Jalolova Gavhar Sirojiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarda implantatsiya markerlarining klinik-diagnostik jihatlari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4382.
Ilmiy rahbar: Shukurov Farxad Ishkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.03.01.
Rasmiy opponentlar: Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Saydazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarda BCL6 markeri ekspressiyasining klinik-diagnostik va prognostik ahamiyatini aniqlash hamda uning ekspressiya darajasiga asoslangan tashxislash, davolash va profilaktika algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarda BCL6 markerining yuqori ekspressiyasi endometriy reseptivligining pasayishi, stromal yallig‘lanish-fibroz o‘zgarishlari va implantatsion salohiyatining pasayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
BCL6 immunogistokimyoviy markeri ekspressiya darajasi asosida endometriy reseptivligi buzilishi va uning tiklanish ehtimolini baholovchi prognozlash modeli ishlab chiqilib, uning diagnostik-prognostik ahamiyati aniqlangan (AUC=0,82; sezgirlik - 84%, o‘ziga xoslik – 80%).
BCL6 yuqori ekspressiyasi, gormonal nomutanosiblik va exodopplerometrik gipoperfuziya o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida endometriy reseptivligi buzilishining kompleks diagnostik mezonlari ishlab chiqilib, ularning patogenetik ahamiyati aniqlangan;
BCL6 ekspressiyasiga asoslangan endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepushtlikni individuallashtirilgan tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilib, uning qo‘llanilishi BCL6 ekspressiyasini pasaytirishi, endometriy holatini yaxshilashi hamda klinik homiladorlik chastotasini erta reproduktiv yoshda 47,5%, kech reproduktiv yoshda 30,0% ga oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepushtlikni umumklinik, gormonal, exografik-dopplerometrik va immunogistokimyoviy tekshiruvlar orqali kompleks baholash, BCL6 markeri ekspressiyasi asosida endometriy reseptivligi buzilishini prognozlash hamda reseptivlikni tiklashga qaratilgan patogenetik individual yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tadqiqot natijalari asosida «Endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepushtlikni tashxislash, prognozlash va profilaktikasida innovatsion usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan. Uslubiy qo‘llanma 2025 yil 26 maydaagi № 05-25/596-t Ekspert kengash xulosasi bilan tasdiqlangan. Olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali hamda Jizzax shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shahar akusherlik kompleksi amaliyotiga joriy etilgan. Olingan ma`lumotlarga asosan, endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarni naazorat qilish va boshqarish uchun algoritm ishlab chiqilgan.
birinchi ilmiy yangilik: endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarda BCL6 markerining yuqori ekspressiyasi endometriy reseptivligining pasayishi, stromal yallig‘lanish-fibroz o‘zgarishlari va implantatsion salohiyatining pasayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan va uning asosida “Endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepushtlikni tashxislash, prognozlash va profilaktikasida innovatsion usullar” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib u Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali 2025 yil 20 dekabrdagi 133-son buyrug‘i, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shahar akusherlik kompleksi 2025 yil 23 dekabrdagi 5425-3-55 TV/2025-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashi tomonidan 2026 yil 16 fevraldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarda BCL6 markerining yuqori ekspressiyasini aniqlash orqali endometriy reseptivligining pasayishi, stromal yallig‘lanish-fibroz o‘zgarishlari va implantatsion salohiyat pasayishini erta baholash imkoniyati yaratildi, bu esa implantatsiya muvaffaqiyatsizligi xavfini kamaytirish, individual davolash-profilaktika choralarini o‘z vaqtida qo‘llash hamda reproduktiv salomatlikni yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarda BCL6 markerining yuqori ekspressiyasini endometriy reseptivligi pasayishining immunogistokimyoviy belgisi sifatida maqsadli aniqlash orqali takroriy gormonal tahlillar, exografik-dopplerometrik tekshiruvlar va samarasiz empirik davolash usullarini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 300000 so‘m, 90 nafar bemor uchun esa 27000000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarda BCL6 markerining yuqori ekspressiyasi endometriy reseptivligining pasayishi, stromal yallig‘lanish-fibroz o‘zgarishlari va implantatsion salohiyat pasayishi bilan bog‘liq ishonchli immunogistokimyoviy belgi ekanligi isbotlanib, ushbu markerni klinik amaliyotda qo‘llash bepushtlikni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashga xizmat qildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: BCL6 immunogistokimyoviy markeri ekspressiya darajasi asosida endometriy reseptivligi buzilishi va uning tiklanish ehtimolini baholovchi prognozlash modeli ishlab chiqilib, uning diagnostik-prognostik ahamiyati aniqlangan va uning asosida “Endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepushtlikni tashxislash, prognozlash va profilaktikasida innovatsion usullar” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali 2025 yil 20 dekabrdagi 133-son buyrug‘i, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shahar akusherlik kompleksi 2025 yil 23 dekabrdagi 5425-3-55 TV/2025-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashi tomonidan 2026 yil 16 fevraldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BCL6 immunogistokimyoviy markeri ekspressiya darajasi asosida endometriy reseptivligi buzilishi va uning tiklanish ehtimolini baholovchi prognozlash modeli ishlab chiqildi, bu esa bepusht ayollarda davolash samaradorligini oldindan baholash, individual davolash taktikasini erta tanlash va reproduktiv natijalarni yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: BCL6 immunogistokimyoviy markeri ekspressiya darajasi asosida ishlab chiqilgan prognozlash modelini qo‘llash endometriy reseptivligining tiklanish ehtimolini oldindan baholash, davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va samarasiz davolash kurslarini qisqartirish imkonini berganligi sababli har bir bemor uchun o‘rtacha 450000 so‘m, 90 nafar bemor uchun esa 40500000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: BCL6 immunogistokimyoviy markeri ekspressiya darajasi asosida ishlab chiqilgan prognozlash modeli endometriy reseptivligi buzilishi va uning tiklanish ehtimolini baholashda diagnostik-prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlanib, mazkur modelni klinik amaliyotga joriy etish bepusht ayollarda davolash taktikasini individuallashtirish va klinik natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: BCL6 yuqori ekspressiyasi, gormonal nomutanosiblik va exodopplerometrik gipoperfuziya o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida endometriy reseptivligi buzilishining kompleks diagnostik mezonlari ishlab chiqilib, ularning patogenetik ahamiyati aniqlangan va uning asosida “Endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepushtlikni tashxislash, prognozlash va profilaktikasida innovatsion usullar” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali 2025 yil 20 dekabrdagi 133-son buyrug‘i, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shahar akusherlik kompleksi 2025 yil 23 dekabrdagi 5425-3-55 TV/2025-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashi tomonidan 2026 yil 16 fevraldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BCL6 yuqori ekspressiyasi, gormonal nomutanosiblik va exodopplerometrik gipoperfuziyani kompleks baholash asosida endometriy reseptivligi buzilishini erta va aniq tashxislash imkoniyati yaratildi, bu esa bepusht ayollarda implantatsion salohiyat pasayishi xavfini o‘z vaqtida aniqlash, maqsadli davolash choralarini tanlash hamda reproduktiv salomatlikni yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: BCL6 yuqori ekspressiyasi, gormonal disbalans va exodopplerometrik gipoperfuziyaga asoslangan kompleks diagnostik mezonlarni joriy etish orqali tashxislash jarayonini tizimlashtirish, takroriy va past diagnostik qiymatga ega tekshiruvlarni kamaytirish hamda klinik qaror qabul qilishni tezlashtirish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 350000 so‘m, 90 nafar bemor uchun esa 31500000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: BCL6 yuqori ekspressiyasi, gormonal nomutanosiblik va exodopplerometrik gipoperfuziya o‘rtasidagi bog‘liqlik endometriy reseptivligi buzilishining kompleks diagnostik mezonlari sifatida patogenetik ahamiyatga ega ekanligi isbotlanib, ushbu mezonlarni klinik amaliyotga joriy etish bepusht ayollarni tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: BCL6 ekspressiyasiga asoslangan endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepushtlikni individuallashtirilgan tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilib, uning qo‘llanilishi BCL6 ekspressiyasini pasaytirishi, endometriy holatini yaxshilashi hamda klinik homiladorlik chastotasini erta reproduktiv yoshda 47,5%, kech reproduktiv yoshda 30,0% ga oshirishi aniqlangan va uning asosida “Endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepushtlikni tashxislash, prognozlash va profilaktikasida innovatsion usullar” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali 2025 yil 20 dekabrdagi 133-son buyrug‘i, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shahar akusherlik kompleksi 2025 yil 23 dekabrdagi 5425-3-55 TV/2025-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashi tomonidan 2026 yil 16 fevraldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarni olib borishni takomillashtirishga qaratilgan BCL6 markeri ekspressiyasiga asoslangan personallashtirilgan tashxislash, davolash va profilaktika algoritmi ishlab chiqildi, bu esa endometriy reseptivligini tiklash, implantatsion salohiyatni oshirish, klinik homiladorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda reproduktiv salomatlikni saqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarni olib borishni takomillashtirishga qaratilgan BCL6 markeri ekspressiyasiga asoslangan personallashtirilgan tashxislash, davolash va profilaktika algoritmini qo‘llash orqali samarasiz davolash sxemalari, takroriy murojaatlar, asossiz terapevtik aralashuvlar va ortiqcha monitoring tekshiruvlarini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 600000 so‘m, 90 nafar bemor uchun esa 54000000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: endometriy disfunksiyasi bilan bog‘liq bepusht ayollarni olib borishda BCL6 markeri ekspressiyasiga asoslangan personallashtirilgan tashxislash, davolash va profilaktika algoritmi klinik jihatdan samarali yondashuv ekanligi isbotlanib, uni amaliyotga joriy etish endometriy reseptivligini tiklash va reproduktiv natijalarni yaxshilash imkonini beradi.