Parpiev Jaxongir Ilxomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Auditorlik tekshiruvlarida auditorlarning professional mulohazalarini shakllantirishni takomillashtirish” 08.00.08-Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5806
Ilmiy rahbar: Xolmirzaev Ulug‘bek Abdulazizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Maqsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘laev Umidjon Ibroximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: auditorlik tekshiruvlarida auditorlarning professional mulohazalarini shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
auditorlik xulosalarida auditorlatning professional mulohazalarning aniqligi, asoslanganligi, shaffofligi, dalillarning etarliligi va qarorlarning ob’ektivligini baholash imkonini beruvchi ko‘p mezonli indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan;
audit jarayonida skeptik yondashuv darajasini aniqlashning ko‘p mezonli baholash modeli orqali past va yuqori skeptisizm holatidagi baholar asosida skeptisizmni kuchaytirishga yo‘naltirilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
auditorlik tekshiruvlarida kognitiv tahlil vositalariga asoslangan holda ma’lumotlarni tanlash, qayta ishlash, jarayonlarni baholash va verifikatsiyalash bosqichlarida yuzaga keladigan risklarni minimal darajaga tushirishga xizmat qiluvchi professional mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan integrallashgan model ishlab chiqilgan;
auditorlik tekshiruvlarida qaror qabul qilish sifatini oshirish maqsadida, risk omillarining to‘liq qamrovli tahliliga asoslangan va barcha risk komponentlarini yagona tizimda birlashtiruvchi mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Auditorlik tekshiruvlarida auditorlarning professional mulohazalarini shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
auditorlik xulosalarida auditorlatning professional mulohazalarning aniqligi, asoslanganligi, shaffofligi, dalillarning etarliligi va qarorlarning ob’ektivligini baholash imkonini beruvchi ko‘p mezonli indikatorlar tizimidan foydalanish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2026-yil 25-maydagi 122-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida auditorlik qarorlarini baholashda sub’ektivlik darajasi sezilarli kamaytirilib, har bir auditorlik xulosasining dalillarga asoslanganligi, izchil hujjatlashtirilganligi va foydalanuvchilar uchun tushunarlilik darajasini oshirgan;
audit jarayonida skeptik yondashuv darajasini aniqlashning ko‘p mezonli baholash modeli orqali past va yuqori skeptisizm holatidagi baholar asosida skeptisizmni kuchaytirishga yo‘naltirilgan ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2026-yil 25-maydagi 122-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida auditorlar tomonidan olib boriladigan tekshiruvlarda dalillar etarliligi, shubha ostidagi faktlarning tan olinishi, mustaqillik darajasi va hujjatlashtirishning chuqurligi kabi mezonlar bo‘yicha skeptisizm holatining sifat va miqdoriy bahosi ta’minlangan. Bu esa, o‘z navbatida, audit xulosalarining ishonchliligini oshirib, foydalanuvchilar uchun taqdim etilayotgan axborotning aniqligi, shaffofligi va ob’ektivligini sezilarli darajada kuchaytirgan;
auditorlik tekshiruvlarida kognitiv tahlil vositalariga asoslangan holda ma’lumotlarni tanlash, qayta ishlash, jarayonlarni baholash va verifikatsiyalash bosqichlarida yuzaga keladigan risklarni minimal darajaga tushirishga xizmat qiluvchi professional mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan integrallashgan modelni ishlab chiqish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2026-yil 25-maydagi 122-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida auditorlar tomonidan olib boriladigan tekshiruvlarda dalillarni qiyosiy tahlil qilish, nomuvofiqliklarni aniqlash, gipotetik ssenariylar asosida qarorlarni shakllantirish va audit risklarini baholash imkoniyati sezilarli darajada oshgan;
auditorlik tekshiruvlarida qaror qabul qilish sifatini oshirish maqsadida, risk omillarining to‘liq qamrovli tahliliga asoslangan va barcha risk komponentlarini yagona tizimda birlashtiruvchi mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2026-yil 25-maydagi 122-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida auditorlik faoliyatida ichki, nazorat, aniqlash va tashqi risk komponentlari o‘zaro integratsiyalashgan tarzda baholab borilishini ta’minlash, qarorlarning asoslanganligi, dalillarning etarliligi va professional mulohazalarning aniqligini ta’minlovchi kompleks yondashuvni amaliyotda samarali joriy etish imkonini yaratgan.