Nasimova Zarina Isomiddin qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/P298.
Ilmiy maslahatchi: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Djumaniyozova Muxayya Xusinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mamatov Dilshod Qodirovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish hamda uning profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
talabalarda tanqidiy fikrlashning kognitiv-ijodiy asoslari haqiqatga intilishning obektiv fikrlash, ochiq fikrlilikning majoziy tafakkur, analitiklikning ramziy fikrlash, tizimlilikning aniq fikrlash hamda izlanuvchanlikning ijodkorlik bilan uyg‘unlashuvi orqali dalillarni xolis baholash, muqobil nuqtayi nazarlarni qabul qilish, murakkab axborotni strukturaviy tahlil etish, fikrni izchil tashkil qilish va original echimlar yaratishga xizmat qiluvchi integrativ intellektual resurslar tizimi mavjudligi isbotlangan;
hayotiy maqsadlarning aniqligi va shaxsiy nazorat hissi tanqidiy fikrlashning motivatsion-regulyativ tayanchi sifatida haqiqatga intilish hamda tizimlilikning istiqboliy maqsadlar bilan, fikrlashga ishonchning ichki nazorat lokusi bilan, izlanuvchanlikning hayot jarayonidan mazmun topish bilan va mulohaza etukligining hayot boshqariluvchanligiga ishonch bilan birikishi natijasida mustaqil qaror qabul qilish, javobgarlikni o‘z zimmasiga olish va noaniq vaziyatlarda realistik tanlovni amalga oshirish imkoniyatlarini kuchaytirishi ilmiy jihatdan asoslangan;
akademik motivatsiya tizimida tanqidiy fikrlashga moyillikning shakllanishi haqiqatga intilishning amotivatsiya bilan teskari, ochiq fikrlilik va izlanuvchanlikning kognitiv motivatsiya bilan ijobiy, analitiklikning muvaffaqiyatga intilish bilan hamda fikrlashga ishonchning o‘z-o‘zini shakllantirish motivi bilan uyg‘un aloqadorligi orqali o‘quv faoliyatiga shaxsiy ma’no berish, yangi bilimni mustaqil izlash, murakkab vazifalarni daliliy tahlil qilish va intellektual salohiyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion-kognitiv mexanizmlar dalillangan;
individual tafakkur uslublari kesimida tanqidiy fikrlashning differensial namoyon bo‘lishi realistik tafakkurning haqiqatga intilish, sintezatorlikning ochiq fikrlilik, analizatorlikning analitiklik, pragmatiklikning tizimlilik va idealistik yo‘nalishning izlanuvchanlik bilan uyg‘unlashishi natijasida faktual aniqlikni saqlash, qarama-qarshi g‘oyalarni integratsiyalash, murakkab axborotni tarkibiy tahlil qilish, amaliy echimlarni izchil tashkil etish hamda qadriy-ma’noviy savollarni mustaqil izlanish bilan boyitishga xizmat qiluvchi kognitiv-uslubiy konfiguratsiyalar ilmiy jihatdan tasdiqlangan;
tanqidiy fikrlashning refleksiv-metakognitiv mexanizmlari haqiqatga intilishning retrospektiv refleksiya, ochiq fikrlilik va analitiklikning vaziyatli refleksiya, tizimlilikning perspektiv refleksiya hamda mulohaza etukligining o‘tmish tajribasini qayta baholash bilan o‘zaro bog‘lanishi orqali xatoni o‘z vaqtida anglash, fikrlash jarayonini real vaqtda nazorat qilish, tajribadan asosli xulosa chiqarish, kelgusi qaror oqibatlarini oldindan baholash va noaniqlik sharoitida ehtiyotkor hukm shakllantirishga xizmat qiluvchi refleksiv-regulyativ resurslar empirik jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda tanqidiy fikrlashning kognitiv-ijodiy asoslari haqiqatga intilishning obektiv fikrlash, ochiq fikrlilikning majoziy tafakkur, analitiklikning ramziy fikrlash, tizimlilikning aniq fikrlash hamda izlanuvchanlikning ijodkorlik bilan uyg‘unlashuvi orqali dalillarni xolis baholash, muqobil nuqtayi nazarlarni qabul qilish, murakkab axborotni strukturaviy tahlil etish, fikrni izchil tashkil qilish va original echimlar yaratishga xizmat qiluvchi integrativ intellektual resurslar tizimi mavjudligi isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-505-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-505a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda tanqidiy fikrlashning kognitiv va ijodiy omillar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
hayotiy maqsadlarning aniqligi va shaxsiy nazorat hissi tanqidiy fikrlashning motivatsion-regulyativ tayanchi sifatida haqiqatga intilish hamda tizimlilikning istiqboliy maqsadlar bilan, fikrlashga ishonchning ichki nazorat lokusi bilan, izlanuvchanlikning hayot jarayonidan mazmun topish bilan va mulohaza etukligining hayot boshqariluvchanligiga ishonch bilan birikishi natijasida mustaqil qaror qabul qilish, javobgarlikni o‘z zimmasiga olish va noaniq vaziyatlarda realistik tanlovni amalga oshirish imkoniyatlarini kuchaytirishi ilmiy jihatdan asoslanganligiga doir ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-505-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-505a-son ma’lumotnomasi). Natijada tanqidiy fikrlashning hayotiy maqsadlar va shaxsiy nazorat bilan aloqadorligi o‘rganilgan;
akademik motivatsiya tizimida tanqidiy fikrlashga moyillikning shakllanishi haqiqatga intilishning amotivatsiya bilan teskari, ochiq fikrlilik va izlanuvchanlikning kognitiv motivatsiya bilan ijobiy, analitiklikning muvaffaqiyatga intilish bilan hamda fikrlashga ishonchning o‘z-o‘zini shakllantirish motivi bilan uyg‘un aloqadorligi orqali o‘quv faoliyatiga shaxsiy ma’no berish, yangi bilimni mustaqil izlash, murakkab vazifalarni daliliy tahlil qilish va intellektual salohiyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion-kognitiv mexanizmlar dalillanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-505-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-505a-son ma’lumotnomasi). Natijada tanqidiy fikrlashga moyillikning akademik motivatsiya bilan bog‘lanishini tahlil qilingan;
individual tafakkur uslublari kesimida tanqidiy fikrlashning differensial namoyon bo‘lishi realistik tafakkurning haqiqatga intilish, sintezatorlikning ochiq fikrlilik, analizatorlikning analitiklik, pragmatiklikning tizimlilik va idealistik yo‘nalishning izlanuvchanlik bilan uyg‘unlashishi natijasida faktual aniqlikni saqlash, qarama-qarshi g‘oyalarni integratsiyalash, murakkab axborotni tarkibiy tahlil qilish, amaliy echimlarni izchil tashkil etish hamda qadriy-ma’noviy savollarni mustaqil izlanish bilan boyitishga xizmat qiluvchi kognitiv-uslubiy konfiguratsiyalar ilmiy jihatdan tasdiqlanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-505-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-505a-son ma’lumotnomasi). Natijada tanqidiy fikrlashning individual tafakkur uslublari bilan uyg‘unlashuvi aniqlashtirilgan;
tanqidiy fikrlashning refleksiv-metakognitiv mexanizmlari haqiqatga intilishning retrospektiv refleksiya, ochiq fikrlilik va analitiklikning vaziyatli refleksiya, tizimlilikning perspektiv refleksiya hamda mulohaza etukligining o‘tmish tajribasini qayta baholash bilan o‘zaro bog‘lanishi orqali xatoni o‘z vaqtida anglash, fikrlash jarayonini real vaqtda nazorat qilish, tajribadan asosli xulosa chiqarish, kelgusi qaror oqibatlarini oldindan baholash va noaniqlik sharoitida ehtiyotkor hukm shakllantirishga xizmat qiluvchi refleksiv-regulyativ resurslar empirik jihatdan aniqlanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-505-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-505a-son ma’lumotnomasi). Natijada tanqidiy fikrlashning vaziyatli, retrospektiv va perspektiv refleksiya bilan bog‘liq mexanizmlari asoslangan.