Yo‘ldosheva Gulhayyo Valiqulovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim sharoitida oliy ta’lim tashkilotining akademik imidjini rivojlantirishning pedagodik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped8985.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Achilova Durdona Abduraxim qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim sharoitida oliy ta’lim tashkilotining akademik imidjini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim tashkiloti akademik imidjining pedagogik mohiyati va rivojlantiruvchi imkoniyatlari ta’lim sifati, raqamli-pedagogik savodxonlik, akademik halollik, pedagogik muloqot, institutsional ishonch va daxldorlikni yagona integrativ tuzilmaning tarkibiy omillari sifatida talqin etish, ularning elektron ta’lim muhiti va akademik faoliyatda namoyon bo‘lish mexanizmlarini tizimli, aksiologik, kompetensiyaviy va kommunikativ yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unligi negizida aniqlashtirilgan;
akademik imidjning shakllanganlik holatini pedagogik tashxislash mexanizmi aniqlashtirilgan mezonlarni kuzatiladigan indikatorlar bilan muvofiqlashtirish, so‘rovnoma, ekspert baholash, pedagogik kuzatuv, elektron resurslar ekspertizasini ko‘p manbali baholash, dinamik monitoring va ma’lumotlarga tayangan tahlil tamoyillariga raqamli izlar va manfaatdor tomonlar fikrlarini o‘zaro verifikatsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim tashkiloti akademik imidjini rivojlantirishning pedagogik modeli maqsadli, mazmuniy, jarayonli, baholash va natijaviy komponentlar o‘rtasidagi funksional aloqadorlikni sifatni ta’minlash, etik akademik xulq, raqamli hamkorlik, ochiq kommunikatsiya va reputatsion barqarorlik jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, refleksiv monitoring, qayta aloqa va adaptiv boshqaruv mexanizmlarini ekotizimli va manfaatdor tomonlarga yo‘naltirilgan yondashuvlarni yagona pedagogik siklga birlashtirish asosida takomillashtirilgan;
akademik imidjni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minot raqamli-pedagogik treninglar, akademik etikaga oid keyslar, loyihaviy va refleksiv topshiriqlar, professional kommunikatsiya mashqlari, elektron portfolio, o‘quv analitikasi, tengdoshlararo qayta aloqa va mikroo‘qitish texnologiyalarini faoliyatlilik, refleksivlik, ochiqlik, hamkorlik va uzluksiz tamoyillariga bosqichli metodik dizaynga integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim sharoitida oliy ta’lim tashkilotining akademik imidjini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tashkiloti akademik imidjining pedagogik mohiyati va rivojlantiruvchi imkoniyatlari ta’lim sifati, raqamli-pedagogik savodxonlik, akademik halollik, pedagogik muloqot, institutsional ishonch va daxldorlikni yagona integrativ tuzilmaning tarkibiy omillari sifatida talqin etish, ularning elektron ta’lim muhiti va akademik faoliyatda namoyon bo‘lish mexanizmlarini tizimli, aksiologik, kompetensiyaviy va kommunikativ yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unligi negizida aniqlashtirishga oid taklifllari Erasmus+ KA171 (2025–2027) xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (Navoiy davlat universitetining 2026-yil 26-iyundagi 88-87-4934/06-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotining akademik imidjini real ta’lim natijalari, raqamli-pedagogik faoliyat sifati va akademik qadriyatlarga rioya etish holati bilan bog‘liq holda baholash imkoniyati kengaytirilgan;
akademik imidjning shakllanganlik holatini pedagogik tashxislash mexanizmi aniqlashtirilgan mezonlarni kuzatiladigan indikatorlar bilan muvofiqlashtirish, so‘rovnoma, ekspert baholash, pedagogik kuzatuv, elektron resurslar ekspertizasini ko‘p manbali baholash, dinamik monitoring va ma’lumotlarga tayangan tahlil tamoyillariga raqamli izlar va manfaatdor tomonlar fikrlarini o‘zaro verifikatsiyalash asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-martdagi № 8873-5769-bba4-065f-ab27-6527-5349 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli vositalardan pedagogik maqsadga muvofiq foydalanish, akademik me’yorlarga rioya etish, muloqot ochiqligi, institutsional ishonch va akademik daxldorlikni kompleks baholashga doir metodik mazmun boyitilgan;
oliy ta’lim tashkiloti akademik imidjini rivojlantirishning pedagogik modeli maqsadli, mazmuniy, jarayonli, baholash va natijaviy komponentlar o‘rtasidagi funksional aloqadorlikni sifatni ta’minlash, etik akademik xulq, raqamli hamkorlik, ochiq kommunikatsiya va reputatsion barqarorlik jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, refleksiv monitoring, qayta aloqa va adaptiv boshqaruv mexanizmlarini ekotizimli va manfaatdor tomonlarga yo‘naltirilgan yondashuvlarni yagona pedagogik siklga birlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom yangi kun”, “Diyor 24”, “Imkoniyat” va “Najot bilimda” ko‘rsatuvlarini tayyorlash jarayoniga joriy etilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2026-yil 25-iyundagi 09-01/27-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limning ijobiy imidjini targ‘ib etish va ta’lim sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish samaradorligi oshirilgan;
akademik imidjni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minot raqamli-pedagogik treninglar, akademik etikaga oid keyslar, loyihaviy va refleksiv topshiriqlar, professional kommunikatsiya mashqlari, elektron portfolio, o‘quv analitikasi, tengdoshlararo qayta aloqa va mikroo‘qitish texnologiyalarini faoliyatlilik, refleksivlik, ochiqlik, hamkorlik va uzluksiz tamoyillariga bosqichli metodik dizaynga integratsiyalashga oid taklif va tavsiyalar “Innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-martdagi № 8873-5769-bba4-065f-ab27-6527-5349 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning akademik halollik, raqamli-pedagogik kompetentlik, refleksiv faoliyat va institutsional mas’uliyatga oid bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik ta’minot takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish