Safarov Shoxrux Sattor o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishni pedagogik modellashtirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12498.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04.
Ilmiy rahbar: Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Chorshanbiev Zafar Esanpulatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ravshanova Muhayyo Maxmanazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishning innovatsion pedagogik modellarini ishlab chiqish orqali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim siftini oshirishga doir zamonaviy tendensiyalar ta’lim natijadorligini ta’minlashga qaratilgan talabaga o‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuv, raqamli transformatsiya, mehnat bozori talablari bilan integratsiya, dalillarga asoslangan ichki sifat monitoringi mezonlari asosida aniqlashtirilgan;
ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar mehnat faoliyatini modernizatsiyalash va bitiruvchilar intellektual qobiliyatini boshqarishga yo‘naltirilgan model professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi, raqamli pedagogik faoliyati va innovatsion faolligini ta’minlash, ta’lim sifatini monitoring qilishga doir funksional integrativ jarayonni “diagnostika, loyihalash, amalga oshirish, monitoring, korreksiya va qayta aloqa mexanizmlari”dan iborat algoritm asosida loyihalashtirish orqali takomillashtirilgan;
OTMda ta’lim sifatini ta’minlashning strukturaviy va besh bosqichli modellari ta’lim sifatini boshqarishning maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-faoliyatli, diagnostik-monitoring, natijaviy komponentlarini o‘zaro integratsiyalash, ta’lim sifatini belgilash indikatorlarini o‘zaro integratsiyalash, ta’lim subektlari faoliyatining funksional kollobaratsiyasini kuchaytirish mexanizmlari orqali strukturaviy jihatdan takomillashtirilgan;
OTMda ta’lim sifatini oshirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ta’lim sifatini boshqarish subektlarining funksional vakolatlarini aniqlashtirish, ta’lim subektlariaro kollobaratsiyani institusionnalshtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish, ta’lim mazmunini loyihalash, monitoring natijalarini korreksion boshqarish mexaizslarini o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishni pedagogik modellashtirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim siftini oshirishga doir zamonaviy tendensiyalar ta’lim natijadorligini ta’minlashga qaratilgan talabaga o‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuv, raqamli transformatsiya, mehnat bozori talablari bilan integratsiya, dalillarga asoslangan ichki sifat monitoringi mezonlari asosida aniqlashtirilganligiga doir ma’lumotlardan “Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 15 yanvardagi 02-01-01-10-son ma’lumotnomasi; QarDU rektorining 2025 yil 24 dekabrdagi 292-I-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 292-I 33-son nashr guvohnoma; QarDU rektorining 2026 yil 5-yanvardagi 04/29-son ma’lumotnomasi;). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchining mehnat faoliyati professionallik malakalarini mukammallashtirish hamda OTM ta’lim sifatini oshirishni samarali boshqarish, baholash va reyting ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan.
ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar mehnat faoliyatini modernizatsiyalash va bitiruvchilar intellektual qobiliyatini boshqarishga yo‘naltirilgan model professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi, raqamli pedagogik faoliyati va innovatsion faolligini ta’minlash, ta’lim sifatini monitoring qilishga doir funksional integrativ jarayonni “diagnostika, loyihalash, amalga oshirish, monitoring, korreksiya va qayta aloqa mexanizmlari”dan iborat algoritm asosida loyihalashtirish orqali takomillashtirilganligiga doir xulosalar hamda OTMda ta’lim sifatini ta’minlashning strukturaviy va besh bosqichli modellari ta’lim sifatini boshqarishning maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-faoliyatli, diagnostik-monitoring, natijaviy komponentlarini o‘zaro integratsiyalash, ta’lim sifatini belgilash indikatorlarini o‘zaro integratsiyalash, ta’lim subektlari faoliyatining funksional kollobaratsiyasini kuchaytirish mexanizmlari orqali strukturaviy jihatdan takomillashtirilganligiga doir tajribalardan AIF-2/17-son “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” nomli amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 15 yanvardagi 02-01-01-10-son; Qarshi davlat universitetining 2025 yil 25 dekabrdagi 03/1318-son ma’lumotnomalari). Natijada, mazkur model ta’limning innovatsion zamonaviy texnologiyalarini joriy etish hamda bosqichma-bosqich ta’lim sifatini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va baholash asosida ta’lim sifatini boshqarish imkonini yaratgan;
OTMda ta’lim sifatini oshirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ta’lim sifatini boshqarish subektlarining funksional vakolatlarini aniqlashtirish, ta’lim subektlariaro kollobaratsiyani institusionnalshtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish, ta’lim mazmunini loyihalash, monitoring natijalarini korreksion boshqarish mexaizslarini o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy telaradiokompaniyasi “Qashqadaryo” viloyat televideniesining 2022-2025 yillarda efirga uzatilgan bir nechta sonlari, senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 15-yanvardagi 02-01-01-10-son; O‘zbekiston Milliy telaradiokompaniyasi “Qashqadaryo” viloyat teleradiokanalining 2025 yil 18 dekabrdagi 17-05/192-son ma’lumotnomalari). Natijada, OTMlarda ta’lim sifatini ta’minlashga doir pedagogik mexanizmlarning amaliy faoliyatda foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.