Kayumov Umidjon Erkinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konchilik mashinalarining ichki yonuv dvigatellari resursini va ekologik xavfsizligini oshirish”, 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6710.
Ilmiy rahbar: Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.03.
Rasmiy opponentlar: Muminov Rashid Olimovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldoshov Husniddin Ergashovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki yonuv dvigatellarini havo filtrlarlash tizimini takomillashtirish evaziga ularning ekspluatatsion samaradorligini oshirish hamda dvigateldan ajraluvchi zararli gazlarini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektrostatik filtrda chang zarrachalarini tutib qolish samaradorligi havo oqimi tezligi va filtrga uzatiladigan elektr kuchlanishi qiymatiga bog‘liqligi o‘rnatilgan;
ishlab chiqilgan ko‘p bosqichli havo filtrida birinchi bosqich elektrostatik filtrini qo‘llash havoni dastlabki ionlashtirish va chang zarralarini zaryadlashni ta’minlashi evaziga asosiy elektrostatik filtrning chang zarrachalarini tutib qolish samaradorligini 10% gacha oshirishi aniqlangan;
elektrostatik filtr cho‘ktiruvchi elektrodlari uzunligining chang zarrachalarini tutib qolish samaradorligiga ta’sirining to‘yinish funksiyasi bilan ifodalanuvchi nochiziqli qonuniyati aniqlangan va elektrodlar uzunligining boshlang‘ich oraliqda oshirilishi tozalash samaradorligining jadal ortishiga olib kelishi, ratsional diapazonga erishilgandan keyin esa elektrodlar uzunligini yanada oshirish samaradorlik o‘sish sur’atining pasayishi bilan kechishi asoslangan;
havo filtrining aerodinamik ko‘rsatkichlari, ish resursi va ichki yonuv dvigatelining yoqilg‘i tejamkorligi filtrlovchi elementga tushadigan chang yuklamasi miqdoriga bog‘liqligi aniqlandi hamda ushbu yuklamani kamaytirish filtrning aerodinamik qarshiligi o‘sishini sekinlashtirishi, uning resursini oshirishi va yoqilg‘i sarfini kamaytirishga xizmat qilishi asoslangan;
ichki yonuv dvigatelining ishlatilgan gazlarini tarkibidagi saja va mayda dispers PM zarrachalarini elektrostatik filtrda tutib qolish samaradorligini elektrostatik maydon kuchlanishi va gaz oqimi tezligiga bog‘liqligi o‘rnatilgan hamda saja va mayda dispers PM zarrachalarini yuqori darajada ushlab qolishni ta’minlovchi ratsional kuchlanish kattaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konchilik mashinalarining ichki yonuv dvigatellarini resursini va ekologik xavfsizligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki yonuv dvigatelining ko‘p bosqichli kombinatsiyalashgan havo filtri konstruksiyasi “Navoiy kon – metallurgiya kombinati” AJ Markaziy kon boshqarmasidagi Avtotransport boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi «Navoiy kon – metallurgiya kombinati» AJning 2026 yil 9 apreldagi 02-15-02/3579 son ma’lumotnomasi). Natijada, havo filtrlash samaradorligini o‘rtacha 92% gacha oshirish imkonini bergan hamda bazaviy havo filtrining ish resursini 2 barobarga oshishiga, yoqilg‘i sarfini o‘rtacha 2,3% gacha kamaytirishga va dvigatelining silindr-porshen-porshen halqasi guruhining kompressiyani yo‘qotilishigacha bo‘lgan ish resursini 2 barobarga oshishiga erishilgan;
ichki yonuv dvigatelidan ajraluvchi zararli gazlarni kamaytirish imkonini beruvchi filtr konstruksiyasi “Navoiy kon – metallurgiya kombinati” AJ Markaziy kon boshqarmasidagi Avtotransport boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi «Navoiy kon – metallurgiya kombinati» AJning 2026 yil 9 apreldagi 02-15-02/3579 son ma’lumotnomasi). Natijada, dvigatelning quvvat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda chiqindi gazlari tarkibidagi zararli moddalarni konsentratsiyasini 88-90% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish