Xomidchonova ShahzodaXasanzodaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Stress sharoitida to‘g‘ri ichakning morfofunksional o‘zgarishlari (eksperimental tatqiqot)”, 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B1407.
Ilmiy rahbar: Karimov Valijon Axmadjonovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD03/2025.27.12.B.22.05.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov Nozimjon Numonjonovich, biologiya fanlari doktori; Mamajonov Muxtorjon Muradulaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tajribada immobilizatsion stressdan keyin to‘g‘ri ichakdagi morfofunksional o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan buzilishlarni bartaraf etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
surunkali immobilizatsiya stressi dengiz cho‘chqalarida to‘qimalarning oksidativ holati, mikrobiotsenozi, motor-evakuator funksiyasi va ichak devori morfologiyasini qamrab oluvchi to‘g‘ri ichakning o‘zaro bog‘liq morfofunksional buzilishlari majmuasini keltirib chiqarishi aniqlangan;
to‘g‘ri ichakning stress ta’siridagi shikastlanishining yetakchi bo‘g‘ini fermentativ antioksidant himoyaning dekompensatsiyasi ekanligi, ichak to‘sig‘ining eng zaif tarkibiy qismi esa asosan qadahsimon hujayralarning kamayishi bilan kechuvchi shilliq qavatning sekretor apparati ekanligi aniqlangan;
tizimli stress-reaksiyasi va ichak distal qismining disbiozi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslab berildi, bu obligat simbiontlarning susayishi va potensial patogen mikrofloraning ko‘payishi isbotlangan;
stressdan so‘ng yapon soforasi ekstraktini kurs shaklida intragastral yuborish korreksiyalovchi ta’sir ko‘rsatib, fermentativ antioksidant himoya va to‘g‘ri ichak shilliq qavatining morfologik yaxlitligini tiklashga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eksperimental stress sharoitida to‘g‘ri ichakning morfofunksional o‘zgarishlari va ularni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
stress sharoitida to‘g‘ri ichakning morfofunksional o‘zgarishlari, ularning fiziologik mexanizmlari va eksperimental baholash usullariga oid ilmiy natijalardan 60910200 — Davolash ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan «Ovqat hazm qilish fiziologiyasi (to‘g‘ri ichak misolida)» nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 25-apreldagi 5863-3069-ec64-1b5e-26a8-8392-8656-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ovqat hazm qilish fiziologiyasi va stress ta’sirida yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlarga oid o‘quv-uslubiy materiallar boyitilgan;
to‘g‘ri ichakning stress ta’siridagi morfologik va funksional o‘zgarishlarini baholashga oid ilmiy natijalar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 31-yanvardagi 01-02/u-t-x-38-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Stress sharoitida a’zolarni to‘g‘ri ichak misolida morfofunksional baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan hamda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2025-yil 7-fevraldagi 46-sonli, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasining 2025-yil 18-fevraldagi 13-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025-yil 28-yanvardagi 31-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025-yil 22-sentyabrdagi 25-sonli xulosasi). Natijada, stress sharoitida to‘g‘ri ichakning morfofunksional holatini kompleks baholash va diagnostik yondashuvlarni takomillashtirish uchun uslubiy asos yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish