Burxonova Madinabonu Sayidkamol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Alisher Navoiy asarlarini integratsion yondashuv asosida o‘qitish texnologiyasi (5-11-sinf adabiyot darslari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7803.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sobirova Mahbubaxon Yusubdjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abduraxmanova Barnoxon Muhammadjanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy asarlarini integratsion yondashuv asosida o‘rgatishning nazariy va metodik asoslarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
adabiyot darslarida Alisher Navoiy asarlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda komil inson tarbiyasiga oid gumanistik g‘oyalarni shakllantirish mazmuni ularning yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda tashkil etiladigan o‘quv jarayonining ijodiy, hissiy-emotsional hamda xulq-atvor omillari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlovchi integratsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga doir ko‘nikma va malakalarni tizimlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
Alisher Navoiy ijodini fanlararo integratsiya asosida o‘rganishning metodik ta’minoti o‘quvchilarda badiiy matnni anglash, atrof-olam haqidagi bilimlarni kengaytirish hamda kompleks fikrlash jarayonlarini rivojlantiruvchi integrativ dars va integrativ topshiriqlarning funksional komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
adabiyot darslarida Alisher Navoiy asarlarini o‘qitishda integratsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish tamoyillari o‘quvchilarning badiiy matnni tushunish, adabiy tahlil qilish, mantiqiy va ijodiy fikrlashga doir kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan fanlararo integratsiyalashuvchi o‘quv materiallarini tayyorlash bosqichlarini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot darslarida Alisher Navoiy asarlarini integratsiyalashgan holda o‘qitish texnologiyasi shaxsga yo‘naltirilgan va rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillarining o‘quvchilarda badiiy tafakkur, matnni anglash hamda adabiy-estetik ehtiyojlarni shakllantirish imkoniyatlariga ko‘ra pedagogik integratsiyaning metodik funksiyalarini tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiy ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyadan foydalanishning ilmiy-metodik asoslariga doir ilmiy natijalar asosida:
adabiyot darslarida Alisher Navoiy asarlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda komil inson tarbiyasiga oid gumanistik g‘oyalarni shakllantirish mazmuni ularning yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda tashkil etiladigan o‘quv jarayonining ijodiy, hissiy-emotsional hamda xulq-atvor omillari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlovchi integratsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga doir ko‘nikma va malakalarni tizimlashtirish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan “Umumiy o‘rta ta’limda adabiyot fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025 yil 21 oktabrdagi 01/11-02/6-706-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyadan foydalanishga oid tajribalarning tadrijiy takomili va hozirgi kundagi ko‘p qirrali imkoniyatlari boyitilgan;
Alisher Navoiy ijodini fanlararo integratsiya asosida o‘rganishning metodik ta’minoti o‘quvchilarda badiiy matnni anglash, atrof-olam haqidagi bilimlarni kengaytirish hamda kompleks fikrlash jarayonlarini rivojlantiruvchi integrativ dars va integrativ topshiriqlarning funksional komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2025-yil mart va oktyabr oylarida efirga uzatilgan “G‘azal bo‘stoni”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarni ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompanyasi “O‘zbeksiton 24 ijodiy bilashmasi” davlat muassasasining 2025- yil 10- noyabrdagi 05-09-1794-son ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo integratsiyaning intensivligini ta’minlashda yangi pedagogik texnologiyalar asosidagi dars shakllarining samaradorligini oshirishga erishilgan.
adabiyot darslarida Alisher Navoiy asarlarini o‘qitishda integratsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish tamoyillari o‘quvchilarning badiiy matnni tushunish, adabiy tahlil qilish, mantiqiy va ijodiy fikrlashga doir kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan fanlararo integratsiyalashuvchi o‘quv materiallarini tayyorlash bosqichlarini belgilash asosida aniqlashtirish hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot darslarida Alisher Navoiy asarlarini integratsiyalashgan holda o‘qitish texnologiyasi shaxsga yo‘naltirilgan va rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillarining o‘quvchilarda badiiy tafakkur, matnni anglash hamda adabiy-estetik ehtiyojlarni shakllantirish imkoniyatlariga ko‘ra pedagogik integratsiyaning metodik funksiyalarini tizimli qo‘llash asosida takomillashtirishga asoslangan nazariy-metodik takliflardan 2024-2025 yillarda bajarilgan “Erasmus+ Programme Inter-institutional agreement KEY ACTION 171 Learning mobility for higher education students and staff” loyihasi doirasida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2025-yil 21-oktabrdagi 01/11-02/6-706-son ma’lumotnomasi). Natijada, samarali dars jarayonlarini tashkil etishda klassik adabiyotni muhim o‘rinlaridan qo‘llashda, o‘quvchilar bilim va dunyo qarashini kengaytirishda mazkur adabiyot imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilgan.