Urinova Sabina Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarga “Musiqa nazariyasi” fanini o‘qitish jarayonida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9486.
Ilmiy rahbar: Utanov Utkir Qurbonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Mustafoev Shomurod Normo‘minovich; san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Mulladjanov Davlat Mavlanovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Musiqa nazariyasi” fanini o‘qitish jarayonida talabalarning kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Musiqa nazariyasi” fanini o‘qitishda talabalarning kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari pedagogik antropologiya, akmeologik va kompetensiyaviy yondashuvlar integratsiyasi asosida takomillashtirilib, musiqiy-nazariy bilimlarni ijodiy anglash, intonatsion eshitish idroki, lad-ritmik va garmonik tafakkurning kreativlikning tarkibiy komponentlari ekanligi asoslangan;
talabalarning kreativ ko‘nikmalarini baholashning motivatsion, kognitiv va kommunikativ mezonlari hamda ularning miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlari tizimlashtirilib, kreativ salohiyatni yuqori, o‘rta va quyi darajalarda aniqlash hamda kreativ ko‘nikmalar rivojiga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillarni tashxislash imkonini beruvchi diagnostik-baholash tizimi ishlab chiqilgan;
talabalarning kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning maqsadli, mazmuniy, jarayonli (texnologik) va natijaviy (diagnostik) bloklardan iborat konseptual-prognostik modeli ishlab chiqilib, uni “aniqlovchi → rivojlantiruvchi → yakunlovchi” bosqichlar ketma-ketligida joriy etish orqali musiqiy-nazariy bilimlarni amaliy ijodiy faoliyat bilan integratsiyalovchi yaxlit pedagogik tizim sifatida samaradorligi asoslangan;
talabalarning kreativ ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish metodikasi tahliliy, ijodiy, improvizatsion, interfaol o‘yin va multimediaviy topshiriqlar tizimini “tayyorgarlik → asosiy → yakuniy-refleksiv” bosqichlarda qo‘llash hamda natijalarni ijodkorlik darajasi, musiqiy tahlil sifati, fikrni musiqiy shaklda ifodalash, faollik va refleksiya mezonlari bo‘yicha baholash asosida takomillashtirilib, uning samaradorligi matematik-statistik metodlar yordamida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga “Musiqa nazariyasi” fanini o‘qitish jarayonida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etildi:
“Musiqa nazariyasi” fanini o‘qitishda talabalarning kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari pedagogik antropologiya, akmeologik va kompetensiyaviy yondashuvlar integratsiyasi asosida takomillashtirilib, musiqiy-nazariy bilimlarni ijodiy anglash, intonatsion eshitish idroki, lad-ritmik va garmonik tafakkurning kreativlikning tarkibiy komponentlari ekanligi asoslanganligi haqidagi xulosalardan “Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 13-oktabrdagi 02/01-01-400-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning tashkiliy bosqichlari aniqlanib, uning metodik ta’minoti boyitilgan;
talabalarning kreativ ko‘nikmalarini baholashning motivatsion, kognitiv va kommunikativ mezonlari hamda ularning miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlari tizimlashtirilib, kreativ salohiyatni yuqori, o‘rta va quyi darajalarda aniqlash hamda kreativ ko‘nikmalar rivojiga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillarni tashxislash imkonini beruvchi diagnostik-baholash tizimi ishlab chiqilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida mavjud ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-apreldagi 02-12-20-2411-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mazmuni takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning maqsadli, mazmuniy, jarayonli (texnologik) va natijaviy (diagnostik) bloklardan iborat konseptual-prognostik modeli ishlab chiqilib, uni “aniqlovchi → rivojlantiruvchi → yakunlovchi” bosqichlar ketma-ketligida joriy etish orqali musiqiy-nazariy bilimlarni amaliy ijodiy faoliyat bilan integratsiyalovchi yaxlit pedagogik tizim sifatida samaradorligi asoslanganligi haqidagi xulosalardan 2024–2025-yillarda bajarilgan “DLP” shifrli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2026-yil 28-martdagi 10/679-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning individual yondashuvga asoslangan didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish metodikasi tahliliy, ijodiy, improvizatsion, interfaol o‘yin va multimediaviy topshiriqlar tizimini “tayyorgarlik → asosiy → yakuniy-refleksiv” bosqichlarda qo‘llash hamda natijalarni ijodkorlik darajasi, musiqiy tahlil sifati, fikrni musiqiy shaklda ifodalash, faollik va refleksiya mezonlari bo‘yicha baholash asosida takomillashtirilib, uning samaradorligi matematik-statistik metodlar yordamida asoslanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining ma’naviy-ma’rifiy eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali DMning 2026-yil 27-martdagi 41-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning ahamiyati keng jamoatchilikka tushunarli tarzda targ‘ib qilingan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish