Xolmatova Malika Ibadullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Ingliz va o’zbek tillarida adektiv frazeologizmlarning leksik-grammatik tavsifi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4229.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Fil.06.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Gadoeva Mavluda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi adektiv frazeologizmlarning lingvistik maqomini belgilash, ularni adektiv frazeologizmlar sifatida tavsiflovchi mezonlarni ishlab chiqish, leksik-grammatik tabiatini qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda yoritish, strukturaviy-sintaktik modellari, semantik xususiyatlari va funksional imkoniyatlarini ochib berish, real nutqdagi qo‘llanish faolligini korpus lingvistikasi asosida qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi adektiv frazeologizmlar korpus materiallari asosida kompleks qiyosiy-statistik jihatdan o‘rganilib, ularning tarkibiy, leksik va struktur xususiyatlari aniqlangan; ingliz tilida 602 xil, o‘zbek tilida 103 xil sifat qo‘llanilganligi, ulardan eng yuqori faollik good (146 birlik) va qora (49 birlik) sifatlariga xos ekanligi asoslangan;
adektiv frazeologizmlar semantikasida antropotsentrizm ustuvorligi aniqlanib, inson shaxsiga oid salbiy xarakter-xususiyatlarini ifodalovchi birliklar ijobiylarga nisbatan ustunligi, semantik petrifikatsiya asosida, komponentlar idiomatik mazmunni ifodalashi, ayrimlari literal yoki kontekstual ma’nosi qisman saqlanib, umumiy obrazli mazmunni shakllantirishi dalillangan;
ingliz va o’zbek tillarida adektiv frazeologizmlarning asosiy qismi atributiv, predikativ, kontributiv predikativ pozisiyasida bo‘lib, o’zbek tili adektiv frazeologizmlar morfologik tarkibiga ko‘ra maxsus tasnifga ega emasligi aniqlanib, grammatik xususiyatlari asosida guruhlarga ajratilgan va o‘zbek tilida ot + sifat (N + Adj) modeli (186 birlik) eng mahsuldor strukturaviy modelligi ilmiy asoslangan;
tipologik tahlil natijasida o‘zbek tilidagi komparativ adektiv frazeologizmlarning morfo-sintaktik inkor transformatsiyalarini qabul qilmaydigan semantik monolit birliklar ekanligi aniqlanib, ingliz tilida predlogli adektiv frazeologizmlarning eng mahsuldor tur ekanligi, o‘zbek tilida esa mustaqil predlogli adektiv iboralar mavjud emasligi, biroq binomial konstruksiyalarning qo‘llanishi orqali ikki tilning grammatik-tipologik farqlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o’zbek tillarida adektiv frazeologizmlarning leksik-grammatik tavsifi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi adektiv frazeologizmlar korpus materiallari asosida kompleks qiyosiy-statistik jihatdan o‘rganilib, ularning tarkibiy, leksik va struktur xususiyatlari aniqlangan; ingliz tilida 602 xil, o‘zbek tilida 103 xil sifat qo‘llanilganligi, ulardan eng yuqori faollik good (146 birlik) va qora (49 birlik) sifatlariga xos ekanligiga asoslangan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun o’zbek tilining morfologik analizatori va morfoleksikoni dasturiy vositasini yaratish” (IL-402104209 raqamli) nomli innovatsion grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-maydagi 01/4-1996-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturiy vosita algoritmlarini aniqlash va ularni avtomatik tahlil qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
adektiv frazeologizmlar semantikasida antropotsentrizm ustuvorligi aniqlanib, inson shaxsiga oid salbiy xarakter xususiyatlarini ifodalovchi birliklar ijobiylarga nisbatan ustunligi, semantik petrifikatsiya asosida, komponentlar idiomatik mazmunni ifodalashi, ayrimlari literal yoki kontekstual ma’nosi qisman saqlanib, umumiy obrazli mazmunni shakllantirishi dalillangan tahlil natijalarilaridan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan 2023–2024 yillarda bajarilgan (I-203-4 raqamli) o’zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha ishlanmalarida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi 02-15-06-978-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi loyiha ishlanmalarining ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishga, milliy til an’analarini frazeologik materiallar asosida boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o’zbek tillarida adektiv frazeologizmlarning asosiy qismi atributiv, predikativ, kontributiv predikativ pozisiyasida bo‘lib, o’zbek tili adektiv frazeologizmlar morfologik tarkibiga ko‘ra maxsus tasnifga ega emasligi aniqlanib, grammatik xususiyatlari asosida guruhlarga ajratilgan va o‘zbek tilida ot + sifat (N + Adj) modeli (186 birlik) eng mahsuldor strukturaviy modelligi ilmiy asoslangan tahlil natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun o’zbek tilining morfologik analizatori va morfoleksikoni dasturiy vositasini yaratish” (IL-402104209 raqamli) nomli innovatsion grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-maydagi 01/4-1996-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturiy vosita algoritmlarini ishlab chiqishda va morfologik qoidalarni shakllantirishda olingan natijalar muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
tipologik tahlil natijasida o’zbek tilidagi komparativ adektiv frazeologizmlar morfo-sintaktik inkor transformatsiyalarni qabul qilmaydigan, semantik monolit birliklar ekanligi aniqlanib, ingliz tilida predlogli adektiv frazeologizmlar eng produktiv tur sifatida dalillandi, o’zbek tilida mustaqil predlogli adektiv iboralar yo‘qligi, lekin binomial konstruksiyalarning mavjudligi ikki tilning grammatik-tipologik farqiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023–2024-yillarda bajarilgan (I-203-4 raqamli) «Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish» nomli fundamental loyiha ishlanmalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi 02-15-06-978-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishlanmalarining ilmiy-metodik asoslari takomillashtirilgan, hamda tillararo qiyosiy-tipologik tavsiflar boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish