Nazirova Sadoqat Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Psixonevrologik kasallangan bemor bolalarda ko‘ruv a’zosining o‘zgarishlarini kompleks davolashning klinik-funksional baholash» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5443.
Ilmiy rahbar: Karimova Muyassar Xamitovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shusterov Yuriy Arkad`evich tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda refraksion ambliopiyani tashxislash va davolash natijalarini ko‘ruv buzilishlarining klinik-funksional xususiyatlarini o‘rganish hamda binokulyar raqamli stimulyasiyadan foydalangan holda apparat korreksiyasining kompleks usulini ishlab chiqish asosida yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda refraksion ambliopiya og‘irligi va optik kogerent tomografiya (OKT) ma’lumotlariga ko‘ra to‘r parda nerv tolalari qatlami hamda ganglioz hujayralar qatlami qalinligining pasayishi, shuningdek elektroretinografiya (ERG) parametrlarining elektrofiziologik o‘zgarishlarida namoyon bo‘luvchi to‘r pardaning struktur-funksional o‘zgarishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan;
bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda ko‘rish funksiyalarining buzilishi kaskadli mexanizm asosida shakllanishi, bu mexanizm ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, fiksatsiyaning buzilishi va keyinchalik ko‘ruv xulq-atvorining yomonlashuvi o‘rtasidagi izchil o‘zaro bog‘liqlikni qamrab olishi, bunda mazkur o‘zgarishlarning ifodalanish darajasi GMFCS tizimi bo‘yicha harakat defisiti darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
ko‘rish funksiyalari, ko‘ruv xulq-atvori ko‘rsatkichlari hamda OKT va ERG parametrlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar asosida bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda ko‘rish buzilishlarining yashirin neyrosensor komponentining ob’ektiv belgilari mavjudligi isbotlangan;
bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda refraksion ambliopiyani davolash uchun ambliopik ko‘zni bir vaqtning o‘zida faollashtirish va binokulyar o‘zaro ta’sirni saqlab qolishni ta’minlaydigan, davolash samaradorligi hamda bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan kompleks apparat binokulyar dixoptik usul ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar serebral falaji (BSF) bo‘lgan bolalarda refraksion ambliopiya komlpeks apprat usulini samaradorligini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etilganligi bo‘yicha bergan 2026 yil 28 sentyabrdagi X172-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor BSF bo‘lgan bolalarda refraksion ambliopiya og‘irligi va OKT ma’lumotlariga ko‘ra to‘r parda nerv tolalari qatlami hamda ganglioz hujayralar qatlami qalinligining pasayishi, shuningdek ERG parametrlarining elektrofiziologik o‘zgarishlarida namoyon bo‘luvchi to‘r pardaning struktur-funksional o‘zgarishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan. Mazkur ilmiy yangilik «Bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda ambliopiyani apparat korreksiya qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, tavsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashining 2026 yil 29 yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va U.K. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: BSF bo‘lgan bolalarda refraksion ambliopiyani tashxislashga kompleks struktur-funksional yondashuvni joriy etish neyrosensor buzilishlarni erta aniqlash aniqligini oshirish, davolash natijalari va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks tashxislash va patogenetik asoslangan davolash yondashuvidan foydalanish samarasiz terapiya davomiyligi va hajmini qisqartirib, bir davolash kursi uchun 350000 dan 1800000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: BSF bo‘lgan bolalarda refraksion ambliopiyaning neyrosensor xususiyatini aniqlash tashxislash va davolash samaradorligini oshirish, funksional ko‘rish ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda bemorlar reabilitatsiyasini optimallashtirish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: BSF bo‘lgan bolalarda ko‘rish funksiyalarining buzilishi kaskadli mexanizm asosida shakllanishi, bu mexanizm ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, fiksatsiyaning buzilishi va keyinchalik ko‘ruv xulq-atvorining yomonlashuvi o‘rtasidagi izchil o‘zaro bog‘liqlikni qamrab olishi, bunda mazkur o‘zgarishlarning ifodalanish darajasi GMFCS tizimi bo‘yicha harakat defisiti darajasiga bog‘liqligi isbotlangan. Mazkur ilmiy yangilik «Bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda ambliopiyani apparat korreksiya qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, tavsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashining 2026 yil 29 yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va U.K. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘rish funksiyalari, fiksatsiya va ko‘ruv xulq-atvorini GMFCS tizimi bo‘yicha harakat defisiti darajasini hisobga olgan holda kompleks baholashni joriy etish ko‘rish buzilishlarini erta tashxislash samaradorligini oshirish va BSF bo‘lgan bolalarda reabilitatsiya chora-tadbirlarini optimallashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘rish buzilishlarini baholashda kompleks klinik-funksional yondashuvdan foydalanish asossiz tashxisiy va reabilitatsiya tadbirlari hajmini qisqartirib, bir tekshiruv va davolash kursi uchun 280000 dan 1500000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: BSF bo‘lgan bolalarda ko‘rish buzilishlari shakllanishining kaskadli mexanizmini aniqlash funksional tashxislash aniqligini oshirish, kompleks reabilitatsiya natijalarini yaxshilash va bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirish imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘rish funksiyalari, ko‘ruv xulq-atvori ko‘rsatkichlari hamda OKT va ERG parametrlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar asosida BSF bo‘lgan bolalarda ko‘rish buzilishlarining yashirin neyrosensor komponentining ob’ektiv belgilari mavjudligi isbotlangan. Mazkur ilmiy yangilik «Bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda ambliopiyani apparat korreksiya qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, tavsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashining 2026 yil 29 yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va U.K. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘ruv funksiyalarini baholashning moslashtirilgan usullari va OKT hamda ERGdan foydalangan holda instrumental tashxislashni joriy etish yashirin neyrosensor buzilishlarni aniqlash aniqligini oshirish va BSF bo‘lgan bolalarda tashxislash sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks tashxisiy algoritmdan foydalanish takroriy tekshiruvlar va samarasiz davolash tadbirlari hajmini qisqartirib, bir bemor uchun 320000 dan 1650000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: BSF bo‘lgan bolalarni tekshirish algoritmiga ko‘ruv funksiyalarini baholashning moslashtirilgan usullari, OKT va ERGni kiritish tashxisiy axborotlilikni oshirish va bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: BSF bo‘lgan bolalarda refraksion ambliopiyani davolash uchun ambliopik ko‘zni bir vaqtning o‘zida faollashtirish va binokulyar o‘zaro ta’sirni saqlab qolishni ta’minlaydigan, davolash samaradorligi hamda bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan kompleks apparat binokulyar dixoptik usul ishlab chiqilgan. Mazkur ilmiy yangilik «Bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda ambliopiyani apparat korreksiya qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, tavsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kengashining 2026 yil 29 yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va U.K. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar psixonevrologiya shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: binokulyar dixoptik raqamli davolash usulini joriy etish refraksion ambliopiyani davolash samaradorligini oshirish, BSF bo‘lgan bolalarda binokulyar ko‘rish va hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usuldan foydalanish an’anaviy apparat davolash davomiyligini qisqartirish va terapiyaning takroriy kurslariga ehtiyojni kamaytirish orqali bir davolash kursi uchun 400000 dan 2000000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: binokulyar dixoptik raqamli davolash usulini ishlab chiqish va joriy etish refraksion ambliopiyani davolash samaradorligini oshirish, BSF bo‘lgan bolalarning funksional va ijtimoiy moslashuvini yaxshilash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish