Umarov Umidjon Akram o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XX asr ingliz va o‘zbek bolalar adabiyotida xarakter va ramz arxetiplari tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3901.
Ilmiy rahbar: Sobirova Zarnigor Raximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08.
Rasmiy opponentlar: Adizova Obodon Istamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Rajabova Ra’no Zaripovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr ingliz va o‘zbek bolalar adabiyoti namunalarida xarakter hamda ramz arxetiplarining namoyon bo‘lish xususiyatlari, ularning badiiy-estetik funksiyalari va qo‘llanish mexanizmlarini J.Rouling hamda X.To‘xtaboev asarlari misolida qiyosiy-tipologik va badiiy talqin asosida aniqlashdan hamda milliy-madaniy va umuminsoniy mazmunini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xarakter arxetiplarining insondagi jasorat, adolat, sodiqlik, mehnatsevarlik, rahm-shafqat kabi kuchli xususiyatlarni va haddan tashqari o‘ziga ishonch, soddalik kabi kamchiliklarni ochib berishda birlamchi qiymat kasb etishi ilk bor XX asr ingliz va o‘zbek bolalar adabiyoti misolida aniqlangan;
qahramon arxetipining Harri Potter va Hoshimjon obrazlarida ikki xil model asosida shakllanishi: Harrida qahramonlik ichki kuch, jasorat, sodiqlik va adolatparvarlik asosida, Hoshimjonda esa sinov va tajribalar jarayonida mehnatsevarlik, mas’uliyat, qat’iyat va adolat kabi fazilatlarning qaror topishi orqali namoyon bo‘lishi, shuningdek, har ikki obrazda shaxsiy kamolot, o‘z mashhurligi va ahamiyatini anglab etish kabi insoniy fazilatlar ifodasi bilan umumiylik hosil qilishi ochib berilgan;
ramz arxetiplarining adabiy talqini, ularning ranglar, sonlar, shakllar, tabiat elementlari, ob’ektlar shaklida tasniflanishi, oq rang arxetipining poklik, tozalik kabi ijobiy va qo‘rquv, dahshat kabi salbiy ma’no aks ettirishi, qora rang arxetipining bilim, kuch, aql va navqironlik kabi ijobiy hamda yovuzlik, qo‘rquv, sirlilik kabi salbiy ma’no aks ettirishi, uch va to‘rt son arxetiplarining mukammallik hamda xilma-xillikdagi birlik timsoli sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
“Harry Potter” asarida Harri, Ron va Germiona uchlik arxetipi do‘stlik va hamkorlikning ahamiyatini ifodalab kelishi, “Sariq devni minib” asarida esa Hoshimjon, uning do‘sti Akrom va sehrli qalpoqcha uchligida do‘stlik, mehr-muruvvat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash voqelanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr ingliz va o‘zbek bolalar poetikasida aks etgan xarakter va ramz arxetiplarini J.Rouling va X.To‘xtaboev asarlari misolida qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
xarakter arxetiplarining insondagi jasorat, adolat, sodiqlik, mehnatsevarlik, rahm-shafqat kabi kuchli xususiyatlarni va haddan tashqari o‘ziga ishonch, soddalik kabi kamchiliklarni ochib berishda birlamchi qiymat kasb etishi ilk bor XX asr ingliz va o‘zbek bolalar adabiyoti misolida aniqlanishiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024 yillarda AQSh elchixonasi hamda Amerika Kengashi bilan hamkorlikda “English Access Microscholarship Program” xorijiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 2-apreldagi №887/02-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotga oid ilmiy xulosalar, tavsiyalar va takliflar ushbu loyiha dasturini boyitishga hamda uning ilmiy qiymatini oshirishga xizmat qilgan;
qahramon arxetipining Harri Potter va Hoshimjon obrazlarida ikki xil model asosida shakllanishi: Harrida qahramonlik ichki kuch, jasorat, sodiqlik va adolatparvarlik asosida, Hoshimjonda esa sinov va tajribalar jarayonida mehnatsevarlik, mas’uliyat, qat’iyat va adolat kabi fazilatlarning qaror topishi orqali namoyon bo‘lishi, shuningdek, har ikki obrazda shaxsiy kamolot, o‘z mashhurligi va ahamiyatini anglab etish kabi insoniy fazilatlar ifodasi bilan umumiylik hosil qilishiga oid xulosa va natijalardan Buxoro davlat universitetida 2024-yilda bajarilgan AL-662204396 “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 13-martdagi №01-04/1683-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ingliz va o‘zbek bolalar adabiyotida xarakter va ramz arxetiplarining qiyosiy tahliliga doir mulohazalar bilan to‘ldirilgan;
ramz arxetiplarining adabiy talqini, ularning ranglar, sonlar, shakllar, tabiat elementlari, ob’ektlar shaklida tasniflanishi, oq rang arxetipining poklik, tozalik kabi ijobiy va qo‘rquv, dahshat kabi salbiy ma’no aks ettirishi, qora rang arxetipining bilim, kuch, aql va navqironlik kabi ijobiy hamda yovuzlik, qo‘rquv, sirlilik kabi salbiy ma’no aks ettirishi, uch va to‘rt son arxetiplarining mukammallik hamda xilma-xillikdagi birlik timsoli sifatida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontekstologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 23-maydagi №04/11-6461-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ingliz va o‘zbek bolalar adabiyotida ramz arxetiplarining qiyosiy tahlili, tasniflanishi, mushtarakligi, o‘ziga xosligini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy mulohazalar bilan to‘ldirilgan;
“Harry Potter” asarida Harri, Ron va Germiona uchlik arxetipi do‘stlik va hamkorlikning ahamiyatini ifodalab kelishi, “Sariq devni minib” asarida esa Hoshimjon, uning do‘sti Akrom va sehrli qalpoqcha uchligida do‘stlik, mehr-muruvvat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash voqelanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Ilm dunyosi”, “Dolzarb mavzu”, “Hayot maktabi”, “Xalq fikri” teleko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 30-yanvardagi №01-09-53 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, arxetiplarning badiiy xususiyatlari, tasniflanishi va etimologiyasiga doir ilmiy qarashlar ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, teletomoshabinlarda o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va milliy ma’naviyatni yuksaltirishga, vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirishga turtki bo‘lgan.