Eshonqulov Akmal Qudratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda pul mablag‘lari hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish”, 08.00.08. - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4528
Ilmiy rahbar: Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Alikulov Abdimumin Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
korxonalarda pul mablag‘lari hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarda pul mablag‘larining tarkibi va ularga tenglashtirilgan aktivlarning iqtisodiy mazmunini aniqlashtirish asosida joriy to‘lovlarni operativ nazorat qilishga mo‘ljallangan 5030-“Kichik kassa” schyotini ishchi schyotlar rejasiga kiritish hamda ushbu schyot bo‘yicha analitik hisob va buxgalteriya yozuvlarini yuritish tartibi ishlab chiqilgan;
xorijiy valyuta mablag‘lari harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda valyutani sotish natijasida Markaziy bankning rasmiy kursi bilan valyuta realizatsiya qilingan kundagi bozor bahosi o‘rtasidagi farqni “valyutani sotishdan olingan daromad yoki xarajat” sifatida tan olish va uning moliyaviy natijalarini 9220-“Moliyaviy aktivlarning sotilishi” schyotida shakllantirish tartibi asoslangan;
pul mablag‘lari bilan bog‘liq moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni baholash ularni dastlabki tan olish, keyingi baholash va harakatiga doir buxgalteriya yozuvlarini pul mablag‘lari oqimi bilan o‘zaro bog‘liq holda aks ettirishga qaratilgan hisob ishlanmalari asosida takomillashtirilgan;
pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotning axborot qamrovini operatsion faoliyat bo‘yicha 020-satr “Ijara tushumlari, gonorar, komissionlar, royalti va rag‘batlantirishlar”, 050-satr “Boshqa ishlab chiqarish va umumishlab chiqarish xarajatlari uchun to‘lovlar”, 060-satr “Sotish, ma’muriy-boshqaruv va boshqa operatsion xarajatlar uchun to‘lovlar”, investisiyaviy faoliyat bo‘yicha esa 120-satr “Boshqa tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari hamda hissali va qarzli instrumentlarini xarid qilish va qo‘shma faoliyatga qatnashish uchun pul to‘lovlari”ni kiritish orqali kengaytirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda pul mablag‘larini hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalarda pul mablag‘larining tarkibi va ularga tenglashtirilgan aktivlarning iqtisodiy mazmunini aniqlashtirish asosida joriy to‘lovlarni operativ nazorat qilishga mo‘ljallangan 5030-“Kichik kassa” schyotini ishchi schyotlar rejasiga kiritish hamda ushbu schyot bo‘yicha analitik hisob va buxgalteriya yozuvlarini yuritish tartibi bo‘yicha taklifidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliyaviy hisob 1,2” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2026-yil 27-fevraldagi 7-son qarori asosida o‘quv adabiyotlariga nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kassa operatsiyalarining nazariy asoslarini takomillashtirish hamda xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirishga erishilgan;
xorijiy valyuta mablag‘lari harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda valyutani sotish natijasida Markaziy bankning rasmiy kursi bilan valyuta realizatsiya qilingan kundagi bozor bahosi o‘rtasidagi farqni “valyutani sotishdan olingan daromad yoki xarajat” sifatida tan olish va uning moliyaviy natijalarini 9220-“Moliyaviy aktivlarning sotilishi” schyotida shakllantirish tartibi asoslash taklifi “Samarqand dori darmon” AJ, “Samarqanddonmahsulotlari” AJ hisob siyosatlariga joriy qilingan (“Samarqand dori darmon” AJning 2025-yil 6-avgustdagi MQ-11/209-son, “Samarqanddonmahsulotlari” AJning 2025-yil 12-avgustdagi ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida valyuta operatsiyalaridan olingan daromad va harajatlardan kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘larini xalqaro standartlar asosida hisobga olish, hisobotlarda haqqoniy aks ettirish imkoniga erishilgan;
pul mablag‘lari bilan bog‘liq moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni baholash ularni dastlabki tan olish, keyingi baholash va harakatiga doir buxgalteriya yozuvlarini pul mablag‘lari oqimi bilan o‘zaro bog‘liq holda aks ettirishga qaratilgan hisob ishlanmalari asosida takomillashtirish taklifi “Samarqand dori darmon” AJ, “Samarqanddonmahsulotlari” AJ hisob siyosatlariga joriy qilingan (“Samarqand dori darmon” AJning 2025-yil 6-avgustdagi MQ-11/209-son, “Samarqanddonmahsulotlari” AJning 2025-yil 12-avgustdagi ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuzaga kelgan moliyaviy instrumentlar harakati bilan bog‘liq pul mablag‘larini MHXSlari asosida hisobga olish yo‘lga qo‘yilgan;
pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotning axborot qamrovini operatsion faoliyat bo‘yicha 020-satr “Ijara tushumlari, gonorar, komissionlar, royalti va rag‘batlantirishlar”, 050-satr “Boshqa ishlab chiqarish va umumishlab chiqarish xarajatlari uchun to‘lovlar”, 060-satr “Sotish, ma’muriy-boshqaruv va boshqa operatsion xarajatlar uchun to‘lovlar”, investisiyaviy faoliyat bo‘yicha esa 120-satr “Boshqa tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari hamda hissali va qarzli instrumentlarini xarid qilish va qo‘shma faoliyatga qatnashish uchun pul to‘lovlari”ni kiritish orqali kengaytirish taklifi “Samarqand dori darmon” AJ, “Samarqanddonmahsulotlari” AJ hisob siyosatlariga joriy qilingan (“Samarqand dori darmon” AJning 2025-yil 6-avgustdagi MQ-11/209-son, “Samarqanddonmahsulotlari” AJning 2025-yil 12-avgustdagi ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga hamda hisobotning axborot qamrovining kengayishiga erishilgan.