Qurbonov Sherzodjon Shuxratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Axborot terrorizmini yoshlar ongiga ta’siridan himoyalashning ma’naviy-axloqiy-mexanizmlari, 09.00.07 – Ma’naviyat tarixi va nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fal1692
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat Pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Yazdonov Zikirillo Shukurilloevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. Rasmiy opponentlar: Djurakulov Xusan Anvarovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Musaev Mansur Tursunpo‘latovich, siyosiy fanlari doktori, (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarni axborot terrorizmi ta’siridan himoyalashning ma’naviy-axloqiy mexanizmlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot terrorizmi tushunchasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati inson ongi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari va identitetiga ta’sir ko‘rsatuvchi destruktiv hodisa sifatida konseptual jihatdan asoslanib, uning yoshlar ongiga ta’sir etish mexanizmlari “axborot bosimi – kognitiv buzilish – aksiologik deformatsiya – xulqiy transformatsiya” ketma-ketligi asosida tizimlashtirilgan hamda axborot ta’sirining kognitiv jarayonlar, qadriyatlar tizimi va xulq-atvordagi o‘zgarishlar bilan o‘zaro aloqadorligi orqali ma’naviy-axloqiy ong transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy mexanizmlari ochib berilgan;
yoshlar ongiga axborot terrorizmining ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari internet, ijtimoiy tarmoqlar, vizual kontent, qo‘rquv uyg‘otish, stereotiplashtirish va manipulyativ usullarning o‘zaro aloqadorligi asosida falsafiy-metodologik jihatdan tizimlashtirilib, yoshlarning axborot-mafkuraviy ta’sirlarga beriluvchanlik darajasini ma’naviy identifikatsiya, tanqidiy tafakkur, media-savodxonlik va virtual qaramlik ko‘rsatkichlari orqali baholashga yo‘naltirilgan “aksiologik xavf indeksi” modeli ishlab chiqilgan;
axborot tahdidlarga qarshi yoshlarning ma’naviy immunitetini shakllantirishga qaratilgan, tarkibiy jihatdan kognitiv (bilim), aksiologik (qadriyat), refleksiv (tanqidiy tahlil), motivasion (e’tiqod va mas’uliyat) hamda amaliy-xulqiy komponentlardan iborat integrativ modeli ishlab chiqilib, mazkur komponentlarning o‘zaro uyg‘unligi yoshlarni axborot-mafkuraviy tahdidlardan himoya qiluvchi barqaror ma’naviy mexanizm ekanligi dalillangan;
xalqaro tajriba va milliy qadriyatlar uyg‘unligida axborot terrorizmidan himoyalovchi strategik yondashuv hamda ta’lim muassasalari, oila, mahalla va fuqarolik jamiyati hamkorligiga asoslangan ko‘p bosqichli preventiv mexanizm ishlab chiqilgan bo‘lib, uning doirasida media-savodxonlik, raqamli etika va fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari falsafiy-amaliy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Axborot terrorizmini yoshlar ongiga ta’sirini oldini olishning ma’naviy-axloqiy mexanizmlarini o‘rganish natijasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
axborot terrorizmi tushunchasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati inson ongi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari va identitetiga ta’sir ko‘rsatuvchi destruktiv hodisa sifatida konseptual jihatdan asoslanib, uning yoshlar ongiga ta’sir etish mexanizmlari “axborot bosimi – kognitiv buzilish – aksiologik deformatsiya – xulqiy transformatsiya” ketma-ketligi asosida tizimlashtirilgan hamda axborot ta’sirining kognitiv jarayonlar, qadriyatlar tizimi va xulq-atvordagi o‘zgarishlar bilan o‘zaro aloqadorligi orqali ma’naviy-axloqiy ong transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy mexanizmlari ochib berilganligiga oid xulosa, taklif va tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal demokratik partiyasini 2024-yil 7-sentabr kuni tasdiqlangan I Kongressining V yo‘nalishida belgilangan “Mamlakatimiz suvereniteti va xavfsizligini kafolatlaymiz” nomli bandini ishlab chiqishda va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2026-yil 28-yanvardagi 01-27-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot terrorizmi tushunchasi va uni inson ongiga, axloqiy qadriyatlariga ta’sirga qarshi kurashga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qilgan;
yoshlar ongiga axborot terrorizmining ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari internet, ijtimoiy tarmoqlar, vizual kontent, qo‘rquv uyg‘otish, stereotiplashtirish va manipulyativ usullarning o‘zaro aloqadorligi asosida falsafiy-metodologik jihatdan tizimlashtirilib, yoshlarning axborot-mafkuraviy ta’sirlarga beriluvchanlik darajasini ma’naviy identifikatsiya, tanqidiy tafakkur, media-savodxonlik va virtual qaramlik ko‘rsatkichlari orqali baholashga yo‘naltirilgan “aksiologik xavf indeksi” modeli ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalardan 2024-yil 5-sentyabr kuni “O‘zbekiston Milliy tiklanish” demokratik partiyasining IX Qurultoyida tasdiqlangan “O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining” VI yo‘nalish 6.1-bandida belgilangan “Xavfsiz va aholi muhofazasini kuchaytirish” va “Xavfsiz va axborot makonini rivojlantirish” bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2026-yil 5-fevraldagi 02-06-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot terrorizmini yoshlar ongi va dunyoqarashiga ta’sirini oldini olish bo‘yicha ilmiy – nazariy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
axborot tahdidlarga qarshi yoshlarning ma’naviy immunitetini shakllantirishga qaratilgan, tarkibiy jihatdan kognitiv (bilim), aksiologik (qadriyat), refleksiv (tanqidiy tahlil), motivasion (e’tiqod va mas’uliyat) hamda amaliy-xulqiy komponentlardan iborat integrativ modeli ishlab chiqilib, mazkur komponentlarning o‘zaro uyg‘unligi yoshlarni axborot-mafkuraviy tahdidlardan himoya qiluvchi barqaror ma’naviy mexanizm ekanligi dalillangan tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-163-son farmonining II yo‘nalishida belgilangan “Yoshlar bilan ishlash tizimining asosiy vazifalari” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 10-fevraldagi 2-13-21-908-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish bo‘yicha ilmiy–nazariy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
xalqaro tajriba va milliy qadriyatlar uyg‘unligida axborot terrorizmidan himoyalovchi strategik yondashuv hamda ta’lim muassasalari, oila, mahalla va fuqarolik jamiyati hamkorligiga asoslangan ko‘p bosqichli preventiv mexanizm ishlab chiqilgan bo‘lib, uning doirasida media-savodxonlik, raqamli etika va fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari falsafiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosa, taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yildagi MTRK tizimidagi “Samarqand” teleradiokanali tomonidan tasdiqlangan yillik va choraklik Media-tadbirlar rejasi asosida tayyorlangan Samarqand FM 105.2 radiokanalidagi “Radiointervyu” eshittirishini dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2026-yil 10-fevraldagi 01-07/48-son ma’lumotnomasi). Natijada, mafkuraviy immunitet ko‘p qatlamli va ko‘p funksiyali konstrukt sifatida metodologik asoslash bo‘yicha ilmiy – nazariy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish