Tovbaev G‘ofur Zulkaynar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiyma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sirdaryo viloyati tabiatidan foydalanishda iqlim o‘zgarishlarining ta’siri va uning GAT tahlili”, 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Gr381.
Ilmiy rahbar: G‘o‘dalov Mirkomil Ravshanovich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Matchanov Muzaffar Jumanazarovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Sirdaryo viloyati tabiatiga iqlim o‘zgarishlari ta’sirini aniqlash, xo‘jalik maqsadlarida baholash, turkum kartalarini yaratish va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryo viloyati er foni va landshaftlari NDMI (Normalized Difference Moisture Index - Normallashtirilgan differensiyanlangan namlik indeksi), NDSI (Normalized Difference Salinity Index - Normallashtirilgan differensiyalangan sho‘rlanish indeksi), NDVI (Normalized difference vegetation index - Normallashtirilgan differensial vegetatsion indeks), iqlimiy ko‘rsatkichlar hamda aholi zichligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi jihatidan baholangan;
olingan natijalar ko‘rsatkichlari NDMI (Normalized Difference Moisture Index - Normallashtirilgan differensiyanlangan namlik indeksi), NDSI (Normalized Difference Salinity Index - Normallashtirilgan differensiyalangan sho‘rlanish indeksi) va NDVI (Normalized difference vegetation index - Normallashtirilgan differensial vegetatsion indeks) tahlili asosida Sirdaryo viloyati 1:250 000 masshtabli turkum kartalari yaratilgan;
Sirdaryo viloyatining NDMI (Normalized Difference Moisture Index - Normallashtirilgan differensiyanlangan namlik indeksi), NDSI (Normalized Difference Salinity Index - Normallashtirilgan differensiyalangan sho‘rlanish indeksi) va NDVI (Normalized difference vegetation index - Normallashtirilgan differensial vegetatsion indeks) ko‘rsatkichlari iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq holda matematik modellashtirilgan va korrelyasion aloqadorligi aniqlangan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida ekin turlarini unga moslashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif -tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sirdaryo viloyati landshaftlarini tabiiy va ijtimoiy omillar ta’sirida qishloq xo‘jalik nuqtai nazaridan baholashda tabiiy geografik yondashuvni qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sirdaryo viloyati landshaftlarini NDMI (Normallashtirilgan differensial namlik indeksi), NDSI (Normallashtirilgan differensial sho‘rlanish indeksi), NDVI (Normallashtirilgan differensial vegetatsion indeks) iqlimiy ko‘rsatkichlar hamda aholi zichligini hisobga olgan holda xo‘jalik nuqtai nazaridan baholangan va landshaft kartasi Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi 05/06-04-84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tabiiy va ijtimoiy omillar orqali baholash tizimi va landshaft kartasi yordamida iqlim o‘zgarishini qishloq xo‘jaligiga ta’sirini tahlil qilish imkonini bergan;
Guliston davlat universitetida GIS texnologiyasidan foydalanish orqali turli kartalar yaratish metodlari ishlab chiqilgan. Olingan natijalar ko‘rsatkichlari NDMI (Normallashtirilgan differensial namlik indeksi), NDSI (Normallashtirilgan differensial sho‘rlanish indeksi) va NDVI (Normallashtirilgan differensial vegetatsion indeks) tahlili (2000-2024) asosida Sirdaryo viloyati 1:250 000 masshtabli turkum kartalari yaratilgan va viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi 05/06-04-84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartalar orqali viloyat qishloq xo‘jalik erlarining tuproq meliorativ holati va o‘simlik vegetatsiya ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan;
Sirdaryo viloyatining NDMI (Normallashtirilgan differensial namlik indeksi), NDSI (Normallashtirilgan differensial sho‘rlanish indeksi) va NDVI (Normallashtirilgan differensial vegetatsion indeks) ko‘rsatkichlari iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq holda matematik modellashtirilgan va korrelyasion aloqadorligi aniqlangan bo‘lib, ushbu modellar Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida doimiy monitoring ishlari Sirdaryo viloyati agroxizmatlar markazi bilan hamkorlikda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi 05/06-04-84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlar yo‘nalishlaridagi magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun qishloq xo‘jalik erlarining vegetatsion hamda meliorativ holati iqlim omillari bilan o‘zaro bog‘liqli to‘g‘risida ma’lumot olish va tahlil qilish imkonini bergan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida ekin turlarini unga moslashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif - tavsiyalar ishlab 2025-yildan Sirdaryo viloyatining Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi 05/06-04-84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif-tavsiyalar viloyat qishloq xo‘jalik erlarini meliorativ holatini yaxshilash orqali ekinlar hosildorligi o‘sishiga va vegetatsiya darajasini oshirishga xizmat qilgan.