Davirova Vazira Quvondiq qizi

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek xalq maqollarining xorijda o‘rganilishi”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4731.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Rahmatov Yo‘ldosh G‘aybullaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.05/2025.27.12.Fil.15.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarov To‘xtamurod Olimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Temirova Mahbuba Alibekovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: filologiya. Nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq maqollarining xorijda to‘planishi, nashr etilishi va ilmiy o‘rganilishi tarixini tizimli tadqiq etish hamda ularning xorijiy xalqlar folklorshunosligidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek xalq maqollarining mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan to‘planishi, nashr etilishi hamda ilmiy tadqiq etilish tarixi, shakllanish va rivojlanish bosqichlari dalillangan;
turkiy xalqlar folklorida maqolshunoslikning shakllanish jarayoni hamda o‘zbek xalq maqollarining qadimgi turkiy xalqlar folklori bilan uzviy bog‘liqligi haqidagi rus va turk olimlarining ilmiy qarashlari umumlashtirilib, turkiy xalqlar paremiologik tadqiqotlarining o‘zbek maqolshunosligi rivojiga ta’siri asoslangan;
Herman Vamberining “Chig‘atoy tili darsligi” hamda Evropa xalqlari tillarida chop qilingan o‘zbek xalq maqollar to‘plamlari qiyosiy tahlil qilinib, ulardagi semantik, lingvomadaniy va paremiologik xususiyatlarni ifodalash bilan bog‘liq muammolari dalillangan;
o‘zbek xalq maqollarining rus folklorshunosligida o‘rganilishiga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-madaniy omillar yaxlit tahlil qilinib, mazkur tadqiqotlarning o‘zbek maqolshunosligi taraqqiyotidagi ahamiyati aniqlangan hamda o‘zbek xalq maqollarining jahon maqolchiligidagi o‘rni, boshqa xalqlar paremiologik merosi bilan tipologik va genetik aloqalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq maqollarining xorijda o‘rganilshini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan IL-5221091448 “Jahon navoiyshunosligi elektron platformasini yaratish” nomli innovatsion grant loyihasini bajarishda o‘zbek xalq maqollarining mumtoz adabiyot namunalari, xususan, Navoiy she’riyatida badiiylik vositasi sifatida keng qo‘llanilishi haqidagi ilmiy xulosalardan amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2026-yil 10-iyuldagi 3/1255-1978-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbek xalq maqollarining to‘planishi, o‘rganilishi va nashr ettirilishi, shuningdek, xorijda to‘planishi, nashri va o‘rganilish tarixining aniqlanishi, tarjima qilinishi va ilmiy tadqiq etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan platformaning tegishli bibliografik bazasiga kiritish uchun foydalanilgan.
tadqiqot ilmiy natijalaridan Qoraqalpoq davlat universitetida 2024–2026-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan IL-7623031203 raqamli “Janubiy Orolbo‘yi adabiy aloqalari antologiyasi va uning elektron platformasini yaratish (o‘zbek, turkman va qoraqalpoq adabiy aloqalari asosida)” mavzusidagi Xalqaro innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2026-yil 15-iyuldagi 01-22-04/1510-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek xalq maqollari va paremiologik birliklarining xorijiy va qardosh xalqlar folklorshunosligida o‘rganilish tarixi, xorijiy tadqiqotchilar tomonidan o‘zbek xalq maqollarini to‘plash, tizimlashtirish hamda o‘zbek va qardosh xalqlar paremiyalarining tipologik o‘xshashligi va milliy-madaniy o‘ziga xosligi, ma’no va ekvivalentlik qonuniyatlari, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini tarjima qilish va elektron platformaga joylashtirishda ilmiy-nazariy va uslubiy muammolarni bartaraf etishda amalda foydalanilgan;
o‘zbek xalq maqollarini o‘rganish ishini keng omma orasida targ‘ib qilishda tadqiqotning ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarix maydoni”, ko‘rsatuvi ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 19-yanvardagi 01-33/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek xalq maqollarining o‘ziga xos xususiyatlari, xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlar bilan o‘zaro munosabati, xorijlik olimlar tomonidan to‘planishi va boshqa tillarga tarjima qilinishi masalalari keng targ‘ib qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish