Jo‘raeva Maftunaxon Dilshodbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Neyropedagogik mashqlar orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10373.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.32.01.
Rasmiy opponentlar: Toshboeva Barnoxon Odiljonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nosirova Umidaxon, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neyropedagogik mashqlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning nazariy asoslari refleksiv faoliyatni neyropedagogik yondashuv nuqtai nazaridan qayta talqin qilish, uning kognitiv, metakognitiv va faoliyatli komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni integrativ tahlil qilish hamda refleksiv jarayonlarning neyrokognitiv regulyasiyasi, metakognitiv monitoring va faoliyatli modulyasiya mexanizmlarini tizimli qo‘llash asosida konseptual jihatdan aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli neyropedagogik mashqlarning funksional mexanizmi asosida refleksiv faoliyatni faollashtirish, mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda nostandart pedagogik vaziyatlarda qaror qabul qilishning refleksiv strategiyalarini shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
neyropedagogik mashqlarni refleksiv faoliyat bilan integratsiyalashgan texnologiyasi refleksiv rivojlanishning ilmiy, faoliyatli va formal-tavsifiy aspektlari asosida loyihalashtirilib, motivatsiya, kognitiv faollashtirish, refleksiv tahlil, pedagogik qaror qabul qilish ketma-ketligiga asoslangan algoritmik tizimni joriy etish hamda refleksiv faoliyatni bosqichma-bosqich modulyasiya qiluvchi mexanizmlarni asoslash orqali takomillashtirilgan;
refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ALACT modeli bosqichlari (Action, Looking back, Awareness, Creating alternatives, Trial) asosida refleksiv faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etish, neyropedagogik mashqlarni har bir bosqichga mos ravishda integratsiyalash hamda refleksiv tahlil, muqobil echim ishlab chiqish va amaliy sinov jarayonlarini uzviy bog‘lovchi didaktik tizimni ishlab chiqish orqali tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neyropedagogik mashqlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning nazariy asoslari refleksiv faoliyatni neyropedagogik yondashuv nuqtai nazaridan qayta talqin qilish, uning kognitiv, metakognitiv va faoliyatli komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni integrativ tahlil qilish hamda refleksiv jarayonlarning neyrokognitiv regulyasiyasi, metakognitiv monitoring va faoliyatli modulyasiya mexanizmlarini tizimli qo‘llash asosida konseptual jihatdan aniqlashtirishga oid takliflardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Pedagogik mahorat” faning o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 24-iyundagi 01/01-01-588-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni neyropedagogik yondashuv asosida shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari o‘quv dasturi mazmuniga integratsiya qilinib, talabalarning refleksiv fikrlash, metakognitiv monitoringni amalga oshirish hamda pedagogik faoliyatni tahlil qilish kompetensiyalarini izchil rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik ta’minot takomillashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli neyropedagogik mashqlarning funksional mexanizmi asosida refleksiv faoliyatni faollashtirish, mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda nostandart pedagogik vaziyatlarda qaror qabul qilishning refleksiv strategiyalarini shakllantirish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 18-iyundagi 3630-046a-33b8-5859-1559-2337 3162-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmaning mazmuni refleksiv faoliyatni neyropedagogik mashqlar asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar bilan boyitilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv fikrlash, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va asoslangan kasbiy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
neyropedagogik mashqlarni refleksiv faoliyat bilan integratsiyalashgan texnologiyasi refleksiv rivojlanishning ilmiy, faoliyatli va formal-tavsifiy aspektlari asosida loyihalashtirilib, motivatsiya, kognitiv faollashtirish, refleksiv tahlil, pedagogik qaror qabul qilish ketma-ketligiga asoslangan algoritmik tizimni joriy etish hamda refleksiv faoliyatni bosqichma-bosqich modulyasiya qiluvchi mexanizmlarni asoslash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2026-yil 19-iyundagi 04-803-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida refleksiv faoliyatni neyropedagogik mashqlar asosida bosqichma-bosqich tashkil etish texnologiyasi amaliyotga tatbiq etilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv kompetentligini rivojlantirish hamda kasbiy-pedagogik faoliyatni ongli boshqarishga yo‘naltirilgan metodik echimlar samaradorligi oshirilgan.
refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ALACT modeli bosqichlari (Action, Looking back, Awareness, Creating alternatives, Trial) asosida refleksiv faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etish, neyropedagogik mashqlarni har bir bosqichga mos ravishda integratsiyalash hamda refleksiv tahlil, muqobil echim ishlab chiqish va amaliy sinov jarayonlarini uzviy bog‘lovchi didaktik tizimni ishlab chiqish orqali tizimlashtirishga oid tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 18-iyundagi 3630-046a-33b8-5859-1559-2337 3162-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanma refleksiv faoliyatni ALACT modeli asosida tashkil etishga doir didaktik tavsiyalar bilan boyitilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv tahlil, muqobil echim ishlab chiqish va pedagogik faoliyatni takomillashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.