Husanova Dildora Begimqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillardagi o‘quv lug‘atlarida sinonim va graduonimlarning leksikografik talqini (o‘zbek va ingliz tillari misolida)”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik. (filologiya fanlari).
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan № B2024.2.PhD/Fil4900
Ilmiy rahbar: Eshmuminov Asqar Allamurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Oybek Saparboevich filologiya fanlari doktori (DSc), professor. Mirzaxmedova Xulkar Vasilevna filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi sinonim hamda graduonimlarning struktur-semantik xususiyatlari va leksikografik talqin tamoyillarini ochib berish hamda ularni o‘quv lug‘atlarida ifodalashning takomillashtirilgan modelini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
       ingliz va o‘zbek tillarida graduallikning leksik, grammatik va analitik vositalar orqali ifodalanishi hamda bu vositalar tarkibi va faolligidagi farqlar aniqlanib, mazkur tafovutlarning faqat til tipi bilan emas, balki tilning tarixiy taraqqiyoti, leksiklashuv darajasi, so‘z yasash imkoniyatlari va uslubiy me’yorlari bilan ham bog‘liqligi asoslangan hamda sinonimik va graduonimik munosabatlarni umumiy semantik parametr, qator a’zolarining tartiblanishi, intensivlik darajasi, baholash xususiyati, uslubiy xoslanish va leksikografik ifodalanish mezonlari asosida chog‘ishtirishning integral modeli ishlab chiqilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi graduonimik qatorlarning ma’nosiga ko‘ra va bo‘yog‘iga ko‘ra darajalanuvchi turlariga xos semantik, uslubiy va kollokativ belgilar aniqlangan hamda ikki tilli o‘quv lug‘atlaridagi semantik asimmetriya to‘liq ekvivalentlik, qisman ekvivalentlik va mos kelmaslik darajalari bo‘yicha farqlanib, ularni lug‘at maqolasida ≡, ≈, ≠ belgilari va izohlar orqali leksikografik ifodalash usullari asoslangan;
o‘quv lug‘atlarida sinonim va graduonimlarni talqin etishning ko‘p o‘lchamli tavsif, dominant-periferiya, graduonimik shkala, faol va passiv foydalanuvchini farqlash hamda asimmetriya prinsiplari asoslangan, yangi avlod o‘quv lug‘ati uchun lug‘at maqolasining integral arxitekturasi va izchil belgilash tizimi ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi sinonimik qatorlarning manba qatlamlari, dominanta tanlash mezonlari va uslubiy tabaqalanishidagi o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanib, uslubiy farqlanish ingliz tilida so‘zning german yoki roman qatlamiga, o‘zbek tilida esa turkiy, arabcha va forscha-tojikcha qatlamlarga mansubligi bilan belgilanishi dalillangan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillardagi o‘quv lug‘atlarida sinonim va graduonimlarning leksikografik talqinini o‘zbek va ingliz tillari misolida tadqiq etish asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida graduallikning leksik, grammatik va analitik vositalar orqali ifodalanishi hamda bu vositalar tarkibi va faolligidagi farqlar aniqlanib, mazkur tafovutlarning faqat til tipi bilan emas, balki tilning tarixiy taraqqiyoti, leksiklashuv darajasi, so‘z yasash imkoniyatlari va uslubiy me’yorlari bilan ham bog‘liqligi asoslangan hamda sinonimik va graduonimik munosabatlarni umumiy semantik parametr, qator a’zolarining tartiblanishi, intensivlik darajasi, baholash xususiyati, uslubiy xoslanish va leksikografik ifodalanish mezonlari asosida chog‘ishtirishning integral modeli ishlab chiqilganligiga oid xulosalardan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 7-iyuldagi 01/4-3188-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi sinonimik hamda graduonimik munosabatlarning tipologik xususiyatlarini elektron poetik lug‘at materiallarida izchil aks ettirish, leksik birliklarning semantik darajalanishi va ma’noviy yaqinliklarini aniq tavsiflash, shuningdek, lug‘atning lingvistik bazasini takomillashtirish samaradorligiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi graduonimik qatorlarning ma’nosiga ko‘ra va bo‘yog‘iga ko‘ra darajalanuvchi turlariga xos semantik, uslubiy va kollokativ belgilar aniqlangan hamda ikki tilli o‘quv lug‘atlaridagi semantik asimmetriya to‘liq ekvivalentlik, qisman ekvivalentlik va mos kelmaslik darajalari bo‘yicha farqlanib, ularni lug‘at maqolasida ≡, ≈, ≠ belgilari va izohlar orqali leksikografik ifodalash usullari asoslanganligiga oid xulosalardan PF-3-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 10-iyuldagi 01/4-3291-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi badiiy matnlar leksikasini semantik darajalanish, uslubiy bo‘yoqdorlik va kollokativ xususiyatlar asosida tizimlashtirish, o‘zbek-ingliz leksik juftliklaridagi ekvivalentlik va intensivlik tafovutlarini elektron platformada aniq aks ettirish hamda ko‘p tilli leksikografik tavsifning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quv lug‘atlarida sinonim va graduonimlarni talqin etishning ko‘p o‘lchamli tavsif, dominant-periferiya, graduonimik shkala, faol va passiv foydalanuvchini farqlash hamda asimmetriya prinsiplari asoslangan, yangi avlod o‘quv lug‘ati uchun lug‘at maqolasining integral arxitekturasi va izchil belgilash tizimi ishlab chiqilganligiga oid xulosalardan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymingning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 10-iyuldagi 01/4-3290-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi neyming birliklarini leksik-semantik, uslubiy va funksional jihatdan izchil tavsiflash, ularni me’yoriy mezonlar asosida tizimlashtirish hamda neymingga oid lug‘aviy birliklarni foydalanuvchi ehtiyojiga mos ravishda aniq va differensial ifodalash imkoniyatiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish