Muxiddinova Nilufar Baxodirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy kompetntligini rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4006.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy kompetentligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish jarayonining tuzilmasi va tarkibiy komponentlari kasbiy faoliyatga ta’sir etuvchi obektiv omillarni ta’lim mazmuni, pedagogik vaziyat va faoliyat talablari bilan, subektiv omillarni esa motivatsiya, mustaqillik, refleksiya va kasbiy tajriba bilan funksional bog‘lash orqali, ularning o‘zaro ta’siri va rivojlanish dinamikasini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish mazmuni “Qiziqarli pedagogika” konsepsiyasining faollik, qiziqish, mustaqil izlanish va amaliy tajribaga yo‘naltirilgan tamoyillarini o‘quv materiallari mazmuniga integratsiyalash, topshiriqlarning reproduktiv darajadan konstruktiv-adaptiv faoliyatga bosqichma-bosqich o‘tishini ta’minlash vositasida, kredit-modul tizimining individuallashtirish va mustaqil ta’lim tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish konseptual modelining tashkiliy-pedagogik komponenti bilish faoliyatining murakkablashuvi bilan amaliy tajribani refleksiv qayta ishlash jarayonini uyg‘unlashtirish orqali, Bloom taksonomiyasi, portfolio, mind va concept mapping, pedagogik simulyasiya, kvest-ssenariy, o‘z-o‘zini baholash va qayta aloqa vositalarini integratsiyalovchi didaktik kompleks asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari raqamli ta’lim muhiti, mustaqil ta’lim, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv vazifalari va refleksiv baholashning o‘zaro uzviyligini ta’minlash orqali, vazifalarni diagnostik, loyihaviy, amaliy va refleksiv bosqichlarda tashkil etuvchi didaktik algoritm vositasida, pedagogik fanlarning kompetensiyaviy, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan konseptual asoslariga muvofiq takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish jarayonining tuzilmasi va tarkibiy komponentlari kasbiy faoliyatga ta’sir etuvchi obektiv omillarni ta’lim mazmuni, pedagogik vaziyat va faoliyat talablari bilan, subektiv omillarni esa motivatsiya, mustaqillik, refleksiya va kasbiy tajriba bilan funksional bog‘lash orqali, ularning o‘zaro ta’siri va rivojlanish dinamikasini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha Tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tarbiyaviy ishlar texnologiyalari” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 55179-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida amaliy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan. Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida amaliy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish mazmuni “Qiziqarli pedagogika” konsepsiyasining faollik, qiziqish, mustaqil izlanish va amaliy tajribaga yo‘naltirilgan tamoyillarini o‘quv materiallari mazmuniga integratsiyalash, topshiriqlarning reproduktiv darajadan konstruktiv-adaptiv faoliyatga bosqichma-bosqich o‘tishini ta’minlash vositasida, kredit-modul tizimining individuallashtirish va mustaqil ta’lim tamoyillari asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha Tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 6-yanvardagi 7925-2669-5d04-3498-2fb4-3376-4875-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv materiallari va topshiriqlarini konstruktiv-adaptivlik tamoyili asosida loyihalash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kredit-modul tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish konseptual modelining tashkiliy-pedagogik komponenti bilish faoliyatining murakkablashuvi bilan amaliy tajribani refleksiv qayta ishlash jarayonini uyg‘unlashtirish orqali, Bloom taksonomiyasi, portfolio, mind va concept mapping, pedagogik simulyasiya, kvest-ssenariy, o‘z-o‘zini baholash va qayta aloqa vositalarini integratsiyalovchi didaktik kompleks asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha Tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tarbiyaviy ishlar texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 4577-0369-4a72-fa20-9990-6570-2082-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish, amaliy topshiriqlarni bajarish, baholash va refleksiya jarayonlarini raqamli muhitda samarali amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari raqamli ta’lim muhiti, mustaqil ta’lim, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv vazifalari va refleksiv baholashning o‘zaro uzviyligini ta’minlash orqali, vazifalarni diagnostik, loyihaviy, amaliy va refleksiv bosqichlarda tashkil etuvchi didaktik algoritm vositasida, pedagogik fanlarning kompetensiyaviy, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan konseptual asoslariga muvofiq takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar oliy ta’lim muaassasalarining o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 4-fevraldagi 02/01-01-57-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minot mazmuni, amaliyotga yo‘naltirilgan topshiriqlar, indikatorlarga asoslangan baholash mezonlari hamda “ma’lumot–topshiriq–baholash–refleksiya” integratsiyasiga asoslangan metodik tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish