Ernazarov Ortikboy G‘oyibnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarni differensial davolash, zamonaviy tashxislash va hayot sifatini baholash» 14.00.21 – Stomatologiya 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.1.PhD/Tib5588.
Ilmiy rahbarlar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Alisher Umurzaqovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Irisov Keneshbek Bakirbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston); Amanullaev Rustam Azimjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojik Davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan kasallangan bemorlarda nerv zararlanish darajasini hisobga olgan holda differensial yondashuvni qo‘llash orqali davolash natijalarini yaxshilash va nevralgiya og‘irligiga qarab hayot sifatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch shoxli nerv nevralgiyasi va uning odontogen shakllarining klinik-diagnostik xususiyatlari aniqlanib, ushbu kasallik klinik belgilarining yaqqolligi bilan yondosh somatik patologiyaning 40,5% holatda uchrashi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan:
uch shoxli nerv nevralgiyaning og‘irlik darajasi, davomiyligi va og‘riq sindromi jadalligini kompleks baholash asosida 32,2% holatda konservativ, 67,8% holatda jarrohlik davolash usullarini tabaqalashtirib tanlash mezonlari ishlab chiqilgan:
mikrovaskulyar dekompressiya og‘riq sindromini barqaror bartaraf etishi, qaytalanishlar sonini kamaytirishi va uch shoxli nervning funksional holatini saqlab qolishi hisobiga an’anaviy destruktiv aralashuvlarga nisbatan yuqori — 95% klinik samaradorlikni ta’minlashi isbotlangan:
tabaqalashtirilgan davolash taktikasini qo‘llash uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini 85,4% ga yaxshilashi asoslangan:
tadqiqot natijalarining ishonchliligi ob’ektiv klinik va nevrologik tekshiruvlar, rentgenologik, elektroneyromiografik (ENMG), mul`tispiral kompyuter tomografiya (MSKT) va magnit-rezonans tomografiya (MRT), shu jumladan 3D FIESTA rejimidagi tekshiruv natijalari, bemorlarning so‘rovnoma ma’lumotlari hamda olingan natijalarning zamonaviy statistik usullar asosida tahlil qilinishi bilan tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarni differensial davolash, zamonaviy tashxislash va hayot sifatini baholash» mavzusidagi ilmiy ish natijalari asosida 2 ta uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan.
«Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarni hayot sifatini baholash orqali zamonaviy tashxislash va davolash uslublari» uslubiy tavsiyanomasi (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2025-yil 24-martdagi 03-25\530t-son ma’lumotnomasi) Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tibbiyot-sanitariya bo‘limida va Toshkent davlat stomatologiya institutida Sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan. «Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifatini baholash so‘rovnomasini qo‘llash uslubi» uslubiy tavsiyanomasi (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2025-yil 22-dekabrdagi 02-25\830t-son ma’lumotnomasi) Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati tibbiyot-sanitariya bo‘limida Sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan.
Birinchi ilmiy yangilik: Uch shoxli nerv nevralgiyasi va uning odontogen shakllarining klinik-diagnostik xususiyatlari aniqlanib, kasallik klinik belgilarining yaqqolligi bilan yondosh somatik patologiya mavjudligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslangan.Olingan natijalar «Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash orqali zamonaviy tashxislash va davolash usullari» hamda «Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash so‘rovnomasini qo‘llash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy yangilik Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 8 avgustdagi 86-son buyruq), Navoiy kon-metallurgiya kombinati tibbiy-sanitariya bo‘limi (2025 yil 18 avgustdagi 284-son buyruq) va Toshkent davlat stomatologiya instituti (2025 yil 6 avgustdagi 49-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Joriy etish Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26-son yagona xulosasi bilan tasdiqlangan.Ijtimoiy samaradorligi: Uch shoxli nerv nevralgiyasi va uning odontogen shakllariga xos klinik-diagnostik xususiyatlarni, shuningdek, yondosh somatik patologiyalarni hisobga olish kasallikni o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxislashga, diagnostik xatolarni kamaytirishga hamda bemorga mos davolash taktikasini tanlashga yordam beradi. Bu og‘riq sindromini nazorat qilish, tibbiy yordam sifatini oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.Iqtisodiy samaradorligi: Kasallikning klinik kechish xususiyatlari va yondosh somatik patologiyalarni inobatga olgan holda tashxislash asossiz tekshiruvlar va diagnostik muolajalar, takroriy murojaatlar hamda davolash muddatlarini kamaytirish imkonini beradi. Bu tibbiy resurslardan maqsadli foydalanishga zamin yaratadi. Iqtisodiy samaraning aniq miqdorini belgilash uchun amaldagi xarajatlar va taqqoslash ma’lumotlari asosida alohida hisob-kitob o‘tkazilishi lozim.Xulosa: Uch shoxli nerv nevralgiyasi va uning odontogen shakllariga xos aniqlangan klinik-diagnostik xususiyatlar hamda yondosh somatik patologiyalarni hisobga olish bemorlarni tashxislash va davolash taktikasini asosli tanlash samaradorligini oshiradi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: Kasallikning og‘irlik darajasi, kechish davomiyligi va og‘riq sindromi jadalligini kompleks baholash asosida uch shoxli nerv nevralgiyasini konservativ yoki jarrohlik usulida davolashni tabaqalashtirib tanlash mezonlari ishlab chiqilgan.Olingan natijalar «Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash orqali zamonaviy tashxislash va davolash usullari» hamda «Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash so‘rovnomasini qo‘llash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy yangilik Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 8 avgustdagi 86-son buyruq), Navoiy kon-metallurgiya kombinati tibbiy-sanitariya bo‘limi (2025 yil 18 avgustdagi 284-son buyruq) hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti (2025 yil 6 avgustdagi 49-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Joriy etish Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26-son yagona xulosasi bilan tasdiqlangan.Ijtimoiy samaradorligi: Davolash usulini kasallikning og‘irlik darajasi, kechish davomiyligi va og‘riq sindromi jadalligini hisobga olgan holda tanlash tibbiy yordam samaradorligini oshirish, og‘riqni kamaytirish va bemorning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.Iqtisodiy samaradorligi: 171 nafar bemordan 116 nafari jarrohlik usulida, 55 nafari konservativ usulda davolangan. Bir bemor uchun 7 kunlik konservativ davolash xarajati 1 400 000 so‘mni, jarrohlik davolash xarajati esa operatsiya qiymati qo‘shilganda 1 900 000 so‘mni tashkil etgan. Amaldagi tabaqalashtirilgan davolash xarajati jami 297 400 000 so‘m bo‘lgan. Agar 171 nafar bemorning barchasi jarrohlik usulida davolanganda, xarajat 324 900 000 so‘mni tashkil etar edi. Shu shartli taqqoslashda tabaqalashtirilgan davolash hisobiga 27 500 000 so‘m iqtisodiy tejamkorlikka erishilgan. Xulosa: Ishlab chiqilgan mezonlar kasallikning individual klinik xususiyatlarini kompleks baholash asosida uch shoxli nerv nevralgiyasini konservativ yoki jarrohlik usulida davolashni asosli tanlash imkonini beradi.
Uchinchi ilmiy yangilik : ikrovaskulyar dekompressiyani qo‘llash og‘riq sindromini barqaror bartaraf etish, kasallik qaytalanishini kamaytirish va uch shoxli nervning funksional holatini saqlab qolish hisobiga an’anaviy destruktiv aralashuvlarga nisbatan yuqori klinik samaradorlikni ta’minlashi isbotlangan.Olingan natijalar «Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash orqali zamonaviy tashxislash va davolash usullari» hamda «Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash so‘rovnomasini qo‘llash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy yangilik Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 8 avgustdagi 86-son buyruq), Navoiy kon-metallurgiya kombinati tibbiy-sanitariya bo‘limi (2025 yil 18 avgustdagi 284-son buyruq) hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti (2025 yil 6 avgustdagi 49-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Joriy etish Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 oktyabrdagi 26-son yagona xulosasi bilan tasdiqlangan.Ijtimoiy samaradorligi: Mikrovaskulyar dekompressiyani qo‘llash og‘riq sindromini barqaror bartaraf etish, yuz sohasidagi sezuvchanlikni saqlash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.Iqtisodiy samaradorligi:. Mikrovaskulyar dekompressiya o‘tkazilgan 59 nafar bemorning 57 nafarida (96,6%) 5 yil davomida kasallik qaytalanmagan. Ikki nafar bemorda (3,4%) qaytalanish kuzatilgan. Qaytalanish holatlarining kamligi qayta murojaat va takroriy davolash xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Xulosa: Mikrovaskulyar dekompressiya uch shoxli nerv nevralgiyasini jarrohlik yo‘li bilan davolashda og‘riqni barqaror kamaytirish va nervning funksional holatini saqlashga qaratilgan samarali usul hisoblanadi.
Turtinchi ilmiy yangilik: tabaqalashtirilgan davolash taktikasini qoʻllash uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan ogʻrigan bemorlarning hayot sifati koʻrsatkichlarining yaxshilanishiga olib kelishi asoslanganligi boʻyicha natijalar “Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan ogʻrigan bemorlarni xayot sifatini baholash orqali zamonaviy tashxislash va davolash uslublari” va “Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan ogʻrigan bemorlarni xayot sifatini baholash soʻrovnomasini qoʻllash uslubi” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Mazkur ilmiy yangilik Navoiy viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi (8.08.2025 yil 86-sonli buyruq) hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tibbiyot-sanitariya boʻlimi (18.08.2025 yil 284-sonli buyruq), Toshkent davlat stomatologiya instituti (06.08.2025 yil 49 sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 oktyabrdagi 26-sonli yagona xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: Tabaqalashtirilgan davolash taktikasini qoʻllash bemorlarning jismoniy va psixoemosional holatini yaxshilashga, ijtimoiy faolligi hamda hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: Davolash natijalarining yaxshilanishi va kasallik qaytalanishi holatlarining kamayishi takroriy davolash xarajatlarini pasaytirishga hamda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirishga yordam beradi. tabaqalashtirilgan davolash taktikasini qo‘llash uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini 85,4% ga yaxshilashi asoslangan Xulosa: Uch shoxli nerv nevralgiyasini davolashga tabaqalashtirilgan yondashuv bemorlar hayoti sifatini va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Xulosa: Differensial yondashuv asosida davolash trigeminal nevralgiyada tibbiy yordam sifatini oshiradi, iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi hamda bemorlarning tezroq ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytishini ta’minlaydi.Shunday qilib, differensial yondashuvni klinik amaliyotga joriy etish nafaqat sezilarli iqtisodiy samarani ta’minlaydi, balki uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning ijtimoiy ahamiyati va samaradorligini oshiradi.Uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda differensial yondashuvni qo‘llash shifoxonaga yotqizish, davolanish xarajatlarini kamaytiradi, chunki bemor professional mutaxassisga yo‘naltiriladi va u erda tibbiy yordam oladi, bu juda muhim jihatdir.