Nasimov Sobirjon Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta ko‘krak yoshidagi bolalarda notravmatik kalla ichi qon quyilishlarida davo taktikasini tanlash», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib258.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzabaev Marat Jumabekovich, tibbiyot fanlari doktori (Qozog‘iston Respublikasi); Kadirbekov Ravshanbek Tursunbekovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maksadi: erta ko‘krak yoshidagi bolalarda notravmatik kalla ichi qon quyilishining differensial jarrohlik davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
EKYoBda NKQni erta instrumental diagnostika imkonini beruvchi gipertenzion, gidrotsefal, dislokatsion, talvasa va qon yo‘qotish sindromlar kompleksidan iborat bo‘lgan xarakterli klinik ko‘rinishlari aniqlangan;
EKYoBda NKQning klinik, nevrologik, diagnostik ko‘rsatkichlariga asoslangan bemorlar holati va kasallikning kechish og‘irligini baholashning integral darajalari taklif qilingan;
EKYoBda NKQning integral darajalari differensial jarrohlik muolajasi vaqti va hajmini, operatsiyadan oldingi va keyingi intensiv konservativ terapiya uslubini aniqlash imkonini berishi isbotlangan;
NKQda qonning koagulyasion holatini tiklash jarayonida bosh miyaning gemik, gipoksik va qon tomir gipoksiyalarini oldini oluvchi differensial davolash taktikasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
EKYoBda NKQ bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Erta ko‘krak yoshidagi bolalarda notravmatik kalla ichi qon quyilishlarida davolash taktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n-r/309-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma NKQda taklif etilgan davolash taktikasini qo‘llash asosida jarrohlik muolajalari sifatini oshirish imkonini bergan;
EKYoBda NKQ bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Samarqand va Namangan viloyat filiallari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/86-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar operatsiyadan keyingi asoratlar sonining kamayishiga, operatsiyadan keyingi o‘lim ko‘rsatkichini pasayishiga va bemorlarni davolanish muddatini qisqartirishga olib kelgan.