Fazilova Dilrabo Xudaykulovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi e’loni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jahonda ilmiy muzeylarning rivojlanish tendensiyalari va ularni O‘zbekiston amaliyotiga joriy etish strategiyalari” mavzusidagi 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: “OAK Byulleteni” jurnalining 2026 yil 1-sonida B2026.1.PhD/Tar2613 raqami bilan ro‘yxatga olingan.
Ilmiy rahbar: Ismailov Alisher Fayzievich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi PhD.05/2025.27.12.Tar.07.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, tarix fanlari doktori (DSc), professor Davlatova Saodat Tilovberdievna, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, tarix fanlari doktori (DSc) Kuryazova Darmanjan Turaevna.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahonda ilmiy muzeylarning rivojlanish tendensiyalari va ularni O‘zbekiston amaliyotiga joriy etish strategiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Jahon ilmiy muzeylarining murakkab ilmiy tushunchalarni sodda va interaktiv tushuntirish, yoshga mos kontent orqali fanga qiziqish uyg‘otish, bilimni chuqurlashtirish va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish, ilmiy asbob-uskunalar orqali konseptual bilimlarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinib, “ilmiy muzey” tushunchasining nazariy chegaralari aniqlashtirilgan hamda fan, ilm-fan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba muzeylari funksional-metodologik jihatdan tizimlashtirilgan. “Ilmiy muzey” konsepsiyasining saqlash va konservatsiya, tadqiqot, bilimlarni translyasiya qilish funksiyalari, pedagogik yondashuvlari, norasmiy ta’lim bilan bog‘liqligi, ilmiylik tamoyili va jamiyat-ta’lim tizimi bilan integratsiyasi ochib berilgan;
Jahon ilmiy muzeylarining XVIII–XXI asrlardagi rivojlanishi qiyosiy-tarixiy va hududiy tahlil asosida o‘rganilib, Evropada ilmiy merosni saqlash va tadqiqotga, Shimoliy Amerikada interaktiv va STEM-ta’limga, Lotin Amerikasida inkluziv ilmiy-ma’rifiy yondashuvga, Osiyoda innovatsion texnologiyalar va ta’lim integratsiyasiga, Afrikada esa ilmiy bilimlarni mahalliy madaniyat va barqaror rivojlanish bilan uyg‘unlashtirishga ustuvor ahamiyat berilishi aniqlangan. Ilmiy muzeylarning an’anaviy kolleksion-ekspozitsion muassasadan raqamli texnologiyalar, hands-on tajribalar va fan kommunikatsiyasiga asoslangan innovatsion ilmiy-ta’limiy makonga transformatsiyalashgani asoslangan;
O‘zbekistonda ilmiy muzeylarning shakllanishi tarixiy-institutsional va ilmiy meros rivoji kontekstida tahlil qilinib, mustaqillikning dastlabki bosqichida an’anaviy ekspozision va merosni saqlash modeli, 2017-yildan keyin esa ilmiy-innovatsion siyosat, ta’lim modernizatsiyasi va raqamli transformatsiya ta’sirida funksional kengayish kuzatilgani aniqlangan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutining 1943-2025-yillardagi fundamental va amaliy tadqiqotlari hamda ilmiy maktablari milliy ilmiy merosning tizimli manbai sifatida umumlashtirilib, ularni muzeylashtirish ilmiy bilimni vizuallashtirish va interaktiv ommalashtirish mexanizmi ekanligi asoslangan;
O‘zbekistondagi ilmiy muzey va ilmiy-ma’rifiy maskanlar jahon tajribasi bilan “ilmiy tadqiqot faoliyati”, “validatsiyalangan eksponatlar”, “ilmiy nashrlar tizimi”, “laboratoriya infratuzilmasi” va “interaktiv norasmiy ta’lim” mezonlari asosida qiyoslangan. Natijada Fizika-texnika institutining 1943-2025-yillarda shakllangan noyob fizika ilmiy maktabi, tabiiy laboratoriya modeli, tabiiy xomashyo fizikasi, laboratoriyadan ishlab chiqarishgacha innovatsion zanjir va tarmoqlararo ilmiy integratsiyaga asoslangan ilmiy merosi negizida “Fizika-texnika instituti muzeyi”ni tashkil etishning ilmiy-konseptual asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jahonda ilmiy muzeylarning rivojlanish tendensiyalari va ularni O‘zbekiston amaliyotiga joriy etish strategiyalari bo‘yicha tadqiqot olib borish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Jahonning ilmiy yo‘nalishdagi muzeylari faoliyatini o‘rganish jarayonida ularning Murakkab ilmiy tushunchalarni sodda va interaktiv tushuntirish, yoshga mos kontent orqali qiziqish uyg‘otish, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish hamda ilmiy asbob-uskunalar orqali konseptual tushunchalarni shakllantirish asosida olingan ilmiy tahlil natijalaridan Jizzax viloyat tarixi va madaniyati muzeyi hamda uning filiallari ekspozisiyalarini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 13-fevraldagi 02-05/619-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yurtimizda ilmiy muzeylar faoliyatini nazariy asoslash va ularning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishga yordam bermoqda.
Jahon ilmiy muzeylarining XVIII-XXI asrlardagi rivojlanishi qiyosiy-tarixiy tahlil asosida o‘rganilib, turli hududlarda ilmiy merosni saqlash, interaktiv STEM yondashuvi, innovatsion texnologiyalar integratsiyasi va inkluziv pedagogik model ustuvorligi aniqlanib, mazkur natijalar ilmiy muzeylarning kolleksion-ekspozitsion muassasadan raqamli texnologiyalar va hands-on tajribalarga asoslangan innovatsion ilmiy-ta’limiy makonga transformatsiyalanishini asoslashga oid materiallardan Jizzax viloyat tarixi va madaniyati muzeyi hamda uning filiallari ekspozisiyalarini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 13-fevraldagi 02-05/619-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar ilmiy muzeylarni zamonaviy norasmiy ta’lim instituti sifatida rivojlantirishga metodologik asos bo‘lishini anglashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda ilmiy muzeylarni shakllantirish jarayoniga oid tarixiy-institutsional tahlil natijalari hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimida shakllangan Fizika-texnika institutining 1943-2025-yillardagi fundamental va amaliy tadqiqotlari, ilmiy maktablari va innovatsion ishlanmalariga oid materiallardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 17-dekabrdagi 01-33/961-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yoshlarni STEM yo‘nalishlariga jalb etish, ilmiy savodxonlikni oshirish hamda fan va jamiyat o‘rtasidagi ilmiy kommunikatsiyani rivojlantirishga xizmat qilgan.
O‘zbekistondagi ilmiy yo‘nalishdagi muzey va ilmiy-ma’rifiy maskanlarni jahon ilmiy muzeylari mezonlari bilan qiyosiy tahlili, Fizika-texnika institutining 1943-2025-yillarda shakllangan noyob ilmiy merosi negizida “Fizika-texnika instituti muzeyi”ni tashkil etish imkoniyatlariga oid materiallardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlandi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 17-dekabrdagi 01-33/961-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ilmiy tadqiqot, autentik ilmiy obektlar, laboratoriya muhiti va interaktiv ta’limni yagona tizimda birlashtiruvchi to‘liq ilmiy muzey modelini amaliyotga joriy etish imkoniga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish