Palvanova Sevara Atabekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xomiladorlik davrida COVID 19 o‘tkazgan ayollarda xomila exokardiografiyasini roli» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3.PhD/Tib3862.
Ilmiy rahbar: Karimov Axmadjon Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm viloyati Perinatal markazi, Neo Med Cardio klinikasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.15.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalaik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Baxodir Bobirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Normurodova Nodira Murodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlikning II va III trimestrlarida COVID-19 infeksiyasini asimptomatik yoki engil klinik shaklda o‘tkazgan homilador ayollar homilalarida perinatal yurak o‘zgarishlari xavfini erta aniqlashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, homilaning yurak-qon tomir tizimi faoliyatini exokardiografik baholash orqali mazkur xavfni barvaqt tashxislash hamda zarurat bo‘lgan hollarda o‘z vaqtida diagnostik va davolash chora-tadbirlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homila dopplerografiyasi va exokardiografiyasini natijalariga ko‘ra, agar Covid-19 bilan kasallangan homilador ayolda bachadon - platsenta -homila tizimida qon aylanishning buzilishi bo‘lsa, bu platsenta disfunksiyasiga olib kelishi aniqlangan;
prenatal davrda ultratovush uskunasi M-rejimidan foydalanib xomila aritmiyalari turlari aniqlanib to‘g‘ri aniq tashxis ko‘yish va dinamikada kuzatish imkoni borligi aniqlangan;
zamonaviy ultratovush texnologiyalarini qo‘llash yordamida homilaning yurak kameralarining o‘lchamlari, miokard ishchanlik kuchi, qorinchalar devorlari kontraktilligi, qalinligini baholash metodologiyasi takomillashtirilgan;
magistral tomirlar xisoblangan Aorta qismlarini o‘lchamini olish va qon oqim tezliklarini, o‘pka arteriyasi, uch tavaqali va ikki tavaqali klapanlar chiqish qismida qon oqim tezliklari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilada yurak-qon tomir tizimidagi funksional o‘zgarishlarning xomila exo-dopplerografiyasi diagnostikasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Birinchi ilmiy yangilik: homila dopplerografiyasi va exokardiografiyasini natijalariga ko‘ra, agar Covid-19 bilan kasallangan homilador ayolda bachadon - platsenta -homila tizimida qon aylanishning buzilishi bo‘lsa, bu platsenta disfunksiyasiga olib kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: homiladorlik davomida Covid-19 infeksiyasini boshidan o‘tkazgan ayollarda platsentar disfunksiyani barvaqt aniqlash, exokardiografiya va doppler usullari orqali monitoring qilish orqali perinatal asoratlarni kamaytirish va homila rivojlanishining individual nazoratini ta’minlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasidagi amaliyotga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi akusherlik va ginekologiya kafedrasi, Toshkent shahar perinatal markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatiga joriy etildi. Ushbu algoritm asosida homilador ayollarni dinamik nazorat qilish va asoratlarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: homiladorlik paytida qon aylanishdagi patologiyalarni erta aniqlash orqali yotoq rejimli nazoratni vaqtida tashkil qilish xamda kesar kesimi ehtiyojini kamaytirish va neonatal reanimatsiya holatlarini bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida ona va bola sog‘lig‘ini yaxshilashga hizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: homiladorlikda asoratlarni erta aniqlash va ularning oldini olish orqali kesar kesimi darajasini 15% dan 5% gacha kamaytirish, shuningdek, neonatal intensiv terapiya ehtiyojini kamaytirish hisobiga har bir bemorga taxminan 1200000 so‘mgacha tibbiy xarajatlarni tejash imkoni yaratildi. Xulosa: Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Covid-19 infeksiyasini o‘tkazgan homilador ayollarda qon aylanish tizimini exokardiografiya va doplerografiya asosida baholash orqali platsenta disfunksiyasi va unga bog‘liq asoratlarni erta aniqlash mumkin. Bu esa modifikatsiyalangan individual monitoring algoritmlarini amaliyotga joriy qilish samaradorligini tasdiqlaydi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: prenatal davrda ultratovush uskunasi M-rejimidan foydalanib xomila aritmiyalari turlari aniqlanib to‘g‘ri aniq tashxis ko‘yish va dinamikada kuzatish imkoni borligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: prenatal diagnostika jarayonida M-rejim orqali homiladagi ritm buzilishlarini barvaqt aniqlash orqali tug‘ruqdan oldin yurak patologiyalarini identifikatsiya qilish, perinatal menejmentni individual rejalashtirish hamda homila holatini dinamik monitoring qilish imkoniyati ta’minlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu ilmiy yangilik Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent shahar perinatal markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi hamda Buxoro, Samarqand, Andijon viloyat perinatal markazlari faoliyatiga joriy etildi. Akusher-ginekolog va prenatal diagnostika mutaxassislari uchun maxsus o‘quv-seminarlar tashkil etildi va klinik tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: homiladagi aritmiyalarni erta aniqlash orqali neonatal yurak asoratlarini kamaytirish, tug‘ruq taktikasini o‘z vaqtida belgilash va onalar hamda chaqaloqlar o‘rtasida hayot uchun xavfli holatlarning oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: barvaqt tashxis va maqsadli monitoring hisobiga perinatal asoratlarni oldini olish orqali yuqori texnologiyali tibbiy yordamga ehtiyojni kamaytirish, shu jumladan neonatal intensiv terapiya xarajatlarini qisqartirish ta’minlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir yurak aritmiyasi bo‘lgan homilada o‘z vaqtida aniqlash va tug‘ruqdan keyingi davolashda tejaladigan xarajat taxminan 1 000 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: M-rejimdagi prenatal exokardiografiya usuli homila yurak aritmiyalarini erta aniqlashda yuqori sezuvchanlik va ishonchlilikka ega bo‘lib, amaliyotda uning keng joriy etilishi onalik va bolalik salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchinchi ilmiy yangilik: zamonaviy ultratovush texnologiyalarini qo‘llash yordamida homilaning yurak kameralarining o‘lchamlari, miokard ishchanlik kuchi, qorinchalar devorlari kontraktilligi, qalinligini baholash metodologiyasi takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: prenatal exokardiografiyada standartlashtirilgan va aniq usullar yordamida homilaning sistolik va diastolik funksiyasini batafsil tahlil qilish, yurak kameralarining o‘sish traektoriyasini baholash, patologik deviatsiyalar va funksional zaifliklarni barvaqt aniqlash imkonini yaratadi. Bu esa perinatal patologiyalarning oldini olish va samarali menejmentni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur metodologiya Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand hamda Andijon perinatal markazlarida amaliyotga tatbiq etildi. Diagnostik protokollar yangilanib, homila yurak ishchanligini baholash bo‘yicha milliy algoritm loyihasiga asos qilindi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: homila yuragi funksiyasini barvaqt aniqlash va monitoring qilish orqali perinatal asoratlarning oldini olish, yurak ishchanligi past bo‘lgan hollarda klinik qaror qabul qilish samaradorligini oshirish, bola hayotini saqlab qolish imkoniyatlari kengaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yuqori aniqlikka ega funksional baholash orqali homila yurak patologiyalarini erta aniqlash va hujjatlashtirish hisobiga ortiqcha tekshiruvlar va reanimatsion muolajalarga bo‘lgan ehtiyoj kamaydi. Tahlillarga ko‘ra, har bir holatda taxminan 850000 so‘mlik tejamkorlik ta’minlandi. Xulosa: zamonaviy ul`tratovush texnologiyalari asosida yurak kameralarining to‘liq va funksiyaga asoslangan baholanishi homilaning yurak holatini tez, aniq va kompleks tahlil qilishga imkon beradi hamda klinik amaliyotda exokardiografiya imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: magistral tomirlar xisoblangan Aorta qismlarini o‘lchamini olish va qon oqim tezliklarini, o‘pka arteriyasi, uch tavaqali va ikki tavaqali klapanlar chiqish qismida qon oqim tezliklari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu yangilangan yondashuv magistral tomirlardagi anomaliyalar (aorta anevrizmasi, koarktatsiya, stenozlar) va klapan funksional buzilishlarini barvaqt aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bolada tug‘ma yurak nuqsonlarining erta tashxisi va perinatal menejmentni to‘g‘ri shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qo‘llanilgan metodika Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘zida va Toshkent shaxar filialida, Toshkent tibbiyot akademiyasi oilaviy akusherlik va ginekologiya klinikasida qo‘llashga joriy etildi. Mazkur tashkilotlarda prenatal exokardiografiya protokollari qayta ko‘rib chiqilib, magistral tomirlar va klapanlar holatini kompleks baholash bo‘yicha klinik algoritm shakllantirildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma yurak nuqsonlari va klapanlar patologiyalarini aniqlashning sezilarli darajada yaxshilanishi orqali bola tug‘ilishidan avvaloq aniqlash, reanimatsion tayyorgarlik ko‘rish va joyida mutaxassisga yo‘naltirish samaradorligi oshdi. Bu ota-onalar psixologik tayyorgarligini ham ta’minladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: prenatal davrda yurak magistral tomirlari va klapanlari patologiyalarini aniqlash hisobiga keyinchalik qimmat tahlillar va jarrohlikkacha bo‘lgan tayyorlov xarajatlari qisqardi. Har bir holatda o‘rtacha 1200000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlik ta’minlandi. Xulosa: prenatal exokardiografiyada magistral tomirlar va klapanlar chiqish qismidagi qon oqim dinamikasini baholash imkonini beruvchi usulni amaliyotga joriy etish tug‘ma yurak nuqsonlarining erta va aniq tashxisini ta’minlab, perinatal muammolarni kamaytirishda muhim ilmiy va klinik natija hisoblanadi.
Xulosa: Xomila exokardiografiyasi homilaning hayotiy funksiyalarini baholash, xavfli holatlarni erta aniqlash va perinatal asoratlarning oldini olishda muhim klinik ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish