Amonova Sanobar Xamidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Talabalarda koping-strategiya shakllanishining psixologik xususiyatlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P848.
Ilmiy rahbar: Fayziev Zohiddin Hasanboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; G‘aybullaev A’zam Axadovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda koping-strategiya shakllanishining psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda uning o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda koping-strategiyalarning differensial namoyon bo‘lishi ijtimoiy-demografik va ta’limiy sharoitlar bilan bog‘liq ekanligiga asoslanib, qizlarda ijtimoiy yordam izlashning faolroq ifodalanishi, yuqori bosqich talabalarida muammoni hal qilishning kuchayib muammodan qochishning pasayishi, shahar muhitida faol muammo echishning nisbatan ustunligi hamda ijtimoiy yordamdan foydalanishning hududiy kommunikativ tajribaga ko‘ra farqlanishi aniqlangan;
muammoni hal qilish strategiyasining irodaviy matonat, vaziyatni engib o‘tish, oqilona harakat, rejalashtirish, modellashtirish, dasturlash, natijalarni baholash, hamkorlik va mas’uliyatlilik bilan musbat uyg‘unligi, ijtimoiy yordam izlashning madad istagi, hamkorlik, jipslilik, kirishuvchanlik va samimiylik bilan aloqadorligi hamda muammodan qochishning nazorat, mustaqillik va faol regulyasiya bilan teskari, chekinish xulqi bilan bir yo‘nalishda namoyon bo‘lishi empirik jihatdan dalillangan;
talabalarda koping-strategiya shakllanishini koping-strategik, irodaviy-emotsional, kognitiv-regulyativ, nizoli-kommunikativ va ijtimoiy-guruhiy bloklarning o‘zaro ta’siri orqali izohlovchi konseptual-psixologik model ishlab chiqilib, konstruktiv kopingning shaxsiy boshqaruv resurslari hamda qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy muhit bilan birgalikda shakllanishi asoslangan;
talabalarda konstruktiv kopingni rivojlantirish uchun muammoni konkretlashtirish, vaziyatni real baholash, muqobil echimlarni ishlab chiqish, yordamni maqsadli so‘rash, qaror oqibatlarini tahlil qilish va chekinuvchi reaksiyalarni bajarilishi mumkin bo‘lgan faol qadamlar bilan almashtirishga qaratilgan psixokorreksion dastur ishlab chiqilib, uning muammoni hal qilish, ijtimoiy yordam izlash, irodaviy matonat, vaziyatni engib o‘tish va oqilona harakatni kuchaytirishi hamda muammodan qochish va jur’atsizlikni kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda koping strategiya shakllanishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda koping-strategiyalarning differensial namoyon bo‘lishi ijtimoiy-demografik va ta’limiy sharoitlar bilan bog‘liq ekanligiga asoslanib, qizlarda ijtimoiy yordam izlashning faolroq ifodalanishi, yuqori bosqich talabalarida muammoni hal qilishning kuchayib, muammodan qochishning pasayishi, shahar muhitida faol muammo echishning nisbatan ustunligi hamda ijtimoiy yordamdan foydalanishning hududiy kommunikativ tajribaga ko‘ra farqlanishi aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-492-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-492a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda koping-strategiya shakllanishining ilmiy-nazariy asoslari, psixologik mazmuni va determinantlari tizimli tahlil qilingan;
muammoni hal qilish strategiyasining irodaviy matonat, vaziyatni engib o‘tish, oqilona harakat, rejalashtirish, modellashtirish, dasturlash, natijalarni baholash, hamkorlik va mas’uliyatlilik bilan musbat uyg‘unligi, ijtimoiy yordam izlashning madad istagi, hamkorlik, jipslilik, kirishuvchanlik va samimiylik bilan aloqadorligi hamda muammodan qochishning nazorat, mustaqillik va faol regulyasiya bilan teskari, chekinish xulqi bilan bir yo‘nalishda namoyon bo‘lishi empirik jihatdan dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-492-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-492a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda muammoni hal qilish, ijtimoiy yordam izlash va muammodan qochish strategiyalarining jins, ta’lim bosqichi, yashash muhiti hamda hududiy mansublik bo‘yicha qiyosiy-empirik xususiyatlari aniqlangan;
talabalarda koping-strategiya shakllanishini koping-strategik, irodaviy-emotsional, kognitiv-regulyativ, nizoli-kommunikativ va ijtimoiy-guruhiy bloklarning o‘zaro ta’siri orqali izohlovchi konseptual-psixologik model ishlab chiqilib, konstruktiv kopingning shaxsiy boshqaruv resurslari hamda qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy muhit bilan birgalikda shakllanishi asoslanganligiga oid ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-492-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-492a-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy koping-strategiyalarning engib o‘tuvchi xulq, o‘zini-o‘zi boshqarish, nizoli vaziyatlardagi xulq uslublari va guruhiy ijtimoiy-psixologik muhit ko‘rsatkichlari bilan korrelyasion aloqadorliklari ochib berilgan;
talabalarda konstruktiv kopingni rivojlantirish uchun muammoni konkretlashtirish, vaziyatni real baholash, muqobil echimlarni ishlab chiqish, yordamni maqsadli so‘rash, qaror oqibatlarini tahlil qilish va chekinuvchi reaksiyalarni bajarilishi mumkin bo‘lgan faol qadamlar bilan almashtirishga qaratilgan psixokorreksion dastur ishlab chiqilib, uning muammoni hal qilish, ijtimoiy yordam izlash, irodaviy matonat, vaziyatni engib o‘tish va oqilona harakatni kuchaytirishi hamda muammodan qochish va jur’atsizlikni kamaytirishi isbotlanganligiga oid ilmiy-amaliy natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-492-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-492a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda konstruktiv koping-strategiyalarni shakllantirishga qaratilgan psixokorreksion dastur ishlab chiqish, uni tajriba-sinovdan o‘tkazish va samaradorligini baholash asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.