To‘raqulova Marjona Qiyom qizining

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli transformatsiyalash muhitida muhandislarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirish metodikasi” (texnika fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped1180.
Ilmiy maslahatchi: To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.16.05 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Askarov Ixtiyorjon Baxtiyorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli transformatsiyalash muhitida muhandislarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy strategik konsepsiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli transformatsiyalash muhitida muhandislik ta’limini tashkil etishning ilmiy-nazariy tahlili asosida multidissiplinar (ko‘p yo‘nalishli) yondashuvga uyg‘unligi hamda ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirishning obektiv tamoyillari asosida “eshitish-bilim, ko‘rish-ko‘nikma, bajarish-malaka” mantiqiy tizimi ilmiy asoslangan;
muhandislarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirishning shaxsiy-psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnologik omillari klassifikatsiyalangan holda, ta’lim jarayonining bosqichma-bosqich (motivatsion-diagnostik, nazariy-analitik, amaliy-loyiha, reflektiv-integratsion) didaktik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
texnologik jarayonlarda magistrlarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirishda raqamlashtirish kompetentligini yuksaltirishga xizmat qiluvchi, sxematik trenajyorlar (sanoat simulyasiyalari), avtomatik boshqarish tizimlari hamda virtual reallikni (VR) qo‘llashga yo‘naltirilgan metodik-uslubiy ta’minot (raqamli elektron ta’lim platformasi) ishlab chiqilgan;
muhandislarda texnik motivatsiyani kasbiy-amaliy yo‘nalganlikda shakllantirish hamda subektlararo qayta aloqali munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan “Revers-engineering”, “Reengineering”, “Cost engineering”, “Design Thinking” kabi zamonaviy innovatsion metodlari o‘quv jarayoniga integratsiya qilinishi orqali interfaol usullar tizimi yaratilgan;
“Sanoat–4.0” talablari doirasida bo‘lajak muhandislarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlanganlik darajasini ko‘p faktorli aniqlashtiruvchi baholashning variativ darajalari (motivational-diagnostic, theoretical-analytical, practical-project, reflective-integrative) ajratilgan holda, xalqaro andozalarga mos tizimli va diagnostik mezonlar (access-assessment, skills-assessment, usage-assessment, outcomes-assessment) asosida tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli transformatsiyalash muhitida muhandislarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
raqamli transformatsiyalash muhitida muhandislik ta’limini tashkil etishning ilmiy-nazariy tahlili asosida multidissiplinar (ko‘p yo‘nalishli) yondashuvga uyg‘unligi hamda ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirishning obektiv tamoyillari asosida “eshitish-bilim, ko‘rish-ko‘nikma, bajarish-malaka” mantiqiy tizimi ilmiy asoslariga oid taklif va tavsiyalari respublikadagi oliy ta’lim muassasalari barcha magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli darslik yaratilgan va o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirishning metodik tizimi (maqsad, mazmun, shakl, vosita va metod) ijodiy yondashuv o‘qituvchining innovatsion faoliyati, magistrlarning mustaqil ta’lim olishi, anglash, xotirada saqlash, olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llash imkonini bergan;
muhandislarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirishning shaxsiy-psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnologik omillari klassifikatsiyalangan holda, ta’lim jarayonining bosqichma-bosqich (motivatsion-diagnostik, nazariy-analitik, amaliy-loyiha, reflektiv-integratsion) didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirish asosidagi mualliflik g‘oyalari Buxoro davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Qarshi davlat texnika universiteti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv faoliyatiga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 2025-yil 6-noyabrdagi 02/01-01-467-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirish omillari tasniflanib, ta’lim jarayonini tashkil etuvchi pedagogik sharoitlarni takomillashtirish imkonini bergan.
texnologik jarayonlarda magistrlarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirishda raqamlashtirish kompetentligini yuksaltirishga xizmat qiluvchi, sxematik trenajyorlar (sanoat simulyasiyalari), avtomatik boshqarish tizimlari hamda virtual reallikni (VR) qo‘llashga yo‘naltirilgan metodik-uslubiy ta’minot asosida Buxoro davlat texnika universitetining “ECAMPUZ — ERASMUS-EDU-2022-CBHE: European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” (2024-2026 yy.) mavzusidagi grant loyihasi (Buxoro davlat texnika universiteti rektorining 2025-yil 23-oktabrdagi 3299-son ma’lumotnomasi) doirasida bajarilgan. Natijada, bo‘lajak muhandislarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirish imkonini bergan.
muhandislarda texnik motivatsiyani kasbiy-amaliy yo‘nalganlikda shakllantirish hamda subektlararo qayta aloqali munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan “Revers-engineering”, “Reengineering”, “Cost engineering”, “Design Thinking” kabi zamonaviy innovatsion metodlari o‘quv jarayoniga integratsiya qilinishi orqali interfaol usullar tizimi asosida “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli darslik yaratilgan va o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 2025-yil 6-noyabrdagi 02/01-01-467-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika yo‘nalishidagi bo‘lajak muhandislarning izlanuvchanlik, tadqiqot qilish, yangi ixtirochilik prototipini yaratish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini bergan.
“Sanoat–4.0” talablari doirasida bo‘lajak muhandislarning ixtirochilik qobiliyatini rivojlanganlik darajasini ko‘p faktorli aniqlashtiruvchi baholashning variativ darajalari (motivational-diagnostic, theoretical-analytical, practical-project, reflective-integrative) ajratilgan holda, xalqaro andozalarga mos tizimli va diagnostik mezonlar (access-assessment, skills-assessment, usage-assessment, outcomes-assessment) asosidagi ilmiy xulosalaridan “Magistratura ilmiy tadqiqot platformasi” nomli raqamli elektron platformasi yaratilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining 2026-yil 22-iyuldagi №67805 guvohnomasi). Natijada, neft va gaz sohasi muhandislarining texnik kompetensiyalari, ixtirochilik qobiliyatini rivojlantirish metodik ta’minotini raqamlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish