Baratova Madina Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kambag‘al oilalardagi bolalarning ijtimoiy faolligini oshirishning falsafiy masalalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal1579
Ilmiy rahbar: Huseynova Abera Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Rasmiy opponentlar: Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, proffesor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi kambag‘al oilalardagi bolalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini asoslab berishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kambag‘al oilalardagi bolalar ijtimoiy faolligini o‘lchov mezonlari sifatida yoshiga mos qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik, ijtimoiy hayotda ongli ishtirok etish, yutuqqa intilish va mavjud imkoniyatlardan foydalanishdagi tashabbuskorlik tizimlashtirilib, mazkur faollikning bolaning shaxsiy intilishlari bilan oilaviy qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘lishi aniqlashtirilgan;
muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashga doir falsafiy qarashlar axloqiy burch, huquqiy norma, davlat mas’uliyati va tizimli ijtimoiy kafolatga tayanuvchi yondashuvlar bolaga g‘amxo‘rlik qilishning zaruratini uning huquqlari va rivojlanish imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy mas’uliyat bilan bog‘lashi asoslangan;
kambag‘al oilalardagi bolalar ijtimoiy faolligini belgilovchi individual (ruhiy holat, o‘ziga ishonch, bilim va ko‘nikmalar, orzu-intilishlar) va ijtimoiy (himoya, maktab muhiti, hududiy imkoniyatlar) omillarni rivojlantirish shaxsiy intilishlarning amaliy tashabbusga aylanishiga, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga, ijtimoiy to‘siqlarni kamaytirish va bolaning mustaqil harakat qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi isbotlangan;
Yangi O‘zbekistonda kambag‘al oilalardagi bolalarning ijtimoiy kapitalini rivojlantirishning ishonch va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga oid ijtimoiy, resurslardan foydalanishdagi moddiy to‘siqlarni kamaytirishga oid iqtisodiy, bolalar fikrini ularga daxldor qarorlarda hisobga olishga oid siyosiy, o‘zaro hurmat va daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga oid ma’naviy yo‘nalishlari, mentorlik va oila – maktab – mahalla hamkorligida tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda ijtimoiy chetlanishni kamaytirish orqali bolalarning mustaqilligi, tashabbuskorligi va ongli ishtirokini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli strategiyalari takomillashtirilgan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning ijtimoiy-falsafiy tahlilini amalga oshirish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
kambag‘al oilalardagi bolalar ijtimoiy faolligini o‘lchov mezonlari sifatida yoshiga mos qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik, ijtimoiy hayotda ongli ishtirok etish, yutuqqa intilish va mavjud imkoniyatlardan foydalanishdagi tashabbuskorlik tizimlashtirilib, mazkur faollikning bolaning shaxsiy intilishlari bilan oilaviy qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘lishiga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 1-dekabrdagi 03-33-3391-son ma’lumotnomasi). Natijada, moddiy imkoniyati cheklangan oilalarda o‘sayotgan bolalarni ta’lim jarayoniga to‘liq jalb etish, ularning darsdan tashqari mashg‘ulotlar va maktab o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalaridagi ishtirokini rag‘batlantirish, pedagoglar va ota-onalar hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashga doir falsafiy qarashlar axloqiy burch, huquqiy norma, davlat mas’uliyati va tizimli ijtimoiy kafolatga tayanuvchi yondashuvlar bolaga g‘amxo‘rlik qilishning zaruratini uning huquqlari va rivojlanish imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy mas’uliyat bilan bog‘lashiga oid xulosalar va tavsiyaviy xarakterdagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan “Mahalliy masalalarni hal etishda bolalar ishtiroki” mavzusidagi konferensiya materiallarini tayyorlash, uning yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qaror loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 3-dekabrdagi 02/2-05/28-son ma’lumotnomasi). Natijada, kambag‘al oilalarda o‘sayotgan bolalarni mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama etish jarayoniga jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish, Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil va “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” faoliyatini tashkil etishga doir takliflarni ilmiy asoslash orqali ushbu toifadagi bolalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan hujjat loyihalarining asoslanganlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
kambag‘al oilalardagi bolalar ijtimoiy faolligini belgilovchi individual (ruhiy holat, o‘ziga ishonch, bilim va ko‘nikmalar, orzu-intilishlar) va ijtimoiy (himoya, maktab muhiti, hududiy imkoniyatlar) omillarni rivojlantirish shaxsiy intilishlarning amaliy tashabbusga aylanishiga, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga, ijtimoiy to‘siqlarni kamaytirish va bolaning mustaqil harakat qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishiga oid tavsiyalar va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) tomonidan 2025-yilda yo‘lga qo‘yilgan “Yosh siyosatchilar ligasi”, “Xorijdagi vatandosh” va “O‘zLiDeP volontyorlik klubi” loyihalari doirasidagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2025-yil 4-dekabrdagi 01-27/530-son ma’lumotnomasi). Natijada, kambag‘al oila bolalarining taklif va tashabbuslarini o‘rganish, iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan partiyaviy loyihalar mazmuni va manzilliligini ilmiy asosda takomillashtirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda kambag‘al oilalardagi bolalarning ijtimoiy kapitalini rivojlantirishning ishonch va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga oid ijtimoiy, resurslardan foydalanishdagi moddiy to‘siqlarni kamaytirishga oid iqtisodiy, bolalar fikrini ularga daxldor qarorlarda hisobga olishga oid siyosiy, o‘zaro hurmat va daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga oid ma’naviy yo‘nalishlari, mentorlik va oila – maktab – mahalla hamkorligida tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda ijtimoiy chetlanishni kamaytirish orqali bolalarning mustaqilligi, tashabbuskorligi va ongli ishtirokini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli strategiyalariga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi faoliyatida, “Umumta’lim maktablarida imkoniyati cheklangan bolalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi davra suhbati materiallarini tayyorlashda, “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 04/8-10-37-son ma’lumotnomasi). Natijada, nogironligi bo‘lgan bolalarga davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlarini soliq imtiyozlari bilan rag‘batlantirish, ota-onalar zimmasidagi moliyaviy yukni engillashtirish mexanizmlarini ilmiy asoslash orqali ushbu toifadagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan qonunchilik normalarining asoslanganlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.