Qayumova Nigora Muxtor kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek sonetlari badiiyati (Uilyam Shekspir va Rauf Parfi sonetlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3502.
Ilmiy rahbar: Sharipova Laylo Frunzeevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Husniddin Primovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Uilyam Shekspir hamda Rauf Parfi sonetlarini qiyosan o‘rganish orqali ingliz va o‘zbek sonetchiligi badiiy takomil xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek sonetchiligining shakllanish hamda taraqqiyot xususiyatlari aniqlanib, Uilyam Shekspir va Rauf Parfi sonetlarida muhabbat, sadoqat, do‘stlik, xiyonat, hayot va o‘lim kabi mushtarak mavzular bilan bir qatorda, Shekspirda vaqt va umr mohiyatini anglash, Rauf Parfida esa Vatan, el, erk va ona mavzularining ustuvorligi asoslangan;
Uilyam Shekspir va Rauf Parfi sonetlarida portret, peyzaj va badiiy tasvir vositalarining individual poetik vazifalari aniqlanib, Shekspirda yor qiyofasining tanlangan detallari orqali go‘zallikning o‘ziga xos talqini va peyzajning cheklangan qo‘llanishi, Rauf Parfida esa lirik qahramon va yor obrazlarining ruhiy kechinmalar bilan uyg‘unligi hamda peyzajning hissiy ta’sirchanlikni kuchaytirishdagi vazifasi dalillangan;
Uilyam Shekspir sonetlaridagi Go‘zal yosh do‘st (Fair Youth) obrazining go‘zallik, do‘stlik, muhabbatga sadoqat va vaqtni engish g‘oyalarini, Qora xonim (Dark Lady) obrazining esa muhabbat, xiyonat va ziddiyatli ruhiy kechinmalarni ifodalashi; Rauf Parfi sonetlarida esa Shekspirdan farqli ravishda milliy o‘zlik, xalq taqdiri va ijtimoiy erksizlik bilan bog‘liq kechinmalarning yetakchilik qilishi aniqlangan;
Uilyam Shekspir va Rauf Parfi sonetlarida anafora, oksimoron, tazod, tashxis, talmeh va tashbehning poetik-semantik xususiyatlari aniqlanib, ularning muhabbat, vaqt, go‘zallik, hijron mavzularini ifodalash, lirik kechinmalarni teranlashtirish hamda badiiy obrazlarning ta’sirchanligini oshirishdagi vazifaviy ustuvorligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek sonetlari badiiyatining Uilyam Shekspir hamda Rauf Parfi sonetlari misolida berilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek sonetchiligining shakllanish hamda taraqqiyot xususiyatlari aniqlanib, Uilyam Shekspir va Rauf Parfi sonetlarida muhabbat, sadoqat, do‘stlik, xiyonat, hayot va o‘lim kabi mushtarak mavzular bilan bir qatorda, Shekspirda vaqt va umr mohiyatini anglash, Rauf Parfida esa Vatan, el, erk va ona mavzularining ustuvorligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 22-maydagi 1540/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishtirokchilarining ingliz va o‘zbek she’riyatiga, xususan, sonet janrining mavzuviy va badiiy xususiyatlariga oid bilimlari kengaytirilgan; ingliz va o‘zbek sonetlarida umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy o‘ziga xoslikning ifodalanishi haqidagi ilmiy ma’lumotlar loyiha mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Uilyam Shekspir va Rauf Parfi sonetlarida portret, peyzaj va badiiy tasvir vositalarining individual poetik vazifalari aniqlanib, Shekspirda yor qiyofasining tanlangan detallari orqali go‘zallikning o‘ziga xos talqini va peyzajning cheklangan qo‘llanishi, Rauf Parfida esa lirik qahramon va yor obrazlarining ruhiy kechinmalar bilan uyg‘unligi hamda peyzajning hissiy ta’sirchanlikni kuchaytirishdagi vazifasi asoslanganligiga doir xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan “Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” (2024-2025-yy.) mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 25-fevraldagi 01-0909/133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llashga oid metodik materiallar sonetlarning badiiy xususiyatlari, obrazlar tizimi va poetik tasvir vositalari haqidagi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan hamda ularni o‘quvchilarga samarali yetkazish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Uilyam Shekspir sonetlaridagi Go‘zal yosh do‘st (Fair Youth) obrazining go‘zallik, do‘stlik, muhabbatga sadoqat va vaqtni engish g‘oyalarini, Qora xonim (Dark Lady) obrazining esa muhabbat, xiyonat va ziddiyatli ruhiy kechinmalarni ifodalashi; Rauf Parfi sonetlarida esa Shekspirdan farqli ravishda milliy o‘zlik, xalq taqdiri va ijtimoiy erksizlik bilan bog‘liq kechinmalarning yetakchilik qilishiga doir ilmiy natijalardan Buxoro viloyat teleradiokanalining “Assalom, Buxoro”, “Ilm dunyosi”, “Dolzarb mavzu”, “Hayot maktabi”, “Xalq fikri” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 14-maydagi 01-09-101-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish