Abdisodiqova Marjina Normurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni gipotetik-deduktiv yondashuv asosida tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash komponentlarini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9905.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04.
Ilmiy rahbar: Aslonova Orzigul Pirimovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shohruh Razzoqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Shabbazova Dilfuza Ruziqulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Turon universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni gipotetik-deduktiv yondashuv asosida tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantiruvchi komponentlar mazmuni pedagogik-metodologik jihatdan tahlil qilish orqali empirik-nazariy bilimlarni taksonomik izchillikda rivojlantirish hamda induktiv va deduktiv kognitiv modellashtirishni didaktik jarayonga yaxlit tizimli integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash komponentlarini takomillashtirish jarayoni gipotetik-deduktiv yondashuvga asoslangan metodik ta’minotni ona tili ta’limining didaktik mazmuniga konseptuallik, universallik hamda texnologiklik komponentlarning o‘zaro ta’sir aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorlash jarayoni komponentlarini takomillashtirishning funksional modeli pedagogik-tadqiqot loyihasini ishlab chiqishda tadqiqotni rejalashtirish, ma’lumot to‘plash, uni qayta ishlash, tadqiqot natijalarini qayd etish bosqichlarini motivatsion, kognitiv va aksional mexanizmlarni faoliyatga bosqichma-bosqich tadbiq etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning metodik ta’minoti gipotetik-deduktiv yondashuv tamoyillari orqali talabalar faoliyatini rag‘batlantirishning “Tadqiqotchi talaba faoliyati” dasturi hamda “Ijodkor talaba.uz” saytini o‘quv-tarbiyaviy jarayonga talabaning individual imkoniyatlarini moslash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni gipotetik-deduktiv yondashuv asosida tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantiruvchi komponentlar mazmuni pedagogik-metodologik jihatdan tahlil qilish orqali empirik-nazariy bilimlarni taksonomik izchillikda rivojlantirish hamda induktiv va deduktiv kognitiv modellashtirishni didaktik jarayonga yaxlit tizimli integratsiyalash asosidagi takliflar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17 iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-227-son guvohnoma). Natijada, talabalarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash jarayoni nazariy ma’lumotlarni boyitishga xizmat qilgan;
talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash komponentlarini takomillashtirish jarayoni gipotetik-deduktiv yondashuvga asoslangan metodik ta’minotni ona tili ta’limining didaktik mazmuniga konseptuallik, universallik hamda texnologiklik komponentlarning o‘zaro ta’sir aloqadorligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli 3-bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 18-oktabrdagi 04/1-5003-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tadqiqotchilik jarayoni mazmuni, mohiyati, zarurati haqida ma’lumotga egalik darajasini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorlash jarayoni komponentlarini takomillashtirishning funksional modeli pedagogik-tadqiqot loyihasini ishlab chiqishda tadqiqotni rejalashtirish, ma’lumot to‘plash, uni qayta ishlash, tadqiqot natijalarini qayd etish bosqichlarini motivatsion, kognitiv va aksional mexanizmlarni faoliyatga bosqichma-bosqich tadbiq etishga doir takliflardan “Talabalarni gipotetik-deduktiv yondashuv asosida tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash komponentlarini takomillashtirish metodikasi (ona tili ta’limi misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik ta’siri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 12-martdagi 96/1-sonli ma’lumotnoma). Natijada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining amaliy faoliyatga tayyorlash jarayoni mazmuni kengaytirilgan;
talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning metodik ta’minoti gipotetik-deduktiv yondashuv tamoyillari orqali talabalar faoliyatini rag‘batlantirishning “Tadqiqotchi talaba faoliyati” dasturi hamda “Ijodkor talaba.uz” saytini o‘quv-tarbiyaviy jarayonga talabaning individual imkoniyatlarini moslash asosida takomillashtirilgan metodikasidan TermizDU, QarshiDU, FarDUda o‘tkazilgan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 15-oktabrdagi 02/01-01-405-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatida hamda mustaqil o‘z ustida ishlashga tadqiqiy yondashuv imkoniyati, malakasini rivojlantirishga xizmat qilgan.