Mannopov Sultonbekning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda musiqiy merosning o‘rni: ijtimoiy-falsafiy tahlil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/fal1803
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Mamajon Ahmadjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Abdumutal Ahadjonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Ahmedova O‘gilxon Namozovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda musiqiy merosning o‘rnini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ma’naviy tarbiya” va “uzluksiz ma’naviy tarbiya” tushunchalarining mazmun-mohiyati hamda ilmiy-konseptual tadqiq asosida jamiyatning ma’naviy asoslarini, odob-axloqni emiruvchi illatlar, zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyokarashni shakllantirish, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish tizimining ijtimoiy zarurati ilmiy argumentlar asosida ochib berilgan;
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ning ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida ma’naviy tarbiyaga uzluksizlik va uzviylik tamoyillari orqali yondashish, ma’naviy tarbiya bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash va uni musiqa ta’lim-tarbiyasi asosida amalga oshirish va jamiyatda mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish mexanizmlari ijtimoiy determinizm mezonlari orqali asoslangan;
milliy musiqa va musiqiy merosning ma’naviy-tarbiyaviy imkoniyatlarini (musiqiy tarbiyalash, musiqiy-nazariy bilimlarga yo‘naltirish, musiqiy-estetik didni shakllantirish) ochib berish asosida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda oila, maktabgacha ta’lim, maktab, oliy ta’lim va mahallalarning tarbiyaviy imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish va ular orasida funksional uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishning falsafiy jihatlari asoslangan;
musiqiy merosning va milliy musiqaning ma’naviy-tarbiyaviy vazifalari (bilim berish, dunyoqarashni shakllantirish, forig‘lantirish, ezgu hislarni joylash, ruhiy barqarorlashtirish) asosida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiya”sidagi yoshlarni yuksak maqsadlarga yo‘naltirish, ma’rifatli bo‘lishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlarini rivojlantirishdagi samaradorligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy natijalar va yangiliklar amaliyotga tatbiq etilgan:
“ma’naviy tarbiya” va “uzluksiz ma’naviy tarbiya” tushunchalarining mazmun-mohiyati hamda ilmiy-konseptual tadqiq asosida jamiyatning ma’naviy asoslarini, odob-axloqni emiruvchi illatlar, zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyokarashni shakllantirish, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish tizimining ijtimoiy zarurati ilmiy argumentlar asosida ochib berilganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transditsiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 25-martdagi 04/11-8314-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda musiqiy meros tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy tahlillar asosida ochib berishga xizmat qilgan;
“uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ning ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida ma’naviy tarbiyaga uzluksizlik va uzviylik tamoyillari orqali yondashish, ma’naviy tarbiya bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash va uni musiqa ta’lim-tarbiyasi asosida amalga oshirish va jamiyatda mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish mexanizmlari ijtimoiy determinizm mezonlari orqali asoslanganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyat xududiy bo‘linmasining 2025-yilga mo‘ljallangan yillik ish rejasining 34-bandida keltirilgan “O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishida NNTlarning roli va ishtirokini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish” borasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyat xududiy bo‘linmasining 2025-yil 26-martdagi 24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan uzluksiz ma’naviy tarbiyani musiqiy meros imkoniyatlari asosida modernizatsiyalashning ustuvor vazifalari va strategiyasini tahlil qilishga oid tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
milliy musiqa va musiqiy merosning ma’naviy-tarbiyaviy imkoniyatlarini (musiqiy tarbiyalash, musiqiy-nazariy bilimlarga yo‘naltirish, musiqiy-estetik didni shakllantirish) ochib berish asosida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda oila, maktabgacha ta’lim, maktab, oliy ta’lim va mahallalarning tarbiyaviy imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish va ular orasida funksional uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishning falsafiy jihatlari asoslanganligiga, musiqiy merosning va milliy musiqaning ma’naviy-tarbiyaviy vazifalari (bilim berish, dunyoqarashni shakllantirish, forig‘lantirish, ezgu hislarni joylash, ruhiy barqarorlashtirish) asosida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiya”sidagi yoshlarni yuksak maqsadlarga yo‘naltirish, ma’rifatli bo‘lishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlarini rivojlantirishdagi samaradorligi ochib berilganligiga oid ilmiy tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot” va “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2026-yil 03-apreldagi 05-09-586-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi “ma’naviy tarbiya”, “uzluksiz ma’naviy tarbiya” va “musiqiy meros” tushunchalarining mazmun-mohiyati, tuzilishi va tarkibi hamda ilmiy-konseptual asoslarini tadqiq etilgan;
musiqiy meros va milliy musiqaning ma’naviy-tarbiyaviy vazifalari - bilim berish, dunyoqarashni shakllantirish, forig‘lantirish, ezgu his-tuyg‘ularni qaror toptirish hamda ruhiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari asosida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da belgilangan yoshlarni yuksak maqsadlarga yo‘naltirish, ma’rifatli bo‘lishga safarbar etish, ularda iroda, matonat, tirishqoqlik va harakatchanlik fazilatlarini rivojlantirish samaradorligi ochib berilganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasining 2025-yilga mo‘ljallangan yillik ish rejasining 34-bandida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishida NNTlarning roli va ishtirokini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish” vazifalari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasining 2025-yil 26-martdagi 24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy musiqiy merosning ma’naviy-tarbiyaviy imkoniyatlaridan yoshlarning dunyoqarashi, ezgu his-tuyg‘ulari va ruhiy barqarorligini shakllantirish, ularni yuksak maqsadlar sari yo‘naltirish hamda iroda, matonat, tirishqoqlik va harakatchanlik fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish