Samatov Ulugbek Gaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Yuk terminallarida logistika ta’minotini muvofiqlashtirish metodologiyasini takomillashtirish, 05.08.01 – “Mamlakat, uning mintaqa, shahar va sanoat markazlarining transport tizimlari. Transport logistikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5455.
Ilmiy rahbar: Sarvirova Nataliya Sergeevna, iqtisod fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.10/2025.27.12.T.01.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Adilova Ziyoda Gafurdjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Qutlimuratov Qudrat Ruzibaevich, Texnik fanlari bo‘yicha folsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi yuk terminallarida logistika ta’minotini muvofiqlashtirish metodologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
logistika ta’minot zanjirlarida tashishni barqaror tashkil etishning zamonaviy etkazib berish usul va texnologiya talablarini hisobga olgan holda transport-logistika jarayonlarini funksional-modulli modellashtirish yordamida terminallararo konteynerli yuklarni tashish metodikasi ishlab chiqilgan;
transport terminallardagi yuklanish nomutanosibligini tahlil qilish va optimallashtirish usuli yuk oqimlarini teng taqsimlash hamda transport vositalarining bo‘sh turib qolish vaqtini minimallashtirish mezonlarini hisobga olgan holda dinamik-korrelatsion tahlil va klasterlashtirilgan taqsimlash yondashuvlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
yig‘ma yuklarni tashish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda logistika ta’minotining samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirishda etkazib berishning matematik modeli transport resurslaridan samarali va oqilona foydalanish asosida ishlab chiqilgan;
yuk terminallaridagi jarayonlar samaradorligini baholashning integral ko‘rsatkichlariga asoslangan optimallashtirish metodologiyasi yuklarni qayta ishlash vaqti va operatsiyalar tannarxini hisobga olgan holda ko‘p mezonli indekslash va me’yorlashtirish texnologiyasidan foydalangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuk terminallarida logistika ta’minotini muvofiqlashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
terminallararo konteynerli yuklarni tashish metodikasi va tuzilmasi, logistika ta’minotining samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirishda etkazib berishning matematik modeli “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi
4/E89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonlarni optimallashtirishda o‘rtacha etkazib berish vaqtini 20 % gacha qisqarishiga va buning iqtisodiy samarasi vaqt ko‘rsatkichlarining har 15 % yaxshilanishi 10 million so‘mni tashkil etishini ko‘rsatgan hamda optimallashtirish echimlarini amalga oshirgandan so‘ng, logistika xarajatlari 10,7 % tejalishiga erishilgan. Shu bilan birga, etkazib berishning eng katta hajmi 200 tonnani, tegishli tashish xarajatlari 10 mln. so‘mni tashkil etganligi modeldan o‘rtacha chetlanishi 780 so‘mligini ko‘rsatgan, bu esa tavsiya etilgan matematik modelni logistika jarayonlarini hisob-kitoblari uchun ishonchliligini va qo‘llanilish mumkinligini tasdiqlagan;
terminallarda yuklanish nomutanosibligini tahlil qilish va optimallashtirish usuli hamda uning dasturiy ta’minoti, terminal jarayonlarining samaradorligini baholashning integral ko‘rsatkichlarga asoslangan optimallashtirish metodologiyasi “O‘ztemiryo‘lkargo” AJ joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 4/E89-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, terminallarning yuklanish nomutanosibligi 35 % ga kamaygan. Shu o‘rinda, Buxoro terminalida yuklanish 50 % dan 32 % gacha yaxshilandi, bu esa transport vositalarining bo‘sh turib qolish vaqtini minimallashtirish va yuk tashish jarayonini tezlashtirish imkonini yaratgan. Shuningdek, yuklarni tashishning umumiy vaqtini 25 % ga va o‘rtacha etkazib berish vaqtini 8 soatdan 6 soatgacha qisqartishiga erishildi hamda resurslarni samarali taqsimlash va bo‘sh qatnovlar masofasi qisqarish hisobiga iqtisodiy samara 420,8 mln. so‘mni tashkil etgan.