatiq poyali begona o‘tlar mavjud somonni zootexnik talablar darajasida maydalanishini ta’minlanishini hisobga olgan holda asoslangan;
somonajratgich bilan somon saralash, somon maydalagichlar bilan somon maydalash jarayonlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar va regressiya tenglamalari asosida ularning maqbul parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Chorvachilik xo‘jaliklari uchun somonni fraksiyalash va maydalash texnik vositalarining ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
chorvachilik xo‘jaliklari uchun somonajratgich, kanonik va yarim konussimon somon maydalagichlarga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 23-iyundagi 06/34-05/3096-son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilik xo‘jaliklar uchun mos bo‘lgan energiya va resurstejamkor somonajratgich, kanonik va yarim konussimon somon maydalagichlarni yaratishga erishilgan;
somonni fraksiyalab o‘lchamlarga ajratuvchi somonajratgich Surxondaryo viloyati Termiz, Muzrobod va Qumqo‘rg‘on tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 23-iyundagi 06/34-05/3096-son ma’lumotnomasi). Natijada somonajratgich qo‘llanilganda mavjud qurilmalarga nisbatan foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 2,51 martagacha kamayishiga erishilgan;
kanoniksimon somon maydalagich Surxondaryo viloyati Termiz, Muzrobod va Qumqo‘rg‘on tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 23-iyundagi 06/34-05/3096-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud qurilmalarga nisbatan foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar
2,93 martagacha kamayishiga erishilgan;
yarim konussimon somon maydalagich Surxondaryo viloyati Termiz, Muzrobod va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan. Natijada chorvachilik xo‘jaliklarida somon maydalash jarayonini mexanizatsiyalash hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 1,43 martagacha kamayishiga erishilgan;
somonajratgich, kanonik va yarim konussimon somon maydalagichlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agpomash» AJ da ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 23-iyundagi 06/34-05/3096-son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilik xo‘jaliklari uchun somonni fraksiyalash va maydalashda qo‘llaniladigan yuqori samarali qurilmalarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.