Erkaboev Ulugbek Inayatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kvantlovchi magnit maydonida yarimo‘tkazgichlardagi ossillyasiya hodisalariga harorat va bosim ta’siri», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/ FM 3.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Gafur, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Fizika-Quyosh» IIChB Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Teshabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Ayuxanov Rashid Axmetovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: kvantlovchi magnit maydonda yarimo‘tkazgichlarning ossillyasiya hodisalariga harorat va bosimning ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kvantlovchi magnit maydonda termodinamik holatlar zichligini haroratga bog‘liqligi nazariy aniqlangan;
nokvadratik dispersiya qonuni uchun kvantlovchi magnit maydonda kombinirlangan holatlar zichligi ossillyasiyasiga haroratning ta’sirini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
holatlar zichligini uzluksiz spektrining eksperimental qiymatidan foydalanib tuzilgan matematik modellashtirish jarayoni Landau diskret sathlarini hisoblash imkoni yaratilgan;
noparabolik dispersiya qonuni uchun yutilgan yorug‘lik chastotasi va yarimo‘tkazgichlarni ta’qiqlangan zona kengligining magnit maydonga nochiziqli bog‘langanligi ko‘rsatilgan;
yarimo‘tkazgichlarda Landau sathlarini termik kengayishini hisobga olgan holda Shubnikov-de Gaaz va de Gaaz-van Al`fen effektlarining haroratga bog‘liqligi nazariyasi taklif qilingan;
o‘tkazuvchanlik zonasidagi erkin elektronlarning Landau sathlariga bosimning ta’sirini hisoblash uchun analitik ifodasi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kvantlovchi magnit maydonda yarimo‘tkazgichlarning ossillyasiya hodisalariga harorat va bosim ta’sirini o‘rganish natijalari asosida:
kvant ossillyasiya effektlariga harorat va bosim ta’sirini hisoblash matematik modellari Meksika milliy politexnika institutining «O‘YuChda ishlovchi Si asosidagi nanoo‘lchamli maydon tranzistorlari va ularni termik xossalari» mavzusidagi ilmiy grantida Landau sathlariga haroratning ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (Meksika milliy politexnika institutining 2017 yil 15 fevraldagi 614-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda ossillyasiya hodisalarini yuqori harorat va kuchsiz magnit maydonlarida kuzatish imkonini berdi;
Keyn dispersiya qonuni uchun Landau sathlariga haroratning ta’sirini modellashtirishda olingan natijalar F2-OT-O-15494 «Kvant nuqtali getero va nanotuzilmalardagi eksitonlarni, polyaronlarni, bipolyaronlarni va ko‘chish hodisalarini tadqiq etish asosida nurlagichlar, fotoelementlar va boshqa turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash» mavzusidagi davlat grantini bajarish jarayonida Keyn modeli uchun termodinamik holatlar zichligini hisoblashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 18 noyabrdagi FTK-0313/817-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ikki o‘lchamli strukturalarda kechayotgan fizik jarayonlarni aniqlash imkonini berdi.