Boltaboev Abdug‘ani Mamirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning psixologik mexanizmlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/P1163.
Ilmiy rahbar: G‘ofurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Zaymetov Husan Avasxonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Jumabaev Timur Jalgasbaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning psixologik mexanizmlarini o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning vatanparvarlik hissini shakllantirishda milliy birlikka intilish va bag‘rikenglik sifatlarini axloqiy burch hissiga bog‘liq holda rivojlanishiga erishish muhimligi tufayli “ijtimoiy hamjihatlik”, “milliy identifikatsiya” komponentlari ustuvor psixologik mexanizm ekanligi isbotlangan;
o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda turli millat vakillari bilan milliy identifikatsiya shaxs tashabbuskorligini faollashuviga hamjihatlik maqsadga intiluvchanlikni kuchaytirib ijtimoiy tolerantlikka intilishni kuchaytirganligi tufayli irodaviy sifatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
o‘quvchilarning hayotiy qadriyatlari shaxsning o‘zini rivojlantirishga intilishi ijtimoiy hamjihatlikni, ma’naviy qoniqqanlik va ijtimoiy faol aloqalar esa milliy identifikatsiyani kuchaytirishiga asoslanib vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan;
o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning psixologik mexanizmlari motivatsion, kognitiv, emotsional xususiyatlar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan blokka integrativ ta’sir usullarini kiritish asosida axloqiy hislarni ustuvorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning psixologik mexanizmlari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
o‘quvchilarning vatanparvarlik hissini shakllantirishda milliy birlikka intilish va bag‘rikenglik sifatlarini axloqiy burch hissiga bog‘liq holda rivojlanishiga erishish muhimligi tufayli “ijtimoiy hamjihatlik”, “milliy identifikatsiya” komponentlari ustuvor psixologik mexanizm ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-409a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-409-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning psixologik qonuniyatlari aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda turli millat vakillari bilan milliy identifikatsiya shaxs tashabbuskorligini faollashuviga hamjihatlik maqsadga intiluvchanlikni kuchaytirib ijtimoiy tolerantlikka intilishni kuchaytirganligi tufayli irodaviy sifatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-409a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-409-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda vatanparvarlik    tuyg‘usini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar samaradorligi asoslab berilgan;
o‘quvchilarning hayotiy qadriyatlari shaxsning o‘zini rivojlantirishga intilishi ijtimoiy hamjihatlikni, ma’naviy qoniqqanlik va ijtimoiy faol aloqalar esa milliy identifikatsiyani kuchaytirishiga asoslanib vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-409a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-409-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishni tadqiq qilishga oid psixodiagnostik tekshiruvlar amalga oshirilgan va tizimlashtirilgan;
o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning psixologik mexanizmlari motivatsion, kognitiv, emotsional xususiyatlar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan blokka integrativ ta’sir usullarini kiritish asosida axloqiy hislarni ustuvorligini ta’minlash orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-409a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-409-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish