Mamonov Abduzoxid Monnatovichining

falsafa doktori (PhD) dissertssiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirish metodikasi (O‘qish savodxonligi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiyasi nazariyasi va metodikasi (o‘qish savodxonligi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10125.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umidjon Nematovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kazieva Turg‘unoy Tursunbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xujamkulova Nafisa Ro‘ziqul qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining axborot bilan ishlash madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda axborot bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mazmuni va zarurati globallashuv sharoitida verbal, yozma, viziual va raqamli axborot shakllarining o‘quvchilarning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishiga ta’sirini media savodxonlik va axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan didaktik asoslash orqali ochib berilgan;
o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishning amaliy mexanizmlari o‘quvchilarning kognitiv faolligi, tanqidiy aksiologiyasi va refleksiv tahlil qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan integrativ ta’lim texnologiyalarini axborotni tizimli tahlil qilish jarayoniga vertikal integrasiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning axborot matnlari borasidagi o‘qish savodxonligi ularning kognitiv mulohaza yuritish qobiliyati, assosiativ tarmoqlanish jarayonini rivojlantirishga qaratilgan media savodxonlik kompetensiyalarini axborotni interpretasiya qilish jarayoniga metodik jihatdan implementasiya qilish asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi ularning mulohaza qilib o‘qish, kognitiv tezkorlik va ma’lumotlarni kontekstual tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan interdissiplinar yondashuvlarni ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga amaliy tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
globallashuv sharoitida verbal, yozma, viziual va raqamli axborot shakllarining o‘quvchilarning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishiga ta’sirini media savodxonlik va axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan didaktik asoslash orqali ochib berilgan o‘quvchilarda axborot bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mazmuni va zarurati bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida amalga oshirilgan AIF-2/13-raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilar faoliyatini baholash” mavzusidagi amaliy loyihasni bajarishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 19-dekabrdagi 10-6954-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlari aniqlashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning kognitiv faolligi, tanqidiy aksiologiyasi va refleksiv tahlil qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan integrativ ta’lim texnologiyalarini axborotni tizimli tahlil qilish jarayoniga vertikal integrasiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan F3-2019081773-raqamli “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi fo‘ndamental loyihasni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 28-noyabrdagi 1/04-142-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning kognitiv mulohaza yuritish qobiliyati, assosiativ tarmoqlanish jarayonini rivojlantirishga qaratilgan media savodxonlik kompetensiyalarini axborotni interpretasiya qilish jarayoniga metodik jihatdan implementasiya qilish asosida rivojlantirilgano‘quvchilarning axborot matnlari borasidagi o‘qish savodxonligi, o‘quvchilarning mulohaza qilib o‘qish, kognitiv tezkorlik va ma’lumotlarni kontekstual tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan interdissiplinar yondashuvlarni ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga amaliy tatbiq etish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi Samarqand telekanalining “Sifatli ta’lim-taraqqiyot poydevori”, “Idrok” ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi Samarqand telekanalining 2024-yil 28-niyabrdagi 01-07-400-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning axborot kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilishning metodik tizimini ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish