Parmonov Akmal Abdupattoevichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida aksiologik yondashuv asosida akmeologik motivatsiyani rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (jismoniy tarbiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: : B2024.4.PhD/Ped8747.
 Ilmiy rahbar: Nazarov Anvarjon Turg‘unboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Qo‘qon  davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD 01/2025.27.12.Ped.05.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Samatov Dilshodjon Toxirjonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tojiev Muzaffar Akbarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida akmeologik motivatsiyani rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida akmeologik motivatsiyani rivojlantirish tuzilmasini motivatsion-shaxsiy sifatlar, operatsional akmeologik bilim va ko‘nikmalarni aksiologik yondashuv asosida innovatsion ta’lim jarayoniga tadqiq etishning imkoniyatlari aniqlashtirilgan;  
aksiologik yondashuvni bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvichlarini tayyorlash tizimiga tadbiq etish orqali jismoniy ta’limga qadriyatli munosabatni shakllantirish va akmeshaxsni tarbiyalashda aksiologik mezon va aksiologik baho ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri ishlab chiqishning pedagogik asoslari ochib berilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvichlarida akmeologik motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni aniqlash, innovatsion muhitni o‘rganish, sub’ektiv pozisiya, intellektual qobiliyat, o‘z-o‘zini aktuallashtirish  ijtimoiy-perseptiv, autopsixologik mexanizmlarni identivligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida akmeologik motivatsiyani rivojlantirish modelining amaliy-texnologik komponentiga psixodiagnostik, rivojlantiruvchi, konsultatsion, korreksion metodlarni oqilona qo‘llashning natijakorligi va  diagnostik tizim (bosqichlari, mezonlari, vositalari)ning samaradorligi pedagogik mahoratga, aksiologik va innovatsion-akmeologik muhit barqarorligiga bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida akmeologik motivatsiyani aksiologik yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida akmeologik motivatsiyani rivojlantirish tuzilmasini motivatsion-shaxsiy sifatlar, operatsional akmeologik bilim va ko‘nikmalarni aksiologik yondashuv asosida innovatsion ta’lim jarayoniga tadqiq etishning imkoniyatlari aniqlashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302-sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2022-yil 9-dekabrdagi 02-07-4429/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
aksiologik yondashuvni bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvichlarini tayyorlash tizimiga tadbiq etish orqali jismoniy ta’limga qadriyatli munosabatni shakllantirish va akmeshaxsni tarbiyalashda aksiologik mezon va aksiologik baho ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri ishlab chiqishning pedagogik asoslari ochib berilgan berilganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302-sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2022-yil 9-dekabrdagi 02-07-4429/04-son dalolatnomasi).Natijalarning joriy qilinishi aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik motivatsiyani rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metod va texnologiyalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvichlarida akmeologik motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni aniqlash, innovatsion muhitni o‘rganish, sub’ektiv pozisiya, intellektual qobiliyat, o‘z-o‘zini aktuallashtirish  ijtimoiy-perseptiv, autopsixologik mexanizmlarni identivligini hisobga olish asosida takomillashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302-sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2022-yil 9-dekabrdagi 02-07-4429/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbik etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida akmeologik motivatsiyani rivojlantirish modelining amaliy-texnologik komponentiga psixodiagnostik, rivojlantiruvchi, konsultatsion, korreksion metodlarni oqilona qo‘llashning natijakorligi va  diagnostik tizim (bosqichlari, mezonlari, vositalari)ning samaradorligi pedagogik mahoratga, aksiologik va innovatsion-akmeologik muhit barqarorligiga bog‘liqligi asoslanganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302-sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2022-yil 9-dekabrdagi 02-07-4429/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi “akmeologik motivatsiya asoslari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etilgan va amaliyotga tatbiq etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish