Xudayberdiev Ikram Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘altakmolali mola-tekislagichni takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3358.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.T.13.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich texnika fanlari doktori, professor; Barlibaev Sherzod Nakibbekovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarni sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘altakmolali mola-tekislagichni takomillashtirish va parametrlarini asoslash orqali erlarni ekishga tayyorlashda ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
takomillashtirilgan g‘altakmolali mola-tekislagichning konstruktiv sxemasi u qo‘llanilganda ish sifati va unumi ortishi hamda energiya-resurstejamkorlik ta’minlanishi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan g‘altakmolali mola-tekislagichning parametrlari tuproqning xossalari (hajmiy ezilish koeffitsienti, tashqi va ichki ishqalanish burchaklari, zichligi) hamda uning uvalanish sifati va zichligi belgilangan talablarga mos bo‘lishi, tortishga qarshilik esa kam bo‘lishi hisobga olinib aniqlangan;
takomillashtirilgan mola-tekislagich ponasimon g‘altakmolasining solishtirma massasi uning osish qurilmasi va traktorning osish mexanizmi o‘lcham va parametrlari hisobga olinib aniqlangan;
takomillashtirilgan g‘altakmolaning diametri, u ponasimon qismining o‘tkirlanishi burchagi va unga beriladigan tik yuklanish ularning mola-tekislagichning ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini talablar darajasidagi ish sifati minimal energiya sarflangan holda ta’minlanishi shartidan birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘altakmolali mola-tekislagichni takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilayotgan mola-tekislagichga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining foydali modelga patenti olingan (“Mola-tekislagich”, FAP 2549). Natijada ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-resurstejamkor mola-tekislagichning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan ponasimon g‘altakmolali mola-tekislagich Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligi va Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi “FEMIDA PLYuS HAMKOR” fermer xo‘jaligida hamda “Guliston sholi elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ da joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 17-iyundagi 05/04-04-582-son ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi texnika vositalariga nisbatan mehnat sarfi 11 foizga va ekspluatatsion xarajatlar 12 foizga kamayishi va ish unumi 1,10-1,15-marta oshishi ta’minlangan;
g‘altakmolali mola-tekislagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “Baxt tajriba mexanika korxonasi” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Baxt tajriba mexanika korxonasi MChJ ning 2026-yil 12-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan ponasimon g‘altakmolali mola-tekislagichni sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.