Zaidov Islom Ibragimjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida raqobat munosabatlarini boshqarish tizimini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.13- “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3886
Ilmiy rahbar: Sotvoldiev Nodirbek Juraboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.07.02
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dadaboev To‘lqin Yusupjonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorida raqobat munosabatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqobat munosabatlarini boshqarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar, shakllar, vositalarining o‘zaro ta’siri asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish zanjirlarida ishtirok etuvchi subektlarning qo‘shilgan qiymat yaratish koeffitsienti ishlab chiqilgan;
texnologik jihatdan ta’minlanganligi, axborotdan foydalanish imkoniyati, davlat ko‘magi, infratuzilmaviy va moliyaviy salohiyati kabi mezonlar asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozori subektlarining raqobat muhitiga ta’sir kuchini 0-3 ball “past” daraja, 4-6 ball “o‘rta” daraja va 7-10 ball “yuqori” darajada baholash taklif qilingan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozoridagi subektlar soni va ulushi, hosildorlik, mahsulot tuzilmasi va ixtisoslashuv darajasi kabi omillarning raqobat muhitiga ta’sirini hisobga olgan holda klasterli boshqaruv modeli asoslangan;
bozor subektlarining stsenariy tahlili va trend koeffitsienti o‘rtasidagi integral bog‘lanishlar asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda optimistik, bazaviy va pessimistik prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jalik maxsulotlari bozorida raqobat munosabatlarini boshqarish tizimini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
raqobat munosabatlarini boshqarishda qo‘llaniladigan institutsional va iqtisodiy mexanizmlar, ma’muriy, bozor va regulyativ shakllar, litsenziyalash, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash vositalarining o‘zaro ta’siri asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish zanjirlarida ishtirok etuvchi subektlarning qo‘shilgan qiymat yaratish koeffitsientini ishlab chiqishga qaratilgan taklifi Namangan viloyati hokimining 2024-yil 12-avgustdagi 372-6-0-Q/24-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori ijrosi haqida”gi qarorining 2 qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 7-avgustdagi 05/14-1037-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida bozor subektlarini reytinglash mexanizmi joriy etildi, bu esa boshqaruv qarorlarini tajribaga asoslangan natijalar orqali qabul qilishni ta’minladi va ijroga kiritilgan choralar tufayli 2024 yilda bozor konsentratsiyasi indeksi 10 foizga pasaydi, kichik va o‘rta subektlar uchun bozor ulushi 15 foizga oshdi;
texnologik jihatdan ta’minlanganligi, axborotdan foydalanish imkoniyati, davlat ko‘magi, infratuzilmaviy va moliyaviy salohiyati kabi mezonlar asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozori subektlarining raqobat muhitiga ta’sir kuchini 0-3 ball “past” daraja, 4-6 ball “o‘rta” daraja va 7-10 ball “yuqori” darajada baholash taklifi Namangan viloyati hokimining 2024-yil 19-fevraldagi 86-6-0-Q/24-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoni ijrosi haqida”gi qarorining 2 qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 7-avgustdagi 05/14-1037-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qarorga muvofiq shakllantirilgan monitoring va baholash tizimi agrostrategiya jarayonlarida faol qo‘llanila boshlandi, bu esa rahbariyat uchun bozor tendensiyalarini tez aniqlash va javob choralarini samarali boshqarish imkonini yaratdi.
bozordagi subektlar soni va ulushi, hosildorlik, mahsulot tuzilmasi va ixtisoslashuv darajasi kabi omillar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va tarkibining bozordagi raqobat muhitiga ta’sirini hisobga olgan holda klasterli boshqaruv modelini asoslashga qaratilgan taklifi Namangan viloyati hokimining 2024-yil 9-apreldagi 169-6-0-Q/24-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini etishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qarori ijrosi haqida”gi qarorini 2 qismini ishlab chiqishda ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 7-avgustdagi 05/14-1037-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida har bir tuman va xo‘jalik subektlari uchun mos klasterlashuv yo‘nalishlari belgilandi. Bu esa resurslarni samarali taqsimlash, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va qo‘shilgan qiymat zanjirida ishtirok etuvchi subektlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga imkon berdi;
bozor subektlarining stsenariy tahlili va trend koeffitsienti o‘rtasidagi integral bog‘lanishga asoslangan b>0,05, b=0,04 va b<0,03 kabi differentsial ko‘rsatkichlar orqali ekstrapolyasiyaning ishonch darajasi, integral indeksning o‘zgarishi, siyosiy va texnologik omillarga sezgirlik darajasi aniqlandi va shu asosda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda optimistik, realistik, pessimistik prognoz parametrlaridan Namangan viloyati hokimining 2022-yil 16-iyundagi 393-6-0-Q/22-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 7 iyundagi PQ-273-son qarori ijrosi haqida”gi qarorining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 7-avgustdagi 05/14-1037-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kapital qo‘yilmalarni yo‘naltirish, texnologik modernizatsiya bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, maqsadli subsidiyalar taqsimoti, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish strategiyasida yuqori aniqlikka erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish