Usmonov Alisher G‘offorali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport jamoalarida norasmiy liderlar ta’sirining psixologik xususiyatlari”. 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1087.
Ilmiy rahbar: G‘ofurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Zaymetov Husan Avasxonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Jumabaev Timur Jalgasbaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sport jamoalarida norasmiy liderlar ta’sirining psixologik xususiyatlari tadqiq etish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport jamoalarida norasmiy liderlarning psixologik ta’siri sportchilarning jamoaviy birdamligi, o‘zaro ishonchi, motivatsiyasi hamda ijtimoiy-psixologik moslashuvining shakllanishida muhim omil ekanligi, norasmiy liderlarning shaxslararo munosabatlarni tartibga solish, sportchilarning emotsional holatini qo‘llab-quvvatlash va jamoada ijobiy psixologik muhitni ta’minlashdagi determinant roli aniqlangan;
sport jamoalarida norasmiy liderlarning kommunikativ kompetentligi, emotsional intellekti, motivatsion ta’siri hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanishi sportchilarning jamoaviy hamkorligi, mas’uliyat hissi, o‘zaro ishonchi va musobaqa faoliyatidagi psixologik barqarorligini ta’minlovchi muhim psixologik omillar ekanligi dalillangan;
sport jamoalarida rasmiy va norasmiy liderlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, jamoa ichidagi kommunikatsiya sifati hamda sportchilar o‘rtasidagi ijobiy ijtimoiy-psixologik munosabatlar jamoa birligi, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, nizolarni konstruktiv hal etish va yuqori sport natijalariga erishishda muhim psixologik omil ekanligi dalillangan;
sport jamoalarida norasmiy liderlarning ijobiy psixologik ta’sirini rivojlantirish, sportchilarda jamoaviy hamkorlik, mas’uliyat, liderlik kompetensiyalari, emotsional barqarorlik va samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish orqali jamoaning psixologik iqlimi hamda sport faoliyati samaradorligini oshirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Sport jamoalarida norasmiy liderlar ta’sirining psixologik xususiyatlari” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sport jamoalarida norasmiy liderlarning emotsional intellekti, kommunikativ kompetentligi, motivatsion ta’siri hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanishi sportchilarning jamoaviy birdamligi, o‘zaro ishonchi, psixologik barqarorligi va musobaqa faoliyatidagi samaradorligini ta’minlovchi muhim psixologik omillar ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgust PM-179-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179-a son ma’lumotnomasi). Natijada sport jamoalarida norasmiy liderlarning sportchilar faoliyati va jamoaviy hamkorlikka ta’sir etuvchi psixologik omillari tadqiq qilingan;
sport jamoalarida shaxslararo munosabatlar, o‘zaro ishonch va kommunikativ hamkorlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida norasmiy liderlarning sportchilarni umumiy maqsad sari safarbar etishi, jamoa ichidagi nizolarni konstruktiv boshqarishi hamda ijobiy psixologik muhitni shakllantirishdagi roli ochib berilganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgust PM-179-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179-a son ma’lumotnomasi). Natijada sport jamoalarida norasmiy liderlar ta’sirining yosh, sport tajribasi va jamoa tarkibidagi maqomiga bog‘liq psixologik xususiyatlari tahlil qilingan;
sport jamoalarida rasmiy va norasmiy liderlar o‘rtasidagi hamkorlik, jamoa ichidagi kommunikatsiya sifati hamda sportchilar o‘rtasidagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash darajasi oshgani sari sportchilarning o‘zini nazorat qilishi, mas’uliyatni his etishi, jamoaga sodiqligi, musobaqa vaziyatlarida to‘g‘ri qaror qabul qilishi hamda umumiy natijaga yo‘naltirilgan hamkorlik ko‘nikmalari izchil rivojlanishi asosida norasmiy liderlarning jamoa samaradorligini ta’minlovchi psixologik mexanizmlari ochib berilganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgust PM-179-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179-a son ma’lumotnomasi). Natijada sport jamoalarida norasmiy liderlarning jamoaviy psixologik iqlim va sportchilar motivatsiyasiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan;
Sport jamoalarida norasmiy liderlarning ijobiy psixologik ta’sirini rivojlantirish uchun samarali muloqot, emotsional barqarorlik, motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash, mas’uliyatni taqsimlash, jamoaviy qaror qabul qilish, nizolarni konstruktiv boshqarish hamda sportchilarda liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish zarurligi asoslanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgust PM-179-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179-a son ma’lumotnomasi). Natijada sport jamoalarida norasmiy liderlarning shaxsiy va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hamda ularning jamoa faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi psixologik omillar tizimli ravishda o‘rganilgan.