Abdubokiev Abduvali Ravshanjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Izoxinolin alkaloidlar va ularning ayrim flavonoidli konyugatlarining gepatoprotektiv ta’sirini tavsiflash”, 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 03.00.02 - Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/B1604.
Ilmiy rahbarlar: Xushmatov Shunqor Sadullaevich, biologiya fanlari doktori; Komilov Esoxon Juraevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti, O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD 03/2025.27.12.B.22.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saidboeva Lola Muxammedovna biologiya fanlari doktori, professor; Muratova Dilnoza Xasanovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: F-5, F-24 izoxinolin alkaloidlari, ularning flavonoidli kon’yugatlarining (KV-6, KV-8) gepatoprotektor faolligini kimyoviy strukturasiga bog‘liq tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CCl4-eksperimental toksik gepatitda sichqon jigari morfo-anatomik ko‘rsatkichlarida yaqqol patologik o‘zgarishlar va yashovchanlik (St) darajasi pasayishi kuzatilib, F-5, F-24 izoxinolin alkaloidlari va ularning kon’yugatlari (KV-6, KV-8) ta’sirida mazkur ko‘rsatkichlar ijobiy yo‘nalishda korreksiyalanishi, bunda “gepatoprotektor koeffisent” – F-24<F-5<KV-8<KV-6 ketma-ketligida ortishi isbotlangan;
CCl₄-intoksikasiyasida qon zardobida ALT, AST, umumiy bilirubin ortishi, umumiy oqsil va jigar gomogenatidagi glikogen miqdori mos ravishda kamayishi, bunda F-5, F-24, KV-8 va KV-6 (100 mg/kg) ta’sirida mazkur ko‘rsatkichlar sezilarli darajada me’yorga yaqinlashishi aniqlangan. Bunda, maksimal “gepatoprotektor koeffisent” KV-6 da (100 mg/kg) kuzatilib, qon zardobida ALT, AST, umumiy bilirubin, umumiy oqsil, jigar gomogenatida glikogen ko‘rsatkichiga nisbatan CCl4-intoksikasiyada erkak, urg‘ochi sichqonlarda mos ravishda – 64, 72, 82, 67, 73 hamda 68, 77, 76, 50, 74% ni tashkil qilishi isbotlangan;
F-5, F-24 alkaloidlari va ularning kon’yugatlari – KV-6, KV-8 [Ca2+]out=10 mkM sharoitida mitoxondriya bo‘kish jarayonini konsentratsiyaga bog‘liq (5-20 mkM) susaytirishi, maksimal 20 mkM da nazoratga nisbatan mos ravishda – 47,40±2,32%, 41,86±3,07%, 62,20±3,17%, 56,84±2,24% ga kamaytirishi aniqlanib, mazkur holat mPTP ochiq holatga o‘tish ehtimolligi pasayishi bilan izohlangan. Shuningdek, CCl4-intoksikasiyada mitoxondrial nafas olish holatlari (V3, V4), ADF/O ko‘rsatkichi disfunksiyasida F-5, F-24, KV-8, KV-6 (20 mkM) sezilarli darajada korreksiyon faollikka egaligi tasdiqlangan;
F-5, F-24 alkaloidlari va ularni – KV-6, KV-8 Fe²⁺/askorbat ta’sida yuzaga keltirilgan LPO jarayonini konsentratsiyaga bog‘liq susaytirib, 20 mkM da nazoratga nisbatan mos ravishda – 56,90±2,25%, 65,93±3,02%, 81,52±2,23%, 76,88±2,14% ga kamaytirishi aniqlangan (EC50 mos ravishda – 10; 8,91; 11,5, 12,3 mkM). DPPH-testida F-5, F-24, KV-6, KV-8 sezilarli antiradikal/antioksidant faollikka ega bo‘lib (EC50 mos ravishda – 14,4, 13,2, 10,3, 12,3 mkM), maksimal KV-6 da qayd etilgan (ARPKV-6=0,097, tEC50 KV-6=19,6 min, AEKV-6=0,00495, AAIKV-6=19,42);
sichqonlarda F-5, F-24 alkaloidlari uchun LD50 mos ravishda – 829,7±9,54, 1057,1±14,08 mg/kg, KV-6, KV-8 uchun mos ravishda – 983,3±7,45, 1142,0±12,27 mg/kg bo‘lib, kon’yugatlarda toksik ta’sir sezilarli darajada pasayishi (F-5 ga nisbatan KV-6 da 18,51±0,09%, F-24 ga nisbatan KV-8 da 8,03±0,46% ga) aniqlangan;
olingan natijalar asosida F-5, F-24 izoxinolin alkaloidlari va ularning kon’yugatlarining (KV-6, KV-8) kimyoviy strukturasiga bog‘liq farmakologik faolligi gipotetik sxemasi hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Izoxinolin alkaloidlari (F-5, F-24), ularning flavonoidli kon’yugatlarining (KV-6, KV-8) gepatoprotektor faolligini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
F-5, F-24 izoxinolin alkaloidlari va ularning flavonoidli kon’yugatlarining (KV-6, KV-8) CCl4-eksperimental toksik gepatit sharoitida sichqonlarda yashovchanlik, jigar morfo-anatomik ko‘rsatkichlari, qon biokimyoviy ko‘rsatkichlariga (ALT, AST, umumiy oqsil, umumiy bilirubin), jigar gomogenatida glikogen miqdoriga “gepatoprotektor koeffisent” qiymati asosida korreksiyalovchi ta’sirini baholash, kalamush jigar mitoxondriyasi funksional ko‘rsatkichlari, Fe2+/askorbat yordamida yuzaga keltirilgan LPO jarayoniga (in vitro) ta’siri, DPPH-testida antioksidant faolligi yuzasidan olingan natijalardan O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo institutida 2021-2024-yillarda bajarilgan F-OT-2021-465 “Inson va hayvonlarning patologik holatlari va kasalliklarining in vitro va in vivo imitasion modellarini ishlab chiqish” loyihasida surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitda yallig‘lanishni korreksiyalashda biologik faol moddalarning ta’sir mexanizmlarini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 25.09.2025-yildagi 02/17-20259-son ma’lumotnomasi). Natijada, aftoz stomatitda yallig‘lanishni kamaytirish, biologik faol moddalarning korreksion ta’sir mexanizmlariga aniqlik kiritish imkonini bergan;
F-5, F-24 izoxinolin alkaloidlari va va ularning flavonoidli kon’yugatlarining (KV-6, KV-8) kalamush jigari mitoxondriyasi mPTP funksional ko‘rsatkichlariga ta’siri yuzasidan ta’siri yuzasidan olingan natijalardan O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo institutida 2020-2024-yillarda bajarilgan IL-4821091572 “Qalqonsimon bezning autopatologiyasi va uning me’da osti bezidagi asoratlarini nutritiv korreksiyalashning fundamental asoslari” loyihasida biologik faol moddalarning qalqonsimon bez autopatologiyasini korreksiyalovchi ta’sirini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 23.10.2025-yildagi 02/17-2025-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, autoimmun jarayonlarni korreksiyalashda biologik faol moddalarning ta’sir mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan.