Maxmudov Shoxruxbek Asror o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Sanoat korxonalarida risklarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”; 08.00.13 – “Menejment” hamda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5886
Ilmiy rahbar: Kambarov Jamoliddin Xikmatillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg ‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05
Rasmiy opponentlar: Muminova Elnora Abdukarimovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xonkeldieva Komilaxon Ravshanjon qizi iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarida risklarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish risklarini boshqarish mexanizmi xomashyoning CTQ-parametrlarini “USTER HVI1000” texnologiyasida aniqlash hamda “Quality Gate” qaror qabul qilish algoritmini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish risklarini minimallashtirish maqsadida xomashyo sifat parametrlari bo‘yicha integral risk indeksini aniqlash va ularni “past”(1,00-1,50), “o‘rta”(1,51-2,20), “yuqori”(2,21-3,00) toifalarga guruhlash asosida operatsion risklarni preventiv-prediktiv boshqarish usuli taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida etkazib beruvchilarni uch darajali risk segmentlariga ajratish, har bir segment uchun Multi-sourcing, xavfsiz zaxiralash, shartnoma turlari va hedjirlash instrumentlarini qo‘llashga asoslangan hamda differensial boshqaruv yondashuviga yo‘naltirilgan ta’minot zanjiri risk boshqaruvining integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan;
natijaviy output ko‘rsatkichlarini input risk omillariga nisbati oqali DEArisk samaradorlik indeksini aniqlash asosida risklarni boshqarish samaradorligi o‘zgarishi dinamikasini 2030-yilgacha pessimistik, dinamik va optimistik prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoati korxonalarida risklarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish risklarini boshqarish mexanizmi xomashyoning CTQ-parametrlarini “USTER HVI1000” texnologiyasida aniqlash hamda “Quality Gate” qaror qabul qilish algoritmini integratsiyalash asosida takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan(“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 9-oktabrdagi № 01/06-145l -son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida xomashyo sifatining me’yoriy ko‘rsatkichlardan og‘ishlarini ishlab chiqarish jarayonining dastlabki bosqichida aniqlash, xavf darajasiga qarab xomashyoni qabul qilish, saralash va texnologik jarayonga yo‘naltirish bo‘yicha standartlashtirilgan qarorlarni shakllantirish imkoniyatini yaxshilab, xomashyodan foydalanish samaradorligini oshirishga, texnologik yo‘qotishlar va brak mahsulot hajmini kamaytirishga hamda ishlab chiqarilayotgan ip-kalava sifatining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish risklarini minimallashtirish maqsadida xomashyo sifat parametrlari bo‘yicha integral risk indeksini aniqlash va ularni “past”(1,00-1,50), “o‘rta”(1,51-2,20), “yuqori”(2,21-3,00) toifalarga guruhlash asosida operatsion risklarni preventiv-prediktiv boshqarish usuli taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan(“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 9-oktabrdagi № 01/06-145l -son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish jarayonining dastlabki bosqichidayoq xomashyo sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash orqali xomashyoning ishlab chiqarish natijalariga ehtimoliy salbiy ta’sirini oldindan aniqlash hamda har bir risk toifasi bo‘yicha tegishli boshqaruv choralarini belgilash imkoniyatini kengaytirgan. Natijada yuqori sifatli mahsulot ulushini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilashga erishilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida etkazib beruvchilarni uch darajali risk segmentlariga ajratish, har bir segment uchun Multi-sourcing, xavfsiz zaxiralash, shartnoma turlari va xedjirlash instrumentlarini qo‘llashga asoslangan hamda differensial boshqaruv yondashuviga yo‘naltirilgan ta’minot zanjiri risk boshqaruvining integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan(“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 9-oktabrdagi № 01/06-145l -son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida etkazib beruvchilar faoliyatini muntazam kuzatish, strategik resurslar bo‘yicha risk segmentatsiyasini amalga oshirish hamda yuqori riskli segmentlar uchun muqobil zaxira ta’minot manbalarini oldindan shakllantirish imkoniyatini kengaytirgan. Shu orqali importga bog‘liq resurslar bo‘yicha hedjirlash vositalarini qo‘llash tartibini boshqaruv reglamentlariga integratsiyalash, ta’minot uzilishlari ehtimolini kamaytirish va resurslar bilan ta’minlash barqarorligini mustahkamlashga erishilgan;
natijaviy output ko‘rsatkichlarini input risk omillariga nisbati oqali DEArisk samaradorlik indeksini aniqlash asosida risklarni boshqarish samaradorligi o‘zgarishi dinamikasini 2030-yilgacha pessimistik, dinamik va optimistik prognoz ssenariylari taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilingan(“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 9-oktabrdagi № 01/06-145l -son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarda risk omillarining faoliyat natijalariga ta’sirini kompleks hisobga olish, boshqaruv mexanizmlarining samaradorlik darajasini istiqbolda solishtirish hamda turli rivojlanish sharoitlarida kutilayotgan o‘zgarishlarni oldindan aniqlash imkoniyatini kengaytirgan. Shu asosda pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylar bo‘yicha ehtimoliy holatlarni taqqoslash, risklarni boshqarish choralarini istiqboldagi samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiq shakllantirish hamda boshqaruv qarorlarini oldindan asoslash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish