Amandurdiev Arazbay Yagshimuratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Harakat fe’llarining lingvopragmatik tadqiqi (o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillari misolida)”, 10.00.13 – “Qiyosiy va  chog‘ishtirma tilshunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3125.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kilichov Nazarbay Radjapbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ruzmetov Surajbek Allabergenovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turkiy (o‘zbek, qoraqalpoq, turkman) tillar leksik fondidagi faol harakat semali fe’llarining semantik-pragmatik xususiyatlarini yoritish, assosiativ va valentlik imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek, qoraqalpoq va turkman tillarida harakat fe’llari tizimida yuzaga keladigan sinonimik variantlilikni tavsiflovchi so‘z birikmalari mazkur birliklarning mushtarak va farqli ma’noviy turi sifatida ajratilishi asoslangan; 
turkiy tillarda harakat fe’llari tavsifining matnda ifodalanishi kognitiv, assosiativ va pragmalingvistik nazariy asoslar va tahlil usullari mushtarakligi ilk marta monografik jihatdan asoslab berilgan;
nutqiy muloqotdagi harakat fe’llari ishtirok etgan birikmalarning shaxsni ijtimoiy maqom, qatlam, sotsial rollarga xos ma’lumot darajasi, mansab, lavozim, nasl-nasab, kasb, hunar, mashg‘ulot, qarindoshlik, milliy mansublik, yosh, gender kabi sotsial belgilar asosida aniqlashtirish, nomlash, muloqot xulqini illokutiv, perlokutiv aktlarda verballashtirish xususiyatlarida pragmatik aspektlar uyg‘unlashuvi dalillangan;
turkiy (o‘zbek, qoraqalpoq, turkman) tillaridagi harakat fe’llarining valentlik imkoniyatlari va assosiatsiyalari ushbu tillardagi maqollar matniga tayangan holda ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiy tillaridagi harakat fe’llarning lingvopragmatik xususiyatlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida: 
turkiy tillarda harakat fe’llari tavsifining matnda ifodalanishi kognitiv, assosiativ va pragmalingvistik nazariy asoslar va tahlil usullari mushtarakligi haqidagi ilmiy xulosalardan 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq falklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 13-martdagi 1001/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillarida harakat fe’llari asosida tarixiy va zamonaviy so‘z yasalishiga oid ilmiy qarashlar yanada boyitilishiga erishilgan;
o‘zbek, qoraqalpoq va turkman tillarida harakat fe’llari tizimida yuzaga keladigan sinonimik variantlilikni tavsiflovchi so‘z birikmalari mazkur birliklarning mushtarak va farqli ma’noviy turi sifatida ajratilishiga hamda turkiy (o‘zbek, qoraqalpoq, turkman) tillaridagi harakat fe’llarining valentlik imkoniyatlari va assosiatsiyalari ushbu tillardagi maqollar matniga oid ma’lumotlardan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish ob’ektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2026-yil 24-apreldagi 01-287-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xulosalar olam lisoniy manzarasida lug‘aviy birliklarining mohiyatan milliy o‘ziga xosligini asoslashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
nutqiy muloqotdagi harakat fe’llari ishtirok etgan birikmalarning shaxsni ijtimoiy maqom, qatlam, sotsial rollarga xos ma’lumot darajasi, mansab, lavozim, nasl-nasab, kasb, hunar, mashg‘ulot, qarindoshlik, milliy mansublik, yosh, gender kabi sotsial belgilar asosida aniqlashtirish, nomlash, muloqot xulqini illokutiv, perlokutiv aktlarda verballashtirish xususiyatlarida pragmatik aspektlar uyg‘unlashuvi haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining Musiqiy dam olish dasturlari bosh muharririyati tomonidan tayyorlangan “Tilga e’tibor – elga e’tibor” va “Til – millettiń aynasi” dasturlarida foydalanilgan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2026-yil 13-martdagi 05-22/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizning turkiy tillardagi harakat fe’llarning lingvopragmatik xususiyatlari haqidagi tasavvurlarining yanada boyishiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish