Vaxidov O‘tkir Hakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shoshilinch torakotomiyadan keyingi plevral asoratlarni oldini olish taktikasini takomillashtirish»; 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Tib6941.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbaniyazov Zafarjon Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urgent torakotomiyadan keyingi bemorlarda plevral asoratlar chastotasini kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali operatsiyadan keyingi davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urgent torakotomiyani boshdan kechirgan bemorlarda plevral asoratlar rivojlanishini prognozlashda erta klinik-laborator belgilar majmuasining (SpO2 < 92%, tana harorati > 38°S, leykotsitoz > 12×109/l, sutkalik plevral ajralma hajmi > 300 ml, yosh ≥ 60 yosh) yuqori bashoratlovchi ahamiyati aniqlangan;
operatsiyadan keyingi asoratlangan kechish xavfini erta muddatlarda ob’ektiv stratifikatsiya qilish imkonini beruvchi «ShPOT» ball shkalasi ishlab chiqilib, uning xavf darajalarini aniqlashda yukori imkoniyatga ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor plevra bo‘shlig‘ini bir kirish yo‘li orqali ikki satxni drenajlashning anatomik jihatdan asoslangan usuli taklif etilib, ushbu usul murakkab anatomik sohalarga (bo‘laklararo yoriqlar, subplevral cho‘ntaklar) maqsadli drenaj o‘rnatish orqali sanatsiya to‘liqligini oshirish va qoldiq to‘planishlar chastotasini kamaytirish imkonini berishi isbotlangan;
urgent torakotomiyadan keyingi bemorlarni operatsiyadan so‘ngi davrda yuritish algoritmi ishlab chiqilib, uni qo‘llash plevral asoratlar chastotasi 3,6 martaga, takroriy aralashuvlar sonini 2,5 martaga, letallikni 5 marotobagacha ishonchli kamaytirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiklashtiruvchi kengashning dissertatsiya natijalarini soglikni saklash amaliyotiga tadbik etilgani buyicha 2026 yil 14 avgustdagi X60-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: urgent torakotomiyani boshdan kechirgan bemorlarda plevral asoratlar rivojlanishini prognozlashda erta klinik-laborator belgilar majmuasining (SpO2 < 92%, tana harorati > 38°S, leykotsitoz > 12×109/l, sutkalik plevral ajralma hajmi > 300 ml, yosh ≥ 60 yosh) yuqori bashoratlovchi ahamiyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: plevra bo‘shlig‘ini drenajlashning yangi usuli (patent UZ FAP 2441) amaliyotga joriy etilgan, mazkur usul yagona kirish orqali ikki sathli sanatsiyaga erishish, takroriy aralashuvlar sonini qisqartirish va drenajlash davomiyligini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yodam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (23.12.2025 y.; 422-son) hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.05.2026 y.; 718-2-42-TB/2026-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilayotgan davolash-profilaktika usuli urgent torakotomiyani boshdan kechirgan bemorlarning klinik holatiga, jismoniy faollikka chidamliligiga va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: urgent torakotomiya o‘tkazilgan bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda boshqarish algoritmining qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilaydi va ushbu toifadagi har bir bemor uchun 977490 so‘m miqdorida mablag‘ tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: urgent torakotomiyadan keyin bemorlarni yuritishning an’anaviy yondashuvi plevral asoratlar (79,2%), takroriy aralashuvlar (25%) va letallikning (10,4%) yuqori chastotasi bilan kechadi, ayniqsa gospitalizatsiya vaqtida dastlabki intra-plevral qon ketishi mavjud bo‘lgan bemorlarda. Ushbu kichik guruhda qotib qolgan gemotoraks, plevra empiemasi, residivlanuvchi pnevmotoraks, plevra bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish qiyinligi va kech faollashtirish ishonchli ravishda ko‘proq kuzatilgan. Olingan ma’lumotlar plevra bo‘shlig‘ini drenajlashning an’anaviy taktikasi va operatsiyadan keyingi yuritish taktikasi etarli emasligini ko‘rsatadi hamda uni takomillashtirish zarurligini asoslaydi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi asoratlangan kechish xavfini erta muddatlarda ob’ektiv stratifikatsiya qilish imkonini beruvchi «ShPOT» ball shkalasi ishlab chiqilib, uning xavf darajalarini aniqlashda yukori imkoniyatga ega ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: asoratlangan kechish xavfini erta baholash, nazorat, sanatsiya va drenajlarni olib tashlashga ko‘rsatmalarni formallashtirish imkonini beruvchi «ShPOT» prognozik shkalasi klinik amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yodam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (23.12.2025 y.; 422-son) hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.05.2026 y.; 718-2-42-TB/2026-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilayotgan davolash-profilaktika usuli urgent torakotomiyani boshdan kechirgan bemorlarning klinik holatiga, jismoniy faollikka chidamliligiga va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: urgent torakotomiya o‘tkazilgan bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda boshqarish algoritmining qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilaydi va ushbu toifadagi har bir bemor uchun 977490 so‘m miqdorida mablag‘ tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: asosiy drenaj lyumeni orqali ikkinchi drenajni maqsadli o‘rnatishga asoslangan ishlab chiqilgan plevra bo‘shlig‘ini drenajlash usuli minimal invazivlik sharoitida qiyin etiladigan anatomik zonalarni to‘liq sanatsiya qilishni ta’minlaydi. Taklif etilgan usul yuqori klinik samaradorlikni namoyon etdi va urgent torakotomiyadan keyingi bemorlarni yuritishda kompleks profilaktik yondashuvni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor plevra bo‘shlig‘ini bir kirish yo‘li orqali ikki satxni drenajlashning anatomik jihatdan asoslangan usuli taklif etilib, ushbu usul murakkab anatomik sohalarga (bo‘laklararo yoriqlar, subplevral cho‘ntaklar) maqsadli drenaj o‘rnatish orqali sanatsiya to‘liqligini oshirish va qoldiq to‘planishlar chastotasini kamaytirish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: xavf darajasiga qarab davolash taktikasini individuallashtirish imkonini beruvchi operatsiyadan keyingi kuzatuv algoritmi amaliyotga tatbiq etilgan, bu esa asoratlar, takroriy aralashuvlar, gospitalizatsiya muddati va letallikni kamaytirishga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yodam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (23.12.2025 y.; 422-son) hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.05.2026 y.; 718-2-42-TB/2026-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilayotgan davolash-profilaktika usuli urgent torakotomiyani boshdan kechirgan bemorlarning klinik holatiga, jismoniy faollikka chidamliligiga va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: urgent torakotomiya o‘tkazilgan bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda boshqarish algoritmining qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilaydi va ushbu toifadagi har bir bemor uchun 977490 so‘m miqdorida mablag‘ tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: urgent torakotomiyadan keyin plevral asoratlarning rivojlanishi qator klinik-laborator belgilar bilan ishonchli bog‘liq ekani aniqlandi: saturatsiyaning 92%dan past bo‘lishi, febril haroratning 38,0°Sdan yuqori bo‘lishi, plevral ajralma hajmining 300 ml/sutkadan ortiq bo‘lishi, leykotsitozning 12×109/l dan yuqori bo‘lishi va bemor yoshining 60 yosh va undan katta bo‘lishi. Ushbu ko‘rsatkichlar yig‘indisi asosida asoratlangan kechish xavfini stratifikatsiya qilishga mo‘ljallangan balli shkala (AUC=0,842) shakllantirildi va u operatsiyadan keyingi yuritishning tuzilmalashtirilgan algoritmini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. Algoritm bemor holatini 1–2-sutkadan boshlab bosqichma-bosqich baholashni, past xavfda erta faollashtirish va drenajlarni olib tashlashni, o‘rtacha xavfda individuallashtirilgan kuzatuv va kechiktirilgan drenaj taktikasini, yuqori xavfda esa faol monitoring, sanatsion aralashuvlar va respirator qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: urgent torakotomiyadan keyingi bemorlarni operatsiyadan so‘ngi davrda yuritish algoritmi ishlab chiqilib, uni qo‘llash plevral asoratlar chastotasi 3,6 martaga, takroriy aralashuvlar sonini 2,5 martaga, letallikni 5 marotobagacha ishonchli kamaytirish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: urgent torakal patologiyasi bo‘lgan bemorlarni yuritish bo‘yicha tuzilmalashtirilgan klinik qarorlar tizimi yaratilgan, bu esa davolash taktikasini standartlashtirish, ayniqsa keksa va qari yoshdagi bemorlarda uning xavfsizligi va takrorlanuvchanligini oshirishni ta’minlagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yodam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (23.12.2025 y.; 422-son) hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.05.2026 y.; 718-2-42-TB/2026-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilayotgan davolash-profilaktika usuli urgent torakotomiyani boshdan kechirgan bemorlarning klinik holatiga, jismoniy faollikka chidamliligiga va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: urgent torakotomiya o‘tkazilgan bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda boshqarish algoritmining qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilaydi va ushbu toifadagi har bir bemor uchun 977490 so‘m miqdorida mablag‘ tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: qiyosiy baholash shuni ko‘rsatdiki, plevra bo‘shlig‘ini maqsadli drenajlash va operatsiyadan keyingi yuritish algoritmini o‘z ichiga olgan profilaktik taktikani qo‘llash plevral asoratlar chastotasini 3,6 martaga, takroriy aralashuvlar sonini 2,5 martaga, letallikni 5 martaga ishonchli kamaytirish imkonini berdi. Shuningdek, drenajlash davomiyligi 5,6±1,7 sutkadan 4,1±1,3 sutkagacha, gospitalizatsiya davomiyligi 14,5±4,3 sutkadan 10,6±2,7 sutkagacha (1,4 marta), bemorlarni vertikalizatsiya qilish muddati esa 3,9±1,1 sutkadan 2,6±0,8 sutkagacha (1,5 marta) qisqardi. Bu natijalar asosiy guruhdagi bemorlarning dastlabki klinik profili og‘irroq