Sultonov Shodiyor Abduhalilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Iqt151
Ilmiy maslahatchi: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Suyunov Dilmurod Xolmurodovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor O‘zFA akademigi Tuxliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamraeva Sayyora Nasimovna.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yaxlit tizim sifatida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda hissasini ko‘paytirish, faoilyat davriyligini ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshirish, natijaviy ko‘rsatkichlar mutanosibligini ta’minlashga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning samaradorlik mezonlari va ularni baholash usullari borasida SSS (Sotuv Samara Salohiyat) modeli taklif etilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni samarali rivojlantirishning resurs axborot-analitik bazasini shakllantirishga yo‘naltirilgan savdo-sanoat palatasi huzurida “Smart Servis Resource System” platformasini tashkil etish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan bog‘liq boshqaruv, marketing, statistik ma’lumotlarni aniq vaqt rejimida olish imkoniyatini dasturni ishga tushirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishtirokchilari faoliyatini bozor ehtiyojlariga muvofiqlashtirish, taklif etilayotgan xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash, risklarni kamaytirish, xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish asosidagi Samarqand kichik biznes va xususiy tadbirkorlik klaster modeli borasida tavsiyalar taklif etilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotning strategik rivojlantirishning muhim yo‘nalishi ekanligi belgilovchi, mavjud resurslar salohiyati, ulardan samarali foydalanish, xizmatlar imkoniyatini oshirish, innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etishga asoslangan xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xizmat ko‘rsatish hajmi, bandlar soni, eksporti salohiyatini hisobga olgan holda O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subektlari sonining 2030-yilga qadar o‘sish prognozi parametrlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yaxlit tizim sifatida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda hissasini ko‘paytirish, faoilyat davriyligini ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshirish, natijaviy ko‘rsatkichlar mutanosibligini ta’minlashga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning samaradorlik mezonlari va ularni baholash usullari borasida SSS (Sotuv Samara Salohiyat) taklif etilgan modeli O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining faoliyatiga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 02-avgustdagi 11/05-26-9229-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida xizmatlar bozorini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri baholandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarni iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishga erishildi;
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni samarali rivojlantirishning resurs axborot-analitik bazasini shakllantirishga yo‘naltirilgan savdo-sanoat palatasi huzurida “Smart Servis Resource System” platformasini tashkil etish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan bog‘liq boshqaruv, marketing, statistik ma’lumotlarni aniq vaqt rejimida olish imkoniyatini dasturni ishga tushirish borasida amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining faoliyatiga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 02-avgustdagi 11/05-26-9229-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka tegishli ma’lumotlarni aniq vaqt rejimida olish imkoniyatini ishga tushirish tizimi shakllantiridi.
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishtirokchilari faoliyatini bozor ehtiyojlariga muvofiqlashtirish, taklif etilayotgan xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash, risklarni kamaytirish, xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish asosidagi Samarqand kichik biznes va xususiy tadbirkorlik klaster modeli borasida tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining faoliyatiga tadbiq etilgan. Ushbu taklif natijasida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini ta’minlashda makroiqtisodiy, hududiy, mahalliy va institutsional ta’sir etish tizimlarida qo‘llanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 02-avgustdagi 11/05-26-9229-sonli ma’lumotnomasi);
xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotning strategik rivojlantirishning muhim yo‘nalishi ekanligi belgilovchi, mavjud resurslar salohiyati, ulardan samarali foydalanish, xizmatlar imkoniyatini oshirish, innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etishga asoslangan xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 02-avgustdagi 11/05-26-9229-sonli ma’lumotnomasi). Innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish natijasida har bir kichik biznes korxona natijaviyligi va rentabelligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2023-yilda sof tushum mablag‘larini 11,2 foizga oshishiga imkon yaratilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xizmat ko‘rsatish hajmi, bandlar soni, eksporti salohiyatini hisobga olgan holda O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subektlari sonining 2030-yilga qadar o‘sish prognozi parametrlari ishlab chiqildi. Mazkur prognozlashtirish natijasi kelgusida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish vazifalarini samarali amalga oshirish va strategiyasini ishlab chiqishga imkon yaratdi. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 02-avgustdagi 11/05-26-9229-sonli ma’lumotnomasi).